Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Ruxli konsentratlarni ko’p tubli pechlarda kuydirish



Yüklə 6 Mb.
səhifə8/10
tarix25.11.2023
ölçüsü6 Mb.
#134823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KO\'P TUBLI PECH

1.6. Ruxli konsentratlarni ko’p tubli pechlarda kuydirish

Rux konsentratlarini uzoq vaqt davomida yoqish imkonini beruvchi keng tarqalgan agregat ko’p tubli pechlar hisoblanadi(Vedj,Geresgofa va boshq.pechlar).


Pech balandligi 10 m gacha bo’lgan vertikal shaxtali silindir shaklida bo’lib,aylanadigan matkaziy vallari va taroqsimon tegirmonga ega.Pechda 7 yoki 10 ta yopiq va 1ta quritish uchun mo’ljallangan o’t yoqiladigan tublar mavjud.Bu tublarning umumiy maydoni 100-320 m2.Pech shaxtasi metall qobiqli bo’lib 2 m li po’lat halqalarga tayanadi.Metall qobiq va futerlar oralig’ida issiqlik o’tkazmaydigan g’ishli qatlam joylashgan.Gumbazsimon tublar (5,0-7,5 diametrli) egish o’qlari bilan 0,35 m larga bosiladi.Chetki tublar qalinligi 230 mm bo’lib,markazlashgan sayin qalinligi 120 mm gacha kamayadi.Tublar orasidagi masofa 0,8-0,9m.Markaziy val (quyma yoki payvand po’latli)ning diametri 1,5 m bo’lib,bir aylanishi 0,0-3,5 min.tezlikni tashkil qiladi.Valning har bir tubida ikkitadan yongan materiallarni uzlukiz aralashtiruvchi qirindiushlagichlar mavjud.Markaziy val va tegirmonlar pastdan(Gerasgofa pechidan) va yuqoridan (Vedj pechidan)haydalayotgan havo evasiga soviydi.7-10% namlikka ega konsentratlar quritish vazifasini bajaruvchi yuqori tubga yuklanadi.Bu yerda konsentrat chetdan markazga tomon harakatlanadi va val yonidagi tuynukdan birinchi yonish tubiga quyiladi.Konsentratni bir tubdan boshqasiga o’tkazuvchi tuynuk(teshik)lar navbat bilan markazda,valda va chetda joylashgan bo’ladi.Konsentratning bir tubdan boshqasiga o’tishidagi tezligi markaziy valning aylanish tezligiga bog’liq bo’ladi.Gazlar pechda qarama-qarshilik qununiyatida harakatlanadi va yuqori tubdab qaytariladi.
Rux konsentratlarining kuyishi avtogen,ya’ni sulfidlarning oksidlanishidan ajraladigan issiqlik hisobiga borishi mumkin.Amaliyotda ko’p tubli pechlarda yondirishda chetki gazlar bilan issiqlikning katta miqdorda yo’qotilishi tufayli pastki tubda qolgan rux sulfid oxirgacha yonmay qoladi.Shunday hollarda 3-5% ga yaqin shartli yonilg’i qo’shishga to’g’ri keladi.
Kuydirish ko’p tubli pechlarda bo’lganda 25% gacha qoldiqlar 12-15% oltingugurt saqlovchi chala yongan kesakcha ko’rinishida hosil bo’ladi.Ularni albatta ajratib olib,maydalab,yana qayta takroriy kuydirishga jo’natish lozim.Pechdan chqadigan gazlar tarkibida SO2 ning miqdori 6-7% ni tashkil qiladi.Kuydirish(yoqish) jarayonidan ajralgan changlar konsentrat massasining deyarli 10 % ni tashkil qiladi.Chang konsentratdan farqli o’laroq,qo’rg’oshin,kadmiy,mishyak,surma va noyob metallar bilan to’yingan.
Ko’p tubli pechlarning ahamiyatli kamchiliklari quyidagilardan iborat:

  1. unumdorlik darajasining pastligi ( konsontratga nisbatan 40-60 t/sut);


  1. pechdan chqadigan gazlarda oltingugurt angidriti konsetratining pastligi;

  2. yonish davomida kesakchalarning katta miqdorda hosil bo’lishi;

  3. yonilg’ini sarflash zarurati;

  4. qoldiq sifatining pastligi;

  5. pechning murakkab va qimmat tuzulganligi.

Ko’p tubli pechlarni mukammalashtirish maqsadida “Treyl” (Kanada) zavodida sakkiz tubli Vedj pechini rekonstruksiyalash o’tkazildi. Pechlardan ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi tublar olib tashlanib,ikkita yuqori va ikkita pastki tublar qoldirilgan.Olib tashlangan tublarning qolgan joyi,ya’ni kamerasiga muallaq holdagi konsentratni yondiruvchi gorelkalar o’rnatildi.
Jarayon quyidagicha kechadi.Ruxli konsentrat dastlabki qurituvchi tubga yuklanadi.Bu yerda konsentrat yonish kamerasidagi issiq gazlar bilan qurutiladi va so’nggi qurutishni amalga oshiruvchi ikkinchi quritish tubiga yo’naltiriladi ( 0,5 % namlik qolguncha),so’ng shnek ta’minlovchi orqali sharli tegirmonga yuborilgach,u yerda barcha qizigan zarralar maydalanadi (97% - 74 mkm). 95-100⁰C da quritilgan moddalar gorelkaga tushadi va u yerda havo bilan aralashib,tangensial bosim ostida yuqori yondirish kamerasiga chiqariladi.Yoqish kamerasidagi harorat 950-1000⁰C oralig’ida saqlanadi,pech unumdorligi esa 100-130 t/sut ni tashkil qiladi.
Yuklangan konsentratning 60% ga yaqini tubning pastki kamerasiga cho’kib qolib,qo’shimcha desulfidlanadi,40% i esa juda mayda zarracha bo’lib gazlar bilan pechdan chiqib ketadi.Chunki konsentratning aynan shu qismi yetarlicha to’liq yonib bo’lishga ulgurgan bo’lib,ikkilamchi kuydirishni talab qilmaydi.Shuning uchun ham katta miqdorda chang ajralishi muallaq kuydirish jarayonini sanoatga kirib kelishiga xalaqit bermagan.
Muallaq yondirishning ko’p tubli pechda yondirishga nisbatan imkoniyatlariga quyidagilar kiradi: ancha yuqori unumdorlik (konsentratga nisbatan100-160 t/sut), yonilg’i sarfining yo’qligi, qoldiqlarda rux ferriti va sulfidining kamligi.Ammo bu agregat hizmati murakkab hisoblanib,jarayonning borishi uchun konsentratning maydaligini,changning katta miqdorda ajralishi uchub esa chang tutuvchi tizimni talab qiladi.
Sulfidli moddalarni yoqishga mo’ljallangan zamonaviy ko’p tubli pechning tuzilishi rasmda ko’rsatilgan.Pech vertikal joylashgan temirli silindr qopiq,shakldor shamot (g’isht)li futerovka va taroqsimon moslama,ya’ni tegirmonlardan iborat.
Pechning qobig’i qozonbop temir (tunuka)li bo’lib,qalinligi 10-12 mm.Qobiqning balandligi bo’ylab har bir tubning qarama-qarshisida ko’plab cho’yan eshikchali derazalar mavjud.Pech futerovkasi g’ishtlar qalinligi 150-250 mm li silind shamot(g’isht)li qatlamdan va qobiq bilan shamot oralig’ida joylashgan 10-50mm li issiqlik o’tkazuvchi qatlamdan iborat.
Ba’zi pechlarni tuzishda shamot qatlamni quyma hamda yig’ma olovbardosh betonli futerovka bilan almashtirishadi;
Kuydiruvchi tublar shakldor g’ishtli qalinligi 150mm dan 250 mm gacha bo’lgan shar shaklidagi gumbazlar ko’rinishida qo’yiladi.Tublarda navbat bilan markazda yoki chetlarida tuynuk (teshik)lar joylashgan bo’lib,ular moddaning quyilishi va gazlarning o’tishi uchun hizmat qiladi.Zamonaviy pechlarda tublar soni 6 tadan 16 tagacha bo’lishi mumkin.
Taroqsimon moslama esa markaziy p’olat kavak val va unga dastalari bilan mahkamlangan taroqchalardan iborat.
Har bir tub uchun dastalar soni 2 dan 4 gacha,har bir dastadagi taroqchalar esa 12 tadan 20 tagachani tashqil etadi.
Taroqsimon moslama 10-20 kvt quvvatli elertromotor va pech ostida joylashgan maxsus reduktor orqali aylantiriladi.Markaziy val va dastalar odatda maxsus ventilyator havosi orqali sovitilsa,sovitish tizimidan chaqayotgan 120-200⁰C gacha isigan havo pechdagi yondirish jarayoni uchun ishlatiladi.
Shixta pechga yuqori tubga tushadigan ta’minlovchilar orqali yuqoridan tushadi.Pechdagi gazlar pechning yuqori qismida joylashgan gaz eltuvchi trubalar orqali olib boriladi.Yonib bo’lgan(kuygan)modda o’z oqimi bilan tuynuklar orqali pastki tubdagi bunker yuki maxsus taraga tushadi.
1.Ko’p tubli pechning ishlash vaqtida yonayotgan moddalar murakkab zigzaksimon yo’l bo’ylab yuqoridan pastga tushsa,gazlar esa aksincha pastdan yuqoriga tomon harakatlanadi.


Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin