Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Muzokaralar imkoniyatini aniqlab olish



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə89/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   323
Pedagogik konfiliktalogiya

2. Muzokaralar imkoniyatini aniqlab olish. Konflikt mavjudligi e’tirof etilib, uni “yo‘l-yo‘lakay”, birdaniga hal qilish imkoni yo‘qligi aniqlanganidan so‘ng muzokaralar, aynan qanday, ya’ni vositachilar ishtirokidagi yoki ularsiz muzokaralar o‘tkazish, kim har ikki tomonni ham qoniqtiradigan vositachi bo‘la olishi mumkinligi to‘g‘risida kelishib olish.
3. Muzokaralar amaliyotini muvofiqlashtirib olish. Muzokaralar qaerda, qachon va qay tarzda boshlanishini aniqlab olish: o‘tkaziladigan muzokaralarning muddatlari, joyi, amaliyotini, birgalikdagi faoliyatning boshlanish vaqtini kelishib olish.
4. Konflikt mavzusini (predmetini) tashkil qilgan masalalar doirasini belgilab olish. Asosiy muammo shundaki, birga ishlatiladigan atamalar yordamida nimalar konflikt predmeti ekanligi, nimalar esa yo‘qligini aniqlab olishdan iborat. Bu bosqichda muammoga bo‘lgan birgalikdagi yondashuvlar ishlab chiqilib, tomonlar pozitsiyalariga aniqlik kiritiladi, ko‘proq munozarali masalalar va pozitsiyalarni o‘zaro yaqinlashtirish ehtimoli imkoniyatlari aniqlashtiriladi.
5. Yechim variantlarini ishlab chiqish. Tomonlar birga ishlashda har biri yuzasidan harajatlar hisob-kitobi bilan, ehtimol tutilgan oqibatlarni hisobga olgan holda bir necha yechim variantlarini taklif etadilar.
6. Kelishilgan qaror qabul qilish. O‘zaro muhokama qilinib, ehtimol tutilgan bir qator variantlar ko‘rib chiqilganidan keyin, tomonlar o‘zaro bitimga kelishi sharti bilan, bu umumiy qarorni yozma, ya’ni kommyunike, rezolyusiya, hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ko‘rinishida taqdim etish maqsadga muvofiq.
7. Qabul qilingan qarorni amalda tatbiq etish. Dastlabki konfliktni keltirib chiqargan sabablar yo‘qolmay, bajarilmagan va’dalar tufayli faqat kuchaygan bo‘lsa, qayta muzokaralar o‘tkazish ancha murakkab kechadi.
Kommunikatsiya to‘siqlari – o‘zaro muloqot qilayotgan hamkorlar o‘rtasida adekvat axborot uzatish yo‘lidagi ruhiy (psixologik) to‘siqlar. Kommunikatsiya jarayonida turli barerlar yuzaga kelishlari mumkin:

  1. tushunish (tushunmaslik) bareri;

  2. ijtimoiy-madaniy farqlarga oid barer;

  3. munosabatlar bareri.

Tushunish (tushunmaslik) barerining kelib chiqishi, odatda, ruhiy, hamda kelib chiqishi o‘zgacha turli-tuman sabablar bilan bog‘liq. Bu axborot uzatish kanalining o‘zidagi xatoliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin – bu fonetik tushunmovchilik (tushunmaslik) deb nomlanadi. Fonetik tushunmaslik bareri (to‘sig‘i) tez va tushunarsiz so‘zlash (nutq) va ko‘p miqdordagi parazit-tovushlar ishtirokidagi nutq kabi omillar sababli paydo bo‘ladi. Shuningdek, muloqot ishtirokchilarining ma’nolar (tezauruslar) tizimidagi lingvistik farqlar tufayli kelib chiqadigan semantik tushunmaslik to‘siqlari ham mavjud. Shaxslararo normal kommunikatsiya yo‘liga stilistik to‘siq ham to‘g‘onoq bo‘lishi mumkin va u kommunikator nutq uslubi, muloqot vaziyati yoki resipientning hozirgi ruhiy holati nomuvofiq kelgan sharoitda yuzaga keladi. Shuningdek, mantiqiy tushunmaslik to‘sig‘i (bareri) ham mavjud bo‘lib, u kommunikator tomonidan taklif etilgan mulohaza yuritish mantiqi resipient idroki uchun juda murakkab yoki unga noto‘g‘ri bo‘lib tuyulgan hollarda paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga ijtimoiy-madaniy, ya’ni ijtimoiy, siyosiy, diniy va kasb-hunarga oid farqlanishlar ham tushunmaslik sababi bo‘lib kelishi mumkin, chunki ular muloqot jarayonida qo‘llanadigan u yoki bu tushunchalar ning turlicha anglanishiga olib keladilar. Muloqot qilinayotgan hamkor(suhbatdoshi)ni muayyan kasb egasi, millat, jins vakili yoki ma’lum yoshdagi shaxs sifatida qabul qilish, idrok etishning o‘zi ham to‘siq vazifasini o‘tashi mumkin. Barer(to‘siq)ni olib tashlash yo‘lida kommunikatorning resipient nazaridagi obro‘-e’tibori ham muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin