N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi


Ajratib-qayta o‘rnatiladigan inventar qoliplar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə17/39
tarix18.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132899
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
iiiiillllaa

Ajratib-qayta o‘rnatiladigan inventar qoliplar zavodda tayyorlangan shchitlardan, qutilardan, yirik inventar ustun-tirgaklar va boshqa elementlardan yig‘iladi.
Ajratib- qayta o‘rnatiladigan qolip shunday loyihalanadikim, yon yuzalar, to‘sinlar, progonlar va ustunlarni ko‘chirish to‘sin va progonlar tubiga bog‘liq bo‘lmasin, va beton loyihada ko‘zda tutilgan mustahkamlikni egallagandan so‘ng ular ko‘chiriladi.
Qoliplar ko‘chirilgandag so‘ng tozalanadi, agar zarur bo‘lsa ta’mirlanadi va qayta ishlatiladi.
Ajratib -qayta o‘rnatiladigan qolip universal, tayyorlanishi va undan foydalanish oddiy.
Yog‘ochli yoki murakkab ajratib- qayta o‘rnatiladigan qoliplarning asosiy elementlari - rama qurilmali shchitlar bo‘lib , ular suvga chidamli fanera bilan qoplangan qalinligi 25-30 mm li taxtalardan yoki metall list ,plastik va boshqa material bilan qoplangan bo‘ladi.
Qolipni o‘lchamlari va massasi shunday bo‘lishi kerakki, ularni qo‘lda o‘rnata olish imkoni bo‘lsin.
Ustunlar osti poydevor qoliplari tashqi va ichki shchitlardan yig‘ilgan to‘g‘ri to‘rtburchakli qutilardan barpo etiladi. Tashqi shchitlar ichki shchitlarga nisbatan 20-25 sm uzunroq bo‘lib, ular maxsus tirgovich plankalarga ega va shu tirgovichlar bilan ichki shchitlarga mahkamlanadi. Tashqi shchitlarga tortuvchi simlar bilan mahkamlanadi , ular qo‘yilgan beton qorishmasi bosimini qabul qiladi
Ustun qolipi bu har 0,4-0,7 m da o‘rnatilgan metall yoki yog‘och xomutlar bilan birlashtirilgan shchitlardan yig‘ilgan quti shaklida bo‘ladi (17.1a -rasm).
Progon va to‘sinlarning yog‘ochli qolipi ushlab turuvchi tirgovichlarni boshiga tayanidigan qolipning tubi va yon tomoni shchitlaridan iborat. Yopmalar qolipining shchitlari gumbaz qolipga o‘rnatiladi, ular esa yon shchitlarga qoqiqlgan gumbaz osti taxtalariga tayanadi (17.1b- rasm).

7 8

17.1 -rasm. Ajratib- qayta o‘rnatiladigan yog‘och qolip:



a - ustun qolipi; b - to‘sin va progon qolipi; 1 - quti; 2 - xomutlar; 3 - ponalar; 4 - ramka; 6 - ustun tirgovichni bosh qismi; 7 - friz taxtasi; 8 - yopma plitasi shchiti; 9 -
gumbaz; 10 - gumbaz osti taxtasi; 11 - tayanch ustida gumbaz osti taxtasi uchun taglik; 12 - siqib turadigan taxta.
Qolip formalarini ushlab turish uchun havozalar o‘rnatiladi. Agarda qolip 6 m gacha bo‘lsa teleskopik inventar yog‘och metalli yoki metall ushlab turuvchi ustun-tirgovichlar qo‘llaniladi.
Qalinligi 15 sm gacha bo‘lgan devorlarni barpo etganda pardadevorni bir tomonidan qovirg‘a-ustunlar urnatilib shchitlardan devorni bir tomoni yig‘iladi, shundan keyin pardadevor butun balandligi bo‘yicha armatura o‘rnatiladi. Keyin ish fronti tomonidan qovirg‘a -ustunlar o‘rnatiladi, va ularga 1 m balandlikda shchitlar shchitlar mahkamlanadi. Betonlanish ishlariga qarab shchitlar o‘stirib boriladi.
Ajratib qayta o‘rnatiladigan unifikatsiyalashgan qolip- SNIIOMTPda ishlab chiqilgan va bu qoliplarni turli xil modifikatsiyalari mamlakatimizda keng tarqalgan. Bu qolip oddiy ko‘chirib qayta o‘rnatiladigan inventar qolipdan keng miqyosda elementlarni o‘zaro almashinishi, katta bikirlikka ega va montajni osonlashtiruvchi inventar moslamalarga ega ( tortqilar, qulfli birlashtiruvlar va b.). Bunday qolip yog‘ochli, yog‘och-metalli yoki po‘latli bo‘lishi mumkin.(17.2.- rasm).







  1. rasm. SNIIOMTP ning kombinatsiyalashgan qolip konstruksiyasi

a - taxtalardan qoplangan shchit; b -namga chidamli fanera yoki plastik bilan qoplangan shchit; v - tortqi; g - to‘g‘ri burchak ostida tortqilarni birlashish tuguni; d - shchitlarni tortqiga mahkamlash detali; 1 - po‘lat karkas; 2 - taxtalardan qoplama; 3 - yon oboyma ( ramka); 4 - shchitlarni birlashtiruvchi teshiklar; 5 - uzatmalarni utkazuvchi teshiklar; 6 - namga chidamli fanera yoki qatlamli plastik; 7 - taxtali siyrak to‘shama; 8 - shveller tortqilar; 9 - 20*30 mm li brus qistirmalar; 10 - pona; 11 - kosinka-o‘rama; 12 - shayba; 13 - taranglovchi ilmoq.






  1. rasm -. SNIIOMTP ning unifikatsiyalashgan po‘lat qolip konstruksiyasi

a - qolip detallari; b - zinasimon poydevor qolipining umumiy ko‘rinishi; 1 - asosiy shchitlar; 2 - burchak shchiti; 3 - yuk ko‘taruvchi ferma; 4 - qisqich korpusi; 5 - pona; 6

  • tortqi.







  1. rasm. Ustunlar osti poydevori uchun metalli blok forma: 1- ustun osti qolip (forma) i; 2- domkratlar.

Po‘lat qolipni ugolniklar, shvellerlar va qalinligi 2 mm tunuka listlardan tayyorlanadi. Yaxshi foydalanilganda uni aylanishi 200 martagacha bo‘lishi mumkin, yog‘och inventar qoliplarni aylanishi 10-15 martadan ortmaydi.
'j
Unifikatsiyalashgan qolipning konstruksiyasi yuzasi 35 m gacha bo‘lgan yirik o‘lchamli panellarni yig‘ish, hamda bikir qolip yoki armatura-qolipli bloklar yig‘ish imkonini beradi (17.3-rasm).
Panelli yoki blokli qoliplar, yirik o‘lchamli ko‘rilmalarda va katta hajmdagi betonlash ishlarida qo‘llaniladi. Bu turdagi qoliplarni yig‘ish ishlarini narxi 50%ga kamayadi va qolip ishlari muddati qisqaradi.



|


  1. rasm. Unifikatsiyalashgan yirik shchitli qolip:

1- beton qorishmasini yo‘naltiruvchisi; 2-tortuvchi; 3-tasma; 4- so‘rilar; 5-shchit; 6- vertikal ferma; 7-to‘g‘rilaydigan tortqi; 8-domkrat; 9-tashqi shchitni montaj qilish uchun so‘rilar


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin