Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Foydalanilgan adabiyotlar............................................................................35



Yüklə 6 Mb.
səhifə3/10
tarix25.11.2023
ölçüsü6 Mb.
#134823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KO\'P TUBLI PECH

Foydalanilgan adabiyotlar............................................................................35


Kirish


Insonlar ruxni qadimdan qo’llab kelganlar. Manbalarga qaraganda rux haqidagi birinchi ma’lumotlar miloddan avvalgi V asrga tegishli. Boshlanishda ruxni Qadimgi Hindiston, Xitoy va boshqa Sharq davlatlarida mis bilan qotishmasini latun shaklida olganlar. Uzoq vaqt sof ruxni ajratib olish jarayoni uning kimyoviy aktivligi va bug‘lanuvchanligi sababli qiyinchilik tug‘dirgan. Birinchi bo‘lib bu maqsadga Yevropada XVIII asr ikkinchi yarimida erishildi. Hozirgi zamonda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi bo’yicha rux rangli metallar qatorida katta ahamiyatga ega.
Rux–ko‘kimtir kulrang metall. Mendeleyevning davriy jadvalida rux 2-guruhning 4- qatorida 30-tartib raqamda joylashgan. Uning atom massasi 65,37. Ruxga mansub bo‘lgan 2 valentliligi uning elektron qatlam tuzilishi izohlab beradi. Erish harorati 419,5 va qaynash harorati 907°C teng. Ruxning bug‘larini elastikligi o‘ta yuqori– u 500-600°C dan bug‘lanib boshlaydi. Bu xususiyati ruxni boshqa og‘ir rangli metallardan farqlaydi.
Odatiy holatda rux juda qattik va mo‘rt metall.
Uning zichligi 7,13g/ teng. Erish haroratiga yaqin holatda
uning zichligi nisbatan kamayadi va 6,57 g/ teng bo‘ladi. Rux 100–150°C qizdirilganda u egiluvchan bo‘ladi, Lekin uni yanada qizdirsak 200°C dan oshganida u yanada mo‘rt bo‘lib qoladi. Rux kislorodga bo‘lgan yuqori moyillik xususiyatiga ega. Lekin bunga qaramay normal muhitda u yuqori karroziya bardoshligi bilan farqlanadi. Xona haroratida quruq havo ruxga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi, agar havo tarkibida suv bug‘lari yoki karbonat angidrid gazi mavjud bo‘lsa ruxning
yuzasi juda zich * tarkibli qatlam bilan qoplanadi, o‘z navbatida bu qatlam ruxni tashqi kuch ta’siridan asraydi va oksidlanish jarayoni to‘xtatiladi. Ushbu ruxning xususiyati texnikada korroziyabardosh qoplamalar hosil qilish jarayonlarida (tsinklash) keng qo’llanadi. Oksidlanish natijasida hosil bo‘lgan ZnO tiklanilishi juda qiyin kechadi. Bu uchun uni
1000°C yuqori bo’lgan haroratda CO muxitida tiklash mumkin. ZnO erish harorati 2000 °C ga yaqin. Yana bir ruxning birikmasi metallurgiyada katta amaliy ahamiyatga ega. Bu uning 1775 °C da eriydigan sulfidi ZnS. Rux o‘zining katta elektr o’tkazuvchanligi tufayli (Ye°-—0,763V) u mis, nikel,
kobalt, qo‘rg‘oshin, qalay nodir metallarni eritmalardan chetlashtiradi. Ushbu ruxning xususiyati metallurgiyada boshqa metallarni sementatsiya orqali ajratib olishda ishlatiladi. Ko’plab metallar bilan rux amaliy axamiyatga ega bo’lgan
birikmalar hosil qiladi. Shunday qilib rux qo‘shilgan qotishmalar yaxshi quymakorlik xususiyatiga ega bo‘lib murakkab shakldagi detallarni bosimli quymakorlik usulida qayta ishlasa bo‘ladi. Bu usulda olingan detallar yuzasi silliqligi va yaxshi mexanik xususiyatlari bilan farqlanadi. Bundan tashqari bugungi kunda ruxning taniqli bronza, latun kabi qotishmalari dunyoda keng
ishlatilmoqda.
Oq rangli rux oksid kukuni lak-bo’yoq ishlab chiqarishida ishlatiladi, ba’zi rezin turlarining tarkibiga kiradi, hamda parfyumeriya mahsulotlari va dori - darmonlar tarkibiga kiradi.Pastda ruxning o’zining turli sohalarda ishlatilishi foiz qiymatida ko‘rsatilgan.
Sinklash jarayoni……………………………….25-40%
Sink rolling mahsulotlari…………..……………5-10%
Quymakorlik qotishmalari……………………….25-40%
Rux oksidi…………………………………………3-10%
Latun va bronza………………………….………10-30%
Boshqalar……………………………………………3-8%

I.Nazariy qism

Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin