N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə70/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   250
1-§. Dialektizmlar. Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqida ishlatiladigan, adabiy til leksikasiga kirmaydigan so‘zlar dialektizmlar deyiladi. Dealektizmlarning adabiy tilga xos me’yoriy so‘zlardan farqlari quyidagicha:

a) leksik-semantik dialektizmlar. Adabiy tilda o‘z shakldoshiga ega, biroq ma’no jihatdan farqlanadigan dialektizmlar: qalin - adabiy tilda: qiz uzatishda kuyov tomonidan beriladigan mablag‘, shevada: gilam turi; g‘ayir- adabiy tilda: rashkchi kishi, shevada: qopag‘on it.



b) leksik dialektizmlar. Muayyan dialekt vakillari tilida qo‘llanilib, adabiy tilda uchramaydigan so‘zlar: ko‘ma-yerto‘la, makka - sho‘x, bichqi - qo‘l arra, shoti, zangi-narvon kabilar.

v) fonetik dialektizmlar. Adabiy tildan fonetik jihatdan farqlanadigan so‘zlar: suvoq - shuvoq, yurmoq - jurmoq, kelmoq - galmoq.

g) grammatik dialektizmlar. Adabiy tildagi grammatik shakllaridan

farqlanadigan so‘zlar: kelutti - kelyapti, uya – uyga, nonnan-nondan.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin