Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O'zbek modeli”



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix18.09.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#129034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
model

Amerikacha model
aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini hartomonlama 
rag'batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam ta'minlangan guruhlari uchun turli imtiyozlar va 
ko'mak berish hisobidan maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi 
qo'yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat qozonishga asoslanadi. 
Yapon modeli
uchun mehnat unumdorligining o'sishiga nisbatan aholining hayot darajasini (jumladan, 
ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xaraktedi jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini 
pasaytirishga erishiladi, bu mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi 
model milliy o'zini o'zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson manfaatlaridan millat 
manfaatlarini ustuvorligini ta'minlash, aholini mamlakatni gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish 
salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina yashay oladi. 
Shved modeli
aholining kam ta'minlangan qatlamlari foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash 
hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga mo'ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib 
turadi. Bu davlat hammasi bo'lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab 
davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog'ini tashkil eta boshladi. Biroq, bu 
xarajatlarning yarmidan ko'prog'i ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo'naltiriladi. 


Fransuz modeli
– davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947-yildan buyon 
rivojlanishning besh yilliklar bo'yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi); davlatning 
to'g'ridan to'g'ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli ekanligi; davlatning 
kapital jamg'arish jarayoniga aralashuvi.
Janubiy Koreya
modelining yapon modeliga o'xshash umumiy jihatlari mavjud. 
Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada mehnatsevarligi va o'z 
burchiga mas'uliyat bilan yondashuvi, shuningdek konfutsiychilik axloqiy me'yorlarga 
asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin. Har ikkala model uchun xos jihat 
sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta qurishda faol ishtirok etishlarini 
keltirish mumkin.
Va nihoyat, Janubiy Koreya modelining yana bir unsuri — bu davlat tomonidan qisqa 
muddatlar ichida mayda va o'rta tadbirkorlikning qo'llab-quwatlashi natijasida o'rta 
sinfning shakllanishini keltirish mumkin. O'tgan asrning 90-yillari oxirida Janubiy 
Koreya va yapon modellari bozor mexanizmlariga kuchli davlat aralashuvini o'z 
boshidan kechirdilar. Natijada yapon modelining jahon moliyaviy inqiroziga 
moslashish darajasi kuchsiz ekanligi sezildi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin