Pedagogik nazorat
– uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosida o‘qituvchi
va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holda o‘quv hamda tarbiya
jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgan tekshirish xarakteriga ega yagona
didaktik va metodik tizim.
Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalari
shaxsning individual
psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini o‘lchash
hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va vositalari yig‘indisi.
Pedagogik tajriba metodi
(lot. “experimentum” – sinov, sinash, tajriba qilib
ko‘rish) – mavjud pedagogik muammoning yechimini topish imkoniyatlarini
o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay
olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘lishi, ularning
samaradorligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Pedagogik tekshirish
– nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy
didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash,
pedagog tomonidan o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishi haqida
ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida
aniqlashni ta’minlashdir.
Pedagogik o‘lchov –
ma’lum qoidalarga muvofiq ob’ektlar va ularga xos
xususiyatlarning raqamlardagi ifodasini anglatuvchi kattalik. O‘lchash, odatda,
bevosita (muayyan standart, tayanch o‘lchagich, mezonlar asosida) yoki bilvosita
(boshqalarning yordamida yoki muayyan vositalar asosida) amalga oshiriladi:
Bevosita o‘lchash
– o‘lchanadigan ob’ektni biron-bir standart, tayanch
o‘lchagich bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash.
Bilvosita o‘lchash
– ob’ekt holatini ma’lum mezonlar (masalan,
savollarga qaytarilgan javoblar mazmuni va soni, to‘g‘ri bajarilgan
topshiriqlar soni, muammoli masalalarni hal qilish, diktant, yozma ish,
inshodagi xatolar, xulq-atvordagi og‘ishlar va boshqalar) yordamida ma’lum
vositalar (nazorat ishlari, test topshiriqlari, loyihalar, imtihon va sinov
savollari) yordamida baholash
134
.
134
Лекция 5. Анализ данных //
https://tsput.ru/res/informat/mop/lections/lection_5.htm.
|