Bеnzin fraksiyasi.
(70-180°S). Turli xil avtomobil yoqilg’isini olish uchun
komponеnt sifatida qo`llanadi. Ikkilamchi qayta ishlash natijasida hosil bo’luvchi
oraliq qismlari asosida aromatik uglеvodorodlar (bеnzol, toluol, ksilol) olinadi.
Kеrosin fraksiyasi.
(120-315°S). Bu fraksiyadan rеaktiv aviatsiya, traktor va
boshqa dvigatеllar uchun yoqilg’i olinadi.
Dizеl fraksiyasi.
(180-350
0
S). Uni gazoyl dеb ataladi. Undan dizеl dvigatеllari
tеplovoz, suv kеmalari uchun yoqilg’i olinadi.
Mazut fraksiyasi.
(350
0
S dan yuqorida). Uni tеrmik krеkinglab, qo’shimcha
miqdorda yoqilg’i va moylar olish mumkin.
Gudron fraksiyasi.
(500°S dan yuqorida). Bu fraksiya juda yopishqoq bo’lib, 30-
40°C da qotadi. Koks bitum va boshqa yopishqoq matеriallar olish uchun ishlatiladi.
2.2. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta ishlash sanoati qurilmalari
Neftni fizik barqarorlashtirish jarayoni gaz komponentlarini siqib chiqarish
uchun mo‘ljallangan. Neft uzatilayotganda atrof muhit harorati va yuqori bosim
26
ta’sirida gazning to‘yingan bug‘lari o‘zi bilan birga benzin fraksiyasidagi kerakli
komponentlarni olib chiqadi. Bunday bug‘lanishlar rezervuarlarda neft va neft
mahsulotlarini quyish va bo‘shatishda kuzatiladi. Shuning uchun yo‘qotishlar 5%
(massa) gacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari neft tarkibida gazlarning bo‘lishi
quvurlarda bug‘ tiqinlarini hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, uzatishni
qiyinlashtiradi. Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va ishlatiladi.
Faqat neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonkali qurilma qo‘llaniladi. Ikki
kolonnali qurilmada esa birida neftni ikkinchisida gazli benzinni barqarorlashtirish
o‘tkaziladi. Ikki kolonnali qurilmalar asosan tarkibi 1,5 % (massa) dan yuqori bo‘lgan
erigan gaz tarkibli neftlar uchun foydalaniladi.
Ikki kolonnali neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi 2.1-
rasmda keltirigan. Kondagi ETYOTS (elektr toki yordamida tuzsizlantirish va
suvsizlantirish) qurilmasi rezervuarlaridan xom-ashyo neft 5 - nasos yordamida 6 -
issiqlik almashtirgich orqali haydalib 7 - bug‘li qizdirgichda qizdirilib, 60
0
S
atrofidagi haroratda birinchi barqarorlashtirish 2 - kolonnaning yuqori tarelkasi
ostidan beriladi. Bu kolonna qalpoqchasimon tipidagi tarelkalar bilan jihozlangan
bo‘lib, ularning soni 16 dan 26 tagacha bo‘ladi.
Kolonnadagi ortiqcha bosim 0,2
- 0,4 MPa bo‘lishi 8 - suvli sovutgich-kondensatorda benzin bug‘larini
kondensatsiyalanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Neft tarelkadan tarelkaga
quyilishida yuqoriga ko‘tarilayotgan qizigan bug‘lar bilan to‘qnashadi va engil
fraksiyalari ajrala boradi. Kolonna pastki qismida harorat 1- pech orqali
sirkulyatsiyalanayotgan barqarorlashgan neft issiqligi hisobidan 105 - 130
0
S da
ushlab turiladi. Barqarorlashgan neft kolonna pastidan 4 - nasos yordamida 6-issiqlik
almashtirgich orqali haydaladi va u o‘z issiqligini kirib kelayotgan xom-ashyo neftga
beradi. So‘ngra barqaror neft 19-havoli sovutgichdan o‘tib rezervuarga va neftni
qayta ishlash zavodlariga jo‘natiladi. 2 - kolonna yuqorisidan chiqayotgan gazlar va
bug‘lar aralashmasi 8-sovutgich-kondensatorda sovutiladi. Gazlar hosil bo‘lgan
kondensat bilan birgalikda 9 - gaz - suv ajratgichga tushadi. 9 - gaz-suv ajratgichning
yuqorisidan kondensatsiyalanmagan quruq (metan, etan) gazlar qurilmadan
chiqariladi. Gaz chiqarish quvuriga 10 - reduktsion klapan o‘rnatish orqali 2 -
27
kolonnada va 9 - gaz-suv ajratgichda bosim barqarorligi ta’minlanadi. 9 - gaz-suv
ajratgich vertikal ustunlarga bo‘lingan bo‘lib, qurilmaning pastki qismidan suv
chiqariladi. Ikkinchi yarmidan uglevodorodlar aralashmasidan iborat kondensat 11 -
nasos yordamida 17 - issiqlik almashgichga uzatiladi. Bu erda aralashma taxminan
70
0
S gacha qizdiriladi va shu haroratda 13 - barqarorlashtiruvchi kolonnaning
bug‘latish qismiga kiritiladi. Kolonna 30-32 ta yo‘laksimon tarelkaga ega bo‘lib,
undagi bosim 1,3-1,5 MPa da tutib turiladi.13 - kolonnani yuqori qismidan
chiqayotgan gazlar yengil gazlar (metan CH
4
va etan C
2
H
6
) og‘ir gazlarga (propan
C
3
H
8
va butan C
4
H
10
) 14 - suvli sovutgichda sovutilgandan keyin 15 - gaz separatorda
ajratiladi.
Kondensatsiyalanmagan yengil gazlar 15 - gaz-separator yuqorisidan chiqishda
16 -reduktsion klapandan o‘tadi va 9 - gaz-suv ajratgichdan kelayotgan gazlar oqimi
bilan birlashadi. 13 - kolonnadagi bosim 16 - reduktsion klapan yordamida 1,2-1,5
MPa bosimda ushlab turiladi. 15 - gaz-ajratgichning pastidan ajraladigan
suyultirilgan gaz 20 - nasos orqali olinib bir qismi 13 – kolonna yuqori tarelkasidan
sovuq sug‘orish hosil qilish uchun beriladi. Qolgan qismi qurilmadan chiqariladi.
Kolonna yuqorisidagi harorat 40 - 50
0
S da ushlanadi. Erigan gazlarni to‘la ajratishiga
erishish uchun kolonna pastidagi harorat 120 - 130
0
S bo‘lishi kerak. Bunday
haroratni ta’minlash maqsadida barqaror benzin 13 – kolonna pastidan olinib, 12-
qaynatgichda bug‘ yordamida qizdirilib kolonnaga qaytib beriladi.
Qaynatgichda
benzin 160 – 180
0
S gacha suv bug‘i bilan qizdiriladi (0,3 - 0,5 MPa bosimda).
Qaynatgichda hosil bo‘lgan bug‘lar 13 -kolonnaga, suyuq barqaror qismi esa 12 -
qaynatgichning ichki to‘siqlari orqali sizib o‘tib, tizimning bosimi ostida 17 - issiqlik
almashgichdan o‘tib, 18-sovutgichda sovutiladi. So‘ngra barqaror benzin
saqlanadigan rezervuarga jo‘natiladi. Yengil neftni barqarorlashtirish natijasida uning
tarkibidan metan, etan va propan 95% gacha ajratiladi. Neftni 40
0
S dagi to‘yingan
bug‘lar bosimi 0,55 dan 0,03 MPa gacha pasayadi, bu esa neftni tashish va saqlashda
uning doimiy fraktsion tarkibda qolishini kafolatlaydi.
28
2.
1
-
ra
sm.
Ne
ftni
ba
rqa
ro
rlas
hti
ris
h
qur
il
mas
ini
ng
texnologi
k
sxe
mas
i.
1
-quvur
li
pe
ch;
2
,
13
-kolonnala
r
;
3,
4,
5,
11
,
20
-na
sos
lar
;
6,
17
-is
si
q
li
k
alm
as
hti
rgichla
r;
7
-qizd
ir
gich
;
8,
14
-s
ovutgi
ch
k
onde
ns
ator
lar
;
9
-ga
z
-s
uv
ajr
atg
ich;
10,
16
-r
eduk
ts
ion
klap
anlar
;12
-qa
yna
tgi
ch
;
15
-ga
z
se
pa
ra
tor
i;
18
-s
ovutgi
ch;
19
-ha
voli
s
ovutgi
c
h.
|