4.Jamlovchi sonlar narsa miqdorini jamlab, to‘dalab ko‘rsatadi. Ular sanoq sonlarga -ov, -ala, -ovlon, -ovlashib qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi.
Jamlovchi sonning –ov, -ovlon affiksli shakli har doim 1-shaxs birlik shakldan tashqari, barcha egalik affiksi bilan qo‘llanib, gapda ot vazifasida ishlatiladi. Shu bois sonning boshqa turlaridan farqli ravishda gapda sifatlovchi - aniqlovchi vazifasini bajarmaydi : Uchovining
maqsadi bir. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar.
Biroq –ala affiksli jamlovchi son ot oldidan kelib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Ikkala o‘rtoq bir bo‘lib ishga tushdilar. –ov, -ala, -ovlon affikslari bilan hosil bo‘ladigan jamlovchi sonlarning faol qo‘llanishi ikkidan yettigacha bo‘lgan sonlarda ko‘proq kuzatiladi.
Jamlovchi sonning –ov, -ala affiksli shakliga kelishik affikslari 3-shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi, -ala affiksli shakliga esa kelishik affikslari egalik affiksining 1-shaxslaridan boshqa turlaridan keyin qo‘shiladi va gapda ega, qaratqichli aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi: Ikkovi qadirdonlarcha ko‘rishdilar. Ikkalasining bo‘yi teng. Terimchilarning uchalasiga ham mukofot berildi. To‘rta-langizdan boshqa hamma yig‘ilishga qatnashdi.
Bundan tashqari, jamlovchi son ov+la+sh+ib affiksi yordamida hosil bo‘luvchi shaklga ham ega. Bu affiks bilan shakllangan jamlovchi sonlar ko‘pincha fe’lga bog‘lanib, gapda hol vazifasida keladi: Uchovlashib ichkariga kirishdi.
Dostları ilə paylaş: |