N. Turniyozov A. Rahimov O‘zbek tili



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə76/250
tarix04.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#55018
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   250
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Umumxalq ishlatadigan so‘zlardan iste’mol doirasi chegaralangan so‘zlarning farqini tushuntiring.

2. Dialektizmlarning adabiy tildagi me’yoriy so‘zlardan qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanishini tushuntiring.

3. Tarixiy va eskirgan so‘zlarni tavsiflang.

4. Iste’moli chegaralangan so‘zlarni guruhlab izohlang.
5.4. Uslubiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi

Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslangan bo‘lishi yoki nutq uslublariga betaraf bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra lug‘aviy birliklar ikki guruhga bo‘linadi: uslubiy betaraf so‘zlar va uslubiy xoslangan so‘zlar.

Uslubiy betaraf so‘zlar nutq uslublarining birortasiga xoslanmay, barcha uslublarda birdek qo‘llanilaveradigan lug‘aviy birliklardan tashkil topadi: havo, suv, daraxt, bir, ikki, hamma, biz, siz, turmoq, yugurmoq kabilar shular jumlasidandir.

Nutqning ayrim-ayrim ulublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deyiladi. Bunday maxsus so‘zlar dastavval og‘zaki nutqda yoki yozma nutqda qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga ajraladi. Masalan, hazar qilmoq, birlashmoq, hunar, o‘rin, arzimagan (kichik) so‘zlari ko‘proq og‘zaki nutqda qo‘llansa, ularning sinonimlari bo‘lgan jirkanmoq, uyushmoq, kasb, makon, juz’iy so‘zlari ko‘proq yozma nutqda qo‘llanadi.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin