Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə33/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

5. Kompromiss (murosa) o‘ziga xos oraliq holat egallab, ham faol, ham passiv ta’sir qilish shakllarini o‘z ichiga oladi. U konfliktli o‘zaro harakatlarni qisman hal qilib, chunki bu holda ko‘pgina o‘zaro yon bosishlar amalga oshganiga qaramay, sabablar butkul bartaraf etilmagan bo‘ladi. Bu kabi o‘zini tutish uslubi opponentlar bir xil hokimiyatga, kuchga, hamda bir-birini istisno etadigan manfaatlarga ega bo‘lgan, ularning bundan ko‘ra afzalroq yechim izlashga vaqti cheklangan bo‘lib, ularni muayyan vaqtga qadar oraliq yechim ham qoniqtiradigan payt qo‘llanadi.
Ba’zi hollarda konfrontatsiya oqilona, nazorat qilish mumkin bo‘lgan me’yorlarda konfliktni hal qilish nuqtai nazaridan moslashish, chap berish, hatto kompromiss(murosa)ga nisbatan ham ko‘proq natija bera oladi. Bu holda mag‘lubiyat yangi konfliktlarni shakllantiradigan baza hamda konfliktli harakatlar hududi kengayishiga sabab bo‘lmasligi muhim o‘rin tutadi.
Konfliktlar mazmuni, ularning kelib chiqish sabablari, konfliktda qanday holatlar vujudga kelishi borasida avvalgi boblarda biz ma’lum bilimlarga ega bo‘ldik. Biz eng zaruriy shart, ya’ni konfliktni o‘z holicha tashlab qo‘ymaslik kerakligini anglab yetdik. Ziddiyatga faol aralashish, uni boshqarish va uning yechimini hamkorlikda ishlab chiqish – konflikt yechimini topishga olib kelishini ko‘rdik. Konflikt yechimi uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar va ko‘nikmalar haqida gapirdik. Ammo shu bilan birga konflikt yechimini topish uchun konfliktni boshqarishning o‘ziga hos usullarini ham egallash lozim. Konfliktlarni boshqarish haqida ma’lumotlarni bilish va ularni qo‘llay olish ham sizning hayotingizda osoyishtalik olib kiradi. Konfliktologiyada konfliktlarni boshqarish usullari odamlarning xarakteri, o‘zini tutishi, psixologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Endi konfliktlarni qanday boshqarish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Konfliktlarni boshqarishning besh asosiy usuli mavjud. Odatda, konfliktlar nazariyasida bu usullar turli hayvonlar hatti-harakati asosida biror «jonivor»ning o‘zini tutish xususiyatlariga nisbatan beriladi. Biz ishlab chiqilgan hamda konfliktologiya nazariyasida keng qo‘llaniladigan konfliktlarni boshqarishning «jonivor» usullarini ko‘rib chiqamiz9.
Sizning vazifangiz - o‘z xarakteringiz ta’kidlangan usullardan qaysi bir usulga ko‘proq to‘g‘ri va mos kelishini aniqlashdan iborat. Ammo hayotda turli vaziyatlar bo‘ladi, shuningdek, insonning murakkab xarakterini faqat bir usulga bog‘lab o‘rganish to‘g‘ri emas. Ko‘plab hollarda inson xarakteri to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqat bir usulga monand bo‘lmay, ba’zan usullar aralashmasiga ham teng kelishini nazarda tutishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, insonning u yoki bu konflikt vaziyatlardagi o‘zini tutishi o‘sha vaziyatga ham o‘ziga xos tarzda bog‘liq bo‘ladi.



Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin