2. Nima olmoshi narsa yoki voqealarga nisbatan so‘roqni bildiradi va quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik ko‘shimchalarini olib, so‘roq ma’nosini yoki noaniq narsa ma’nosini ifodalaydi. Shunga ko‘ra, bu xildagi so‘zlar ishtirok etgan gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra so‘roq yoki darak gap bo‘lishi mumkin: Siz nimani yoqtirasiz? Nimadan gap ochishini bilmay turdi; 2) nima olmoshi so‘roqdan tashqari narsa, narsalar ma’nosini ifodalaga-ni uchun ayrim hollarda tushum kelishigida belgisiz ishlatilishi mumkin: Mendan nima istaysiz?; 3) jo‘nalish kelishigi shaklidagi so‘zdan keyin kelib, e’tiborsizlikka undash, befarqlikka chaqiriq ma’nosini bildiradi: Senga nima, istagan narsang muhayyo bo‘lsa?; 4) nima so‘zi III shaxs birlikda egalik affiksini olib, gapda otlarga o‘xshash vazifani bajaradi: Buning nimasi yomon?; 5) egalik qo‘shimchasini qabul qilib xoslik emas, taajjub ma’nosini ifoda-lovchi so‘roq gaplarning kesimi bo‘lib keladi: Iya, bu nimasi?
Bu olmosh gapda ega, kesim, tuldiruvchi, ba’zan qaratqichli aniqlovchi bo‘lib keladi: Seni nima qiziqtiradi? Oting nima? Nimani istaysan? Nimaning foydasi kup?
3. Nega (nimaga) olmoshi harakatning sodir bo‘lishidagi sabab, maqsadni aniqlash uchun ishlatiladi va quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) deyarli hamma vaqt ravish xarakteriga ega bo‘lib, bo‘lishli shakldagi fe’llar oldida keladi va sabab, maqsadni aniqlash uchun beriladigan so‘roqni ifodalaydi: Nega kelding? Nega kechikding? Nimaga kechikding?; 2) bo‘lishsiz fe’l oldida kelib, deyarli hamma vaqt sababni bildiradi: Nega meni kuzatib qo‘ymaydi?; 3) nega so‘zi -dir affiksining qo‘shilishi bilan voqea-hodisaning sodir bo‘lish sababi so‘zlovchi uchun noma’lum ekanligini bildiradi: Negadir bu kishining o‘zi ham sov-g‘asi ham Navoiyga yoqmagan edi.(O.); 4) nega olmoshi asosan ravish o‘rnida ishlatilgani uchun ham so‘z o‘zgartuvchi affikslarni olmaydi. Shu bois nega olmoshi gapda asosan sabab yoki maqsad holi bo‘lib keladi. Nega ketib qoldingiz? Nega kelmadingiz?
Dostları ilə paylaş: |