Kommunistik partiya shaxs hayoti, oila, din, san'at, fan, madaniy an'analar kabi ijtimoiy hayot sohalarini
ham o'z nazorati ostiga olib, bu sohalardagi qadriyat va me'yorlarni belgilab berishga ham da'vogarlik qila boshladi.
Jamiyat a'zolarining erkin fikrlash, mehnat qilish va o'z shaxsini intellektual va ma'naviy jihatlardan yuksaltirish,
yaratuvchilik ijodiy qobiliyatini takomillashtirish kabi sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari totalitar rejim tomonidan
siqib qo'yilganligi uchun ham sobiq sho'ro jamiyati o'zini o'zi rivojlantirish va yangilash imkoniyatlaridan deyarli
mahrum bo'lgan edi. Shuning uchun ham bu jamiyat tez o'zgarayotgan dunyoga nisbatan moslasha olmadi.
Kommunistik partiya va davlatning ishlab chiqarish va moddiy-ma'naviy boyliklarni taqsimlashdagi o'rnining
beqiyosligi, ularning xususiy mulkchilik va bozor raqobatchiligini ta'qiqlash siyosati, shuningdek, ortiqcha ijtimoiy
differensiatsiyaga yo'l qo'ymasligi oqibatlarida jamiyat va davlat rivojlanishidagi barcha maqsadlar majburlash
vositalarida amalga oshirila boshlandi. Boshqacha aytganda, boshqaruv noiqtisodiy usullarda, ya'ni iqtisodiyotning
rivojlanish qonuniyatlarini hech bir hisobga olmagan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham jamiyatda
demokratiya unsurlarining shunchaki yashashi uchun biron-bir imkoniyat ham yo'q edi.
Davlat hokimiyatining barcha jabhasi faqat kommunistik partiyaga tegishli edi. Bu holatni taniqli
siyosatshunos Xanna Arendt o'zining
Dostları ilə paylaş: