N mavzu va mashg‟ulot nomlari Soati Tahminiy vaqti O‟tkazish muddati



Yüklə 10,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/34
tarix27.08.2023
ölçüsü10,78 Mb.
#128769
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ

 
 
 
Uyga vazifa
: Uyda o`qib, xaritadan o`rganib kelish. 


16 –mashg'ulot 
Mavzu: 
Tinch okeani. 

I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy:
O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
 b) Tarbiyaviy
O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish 
s) rivojlantiruvchi: 
Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish 
 
 II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
 
III.Yangi mavzu bayoni:

Asosiy xususiyatlari. 
Okeanlar ichida eng keksa va eng kattasi, eng issig‘i, 
“olovli halqa”
si 
mavjud, eng chuqur, biomas-saga eng boy. Baliq ovlashda, dengiz, orollar soni, kuchli shamol, baland 
to‘lqin, suv tubi vulqonlari bo‘yicha Dunyo okeanida birin-chi o‘rinda. 
Geografik o’rni. 
Tinch okean Dunyo okeani maydonining yarmini va Yer yuzining 1/3 qismini 
egallagan. Bu okean kattaligi jihatidan 
Ulug’ 
okean deb ham ataladi. Okeanni to‘rtta materik chegaralab 
turadi. Uni shimol va sharqda Amerika, janubda Antarktika, g‘arb va shimoli-g‘arbda Avstraliya, Osiyo 
qit‘alari o‘rab olgan. Shimoldan janubga qarab qariyb 12 ming km va g‘arbdan sharqqa qarab 17,2 ming 
km masofaga cho‘zilgan. Eng keng joyi ekvatorda va uning atrofida. 
O’rganish tarixi. 
Birinchi bo‘lib ispaniyalik V.Balboa 1513-yilda Panama bo‘ynidan o‘tib Tinch 
okeanini ko‘rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan. F.Magellan 1520-1521-yillardagi sayohati 
davrida uni Tinch okean deb atagan. 
Okean to‘g‘risidagi dastlabki ma‘lumotlar F.Magellan va J.Kuk sayohatalari tufayli to‘plangan. 
V.I.Bering va A.I.Chirikov-lar 1714-yilda okeanning shimoliy qismini o‘rganishdi. I.F.Kru-zenshtern, 
Y.V.Lisyanskiy, S.O.Makarov 
“Vityaz” 
kemasida va Jak Iv Kusto Tinch okeanda mukammal tadqiqot 
ishlari olib bordilar. Hozirgi vaqtda Tinch okeanni o‘rganish yuzasidan maxsus xalqaro tashkilotlar 
tuzilgan.

Yüklə 10,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin