Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Pedagogik diagnostika (tashxislash)



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Pedagogik diagnostika (tashxislash)
– zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan 
foydalanish asosida hodisalar mohiyatini anglash va ularning muayyan 
vaziyatlardagi holatiga baho berish jarayoni (K.Ingenkamp); pedagogik tizimning 
turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil 
rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga 
oshirish 
sharoitlarini 
tavsiflovchi 
belgilarini 
aniqlanash 
va 
o‘rganish
(E.A.Mixalыchev), ta’lim va tarbiya natijasini baholashda shaxsning ma’lum bir 
xususiyatlarini 
aniqlash 
uchun 
mo‘ljallangan pedagog va pedagogik 
kollektivlarning o‘ziga xos faoliyatining tizimi (V.S.Avanesov); aniq maqsaddan 
kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni o‘zlashtirish) bo‘yicha 
o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish, tekshirish va baholashga oid statistik 
ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga 
qaratilgan nazorat yoki monitoringning tarkibiy qismi (M.A.Innazarov); ta’lim 
oluvchilar, pedagog yoki ta’lim muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon 
yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va 
to‘g‘rilash (S.T.Pudochkina). 
Pedagogik diagnostikaning bir necha turi mavjud. Ular: 
asosiy boshlang‘ich diagnostika
– o‘quvchining joriy vaqtgacha 
erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlashga 
qaratilgan tashxislash; 
asosiy yakuniy diagnostika
– o‘quv yili oxirida o‘tkazilib, uning 
natijalariga ko‘ra o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning hal 
qilinish darajasi tahlil qilinib, baholanadigan tashxislash; 
oraliq diagnostika
– sinfning barcha o‘quvchilari uchun emas, balki 
ular orasidan tanlab olingan – rivojlanishida jiddiy muammolari bo‘lgan 
o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan tashxislash; 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin