Mvc nima? Temur G'aniyev mvc bu model (Model) view (Ko'rinish) controller


Controller Temur G'aniyev Controller



Yüklə 168,27 Kb.
səhifə3/6
tarix05.11.2022
ölçüsü168,27 Kb.
#119004
1   2   3   4   5   6
MVC

Controller
Temur G'aniyev
Controller - Asp.Net Coredagi Microsoft.AspNetCore.Mvc.Controller sinfdan voris olgan yangi sinf hisoblanadi. Shuningdek foydalanuvchidan kelgan request (so'rov) ni qayta ishlaydi. Kerak bo'lsa model ni shaklantiradi va view (ko'rinish) ni chaqiradi.
Controller lar Controllers papkasida joylashadi.Agar siz yangi controller qo'shmoqchi bo'lsangi aynan shu papkaga qo'shishingiz kerak bo'ladi
Agar siz ushbu https://localhost:5001/Home/Privacy urlga tashrif buyursangiz: Controllers papkasida joylashgan HomeController nomli sinfning Privacy metodi ishga tushadi va bu metod sizga ota sinfdan voris olgan View() methodi orqali view(ko'rinishni) qaytaradi.
Namunaviy Controllerning ko'rinishi quydagicha:
using System;
using System.Collections.Generic;
using System.Diagnostics;
using System.Linq;
using System.Threading.Tasks;
using Microsoft.AspNetCore.Mvc;
using Microsoft.Extensions.Logging;
using dotnetuz.Models;

namespace dotnetuz.Controllers
{
public class HomeController : Controller
{
private readonly ILogger _logger;

public HomeController(ILogger logger)
{
_logger = logger;
}

public IActionResult Index()
{
return View();
}

public IActionResult Privacy()
{
return View();
}
}
}


View
Ravshan Sodiqov
Views Frontend dasturchilar tomonidan ishlab chiqiladigan veb sahifalar uchun foydalanuvchi interfeyslari, ya’ni ma`lumotlarni foydalanuvchilar uchun qulay dizayn asosida taqdim etadi. ASP.NET Core frameworkida ko’rinishlar asosan Razor sahifalar sifatida tasvirlanadi. Razor sahifalar - HTML sahifalarning C#, F# va VBA dasturlash tillariga mansub kodlar bilan integrallashgan shaklidir (.cshtml kengaytma ostida). Ushbu Razor sahifalarni HTML shabloniga ega dinamik veb sahifalar deb ham atash mumkin.
ASP.NET Core MVC asosida quriladigan loyihalarning veb sahifalari «Views» papkasida saqlanadi. Namunaviy holda taqdim etiladigan «Views» papkasi quyidagicha tuzilishga ega bo’ladi:

  • «Home» papkasi

  • «Shared» papkasi

  • _ViewImports.cshtml fayli

  • _ViewStart.cshtml fayli

«Home» papkasi
Ushbu papka shu nom bilan ataluvchi, ya’ni HomeController boshqaruvidagi sahifalarni o’zida saqlovchi papkadir. Agar HomeControllerda quyidagicha metodlar aniqlangan bo’lsa:
public IActionResult Index()
{
return View();
}

public IActionResult Privacy()
{
return View();
}
demak «Home» papkasida ham Index.cshtml va Privacy.cshtml fayllari mavjud bo’ladi. Yuqorida controller da aniqlangan metodlar «Home» papkasida saqlanadigan ko’rinishlarni brauzerda tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bordi-yu, «Home» papkasiga Contact.cshtml sahifasini qo’shsak-u, HomeControllerda
public IActionResult Contact()
{
return View();
}
metodini yozmasak, ushbu ko’rinish brauzerda tasvirlanmaydi.
Shuni yodda tuting !

  1. 1.

Controller boshqaruvidagi barcha sahifalar «Views» papkasida ichida joylashgan, Controller nomi bilan bir xil bo’lgan papkada saqlanadi. Agar-da loyihamizning «Controllers» papkasiga AdminController ni qo’shsak, ushbu controller boshqaradigan sahifalar «Views» papkasi ichidagi «Admin» papkasida saqlanadi.

  1. 2.

Har bir ko’rinishni brauzerda aks ettirish uchun controller ichida ko’rinish nomi bilan bir xil metod aniqlanishi kerak. Aks holda ko’rinish brauzerda aks ettirilmaydi.

Yüklə 168,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin