Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali



Yüklə 61,65 Kb.
səhifə3/4
tarix10.12.2023
ölçüsü61,65 Kb.
#139252
1   2   3   4
Suvonov Elyorbek Raqamli qurilma

2. Registrning elektronik tadbig’i
Shu nuqtai nazardan yuqorida registrlar atamsi, ularning turlari, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarda qo'llash, registrlarning ishlash prinsipi, registrlar sxematexnikasi tahlili va hisoblash jarayonlari haqida yetarlicha ma'lumot berib o'tildi. Albatta, fizikaviy, elektrotexnik, elektronik va sxemotexnik darslarini o'zlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda zamonaviy kompyuterlarning o'rni beqiyos. Lekin ular rivojlanib, o'ta ixcham shaklga aylanib bormoqda. Buning samarasida insnlr hayoti yengillashib ketmoqda. Bu narsaning ham o'ziga xos talablari ham mavjud. Multisim (EWB) dasturi tajribasini umumlashtirish, umumiy ta'lim ko'nikmalarini egallash, fanni bilish va sxemalarni yaratishga qiziqish uyg'otish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bunday sxemalarni yaratish virtaul dastur va laboratoriyalarda shuningdek, virtual asbob-uskunalarni tanlash, tajribaga oid vertual stendlar yaratish, fizik jarayondagi berilgan parametrlar uchun qidirishli modellashtirish, hisob-kitob va grafiklar qurishlar ham amalga oshiriladi.
Registrlar sxematexnikasini yaratishda, uni hisoblash jarayonlarini amalga oshirishda hozirgi kundagi eng yaxshi dasturiyb vosita bu Miltisim (EWB) dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida virtual va kompyuterli labaratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda yuksak samaradorlikka va jihozlar tejamkorligiga erishish mumkin deb hisoblaymiz.
Ishimiz davomidagi hisoblashlar va sxemalardan olingan natijalarni ushbu dasturdan foydalangan holda amalga oshirilgan. Bu esa o'rganuvchilar uchun tahlil etilayotgan jarayonni chuqur tasavvur qila olishiga va jarayonning qanday kechayotganini tezda o'rganib olishiga sabab bo'ladi. Shu sababli ham virtual laboratoriya yaratish samaraliroq va foydali bo'ladi.
Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog'onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qo'llaniladi. Bu esa sinxrosingnal berilishi bilan ma'lumotni faqat bitta razryadga siljitishni kafolatlaydi. Ko'p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda ma'lumotni chapga surish talab etiladi. Ma'lumotlarni ikkala yo'nalishda siljitish imkoniga ega bo'lgan ketma-ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi.
Electronics WorkBench (National Instruments) Multisim dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi, o'lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyi-radioelektron laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish mumkin. Electronics Workbench (National Instruments) dasturi elektr va elektron sxemalarni modellash uchun ishlatiladi.

Yüklə 61,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin