4
SO’Z BOSHI
«Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g`risida» gi
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 20.04.2017 yildagi PQ-2909
qarorida Oliy
ta’lim tizimi professor-o’qituvchilari oldiga yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish
va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim
muassasalarini zamonaviy o’quv, o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan
ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish,
axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borishdek mas’uliyatli
vazifalar qo’yilgan.
Shuningdek,
qarorda
oliy
ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o’qituvchi va
yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg`or ta’lim
resurslari, ilmiy adabiyotlar va
ma’lumotlar bazasi bo’yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish
dolzarb masala sifatida belgilangan.
O’zbek tilida yozilgan o’quv adabiyotlarining taqchilligi,
neft-gaz sohasi
bo’yicha mutaxassislik fanlaridan ko’pgina nashrlarning chiqarilganiga 20-25 yil
bo’lganligi va ma’nan eskirganligi sababli, shuningdek davlatimizning oliy ta’lim
tizimi professor-o’qituvchilari oldiga qo’ygan vazifalarini hal etish maqsadida
mualliflar mazkur o’quv qo’llanmani yozishga ahd qildilar.
Neftni qayta ishlash va undan ko’p turdagi mahsulotlar olish sanoat
miqyosidagi eng asosiy va murakkab jarayonlaridan biri hisoblanadi.
Neftni qayta
ishlash mahsulotlari - benzin, dizel’ yoqilg`i, kerosin, mazut, moylash materiallari,
koks, parafinlar, bitum - iqtisodiyotning turli sohalarida,
shu jumladan transport
(benzin, dizel’ yoqilg`i, kerosin, moylar) va energetika (yo’ldosh neft gazi, neft
zavodlari gazi, mazut) kabi strategik sohalarda asosiy energiya tashuvchilar bo’lib
hisoblanadi.
Shuning uchun talabalar bo’lajak mutaxassislar sifatida korxonalardagi
gidrogenizatsion jarayonlar, katalitik riforming va gidrotozalash qurilmalari, yoqilg`i va
surkov moylarini olish va ularning sifatini yanada yaxshilash borasida aniq tasavvurga
ega bo’lishlari lozim.
5
«Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi»
fanidan tayyorlangan
mazkur o’quv-qo’llanma talabalarda neft va gazkondensatni
qayta ishlash
texnologiyalarini shuningdek, neft va gazkondensatni qayta ishlash natijasida
olinadigan mahsulotlarni tozalash usullarini o’rganish, ularning tarkibi to’g`risida
to’liq tushuncha, malaka va ko’nikmalar hosil qilish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarining “Neftni qayta ishlash
texnologiyasi”, “Neft – gazkimyo sanoati texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlarida tahsil
oluvchi talabalarga mo’ljallangan. O’quv qo’llanma neft va gazkondensatni qayta
ishlash texnologiyalarini o’rganishga bag`ishlangan bo’lib, zamonaviy texnologiyalar
asosida mahsulot olishga mo’ljallangan nefni qayta ishlash qurilmalari hamda ulardan
olinadigan avtomobil benzini, dizel va reaktiv dvigatellar yoqilg`isi, koks, bitum va
boshqa mahsulotlar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu mahsulotlarni olish yo’llari,
tavsifi, olinish sxemasi va ularning sifatini oshirish bo’yicha
amalga oshiriladigan
jarayonlar tahlili bayon qilingan. Jumladan, neftni birlamchi haydash va neft
mahsulotlari sifatini oshiruvchi katalitik riforming,
gidrotozalash, gidrokreking,
kokslash va boshqa jarayonlar keltirilgan. O’quv qo’llanma asosan o’n besh bobdan
tarkib topgan. Har bir bobda neft va gazkondensatni qayta ishlash usullari nazariyasi
bayon qilingan.
Mualliflar qo’lyozmani batafsil o’qib chiqib, uning mukammal bo’lishida
o’zlarining qimmatli maslahatlarini bergan O’z FA
Umumiy va noorganik kimyo
instituti professori, kimyo fanlari doktori G.R.Narmetova va Buxoro NQIZ bosh
muhandisi N.Sh.Muxtorovlarga o’zining chuqur minnatdorchiligini izhor qiladi.
Dostları ilə paylaş: