Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Tinch okean botig‘i eng keksa va Yer po‘stining juda
katta maydonini egallaydi. Shunga asoslanib mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratilgan. Ayni paytda
Tinch okean litosfera plitasi O‘rta okean tizmasi zonasida kengaymoqda. Tinch okean litosfera plitasi eng
serharakat plita ekanligi aniqlandi. Uning yillik siljish tezligi 10 sm dan katta. Shuning uchun ham bu
”olovli halqa” da kuchli va halokatli zilzilalar, vulqon harakatlari takrorlanib turadi.
Okean shelfida daryo va to‘lqin yotqiziqlari, organik jismlar, okean tubida qizil gilli jinslar eng ko‘p
tarqalgan. Cho‘kindi jinslarning qalinligi chuqur botiqlarda 100-200 m, ekvatorial mintaqada 500-600 m,
ayrim joylarda 1000 m ni tashkil etadi.
Tinch okeanda
tabiat boyliklari juda ko‘p. Shelf zonasida oltin, pla-tina, kumush va boshqalar
sochma holatda, toshko‘mir, rudalardan, temir, mis, nikel va boshqalar shaxta usulida qazib olinmoqda.
Bular barcha qir-g‘oq zonalarida mavjud.
Okean tubi relyefi. Okean tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Bu yerda dengiz sayozligi kam,
1,7% maydonni egallaydi. Sayozlik faqat Bering, Oxota va Arafur dengizlarida mavjud. Materik
yonbag‘irlari tik zi-napoyalar hosil qiladi. Okean tubi 62,6% maydonni egallagan. Bu yerda tog‘ tizmalari,
cho‘kmalar, tekisliklar va botiqlar ko‘p tarqalgan.
Dunyo okeanidagi chuqurligi 5 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta botiqdan 25 tasi, chuqurligi 10 km dan
ortiq bo‘lgan 5 ta botiqning barchasi shu okeanda joylashgan.
Iqlimi. Tinch okean eng issiq okean bo‘lib, yuzasidagi suvning haro-rati ekvatordan ikkala qutb
tomon kamayib boradi. Ekvatorial mintaqalar-da suv yuzasining harorati yil davomida 28-29
o
C, Bering
dengizida 2-7
o
C, Janubiy okeanga tutash qismida 12-15
o
C atrofida o‘zgaradi.
O‘rtacha yillik yog‘in miqdori ekvator atrofida 3000 mm bo‘lsa, mo‘-tadil kengliklarning g‘arbida
1000 mm va sharqida 2000-3000 mm, subtropikning sharqida esa 100-200 mm atrofida yog‘in yog‘adi.
Okean su-vining eng sho‘r qismi tropiklarga to‘g‘ri keladi (36
00
0
). Eng chekka shimoliy va janubiy
qismlarida sho‘rlik ancha pasayadi (32
00
0
).
Okeanning g‘arbiy qismidagi tropik kengliklarda kuchli shamollar –
tayfunlar (xitoycha “tay fin” – katta shamol) esib turadi. Tayfumlarning tezligi soatiga 30-50, ba‘zan 100 km gacha boradi va katta
to‘lqinlarni yu-zaga keltiradi. U Yevrosiyoning sharqiy qirg‘oqlariga yetib borib, aholiga va ekinlarga katta
ziyon yetkazadi.