88
kamayadi, so‘nggi uglevodorodlarning to‘yintirish
reaktsiyalari va aromatik
uglevodorodlarning gidrogenizatsiyasi tezlashadi.
Xom-ashyoni etkazish hajmiy tezligi.
Bu qiymat o‘zidan, bir soatda
etkaziladigan suyuq xom-ashyoning uzatish zichligi bo‘yicha
hisoblangan
katalizator hajmiga nisbatini bildiradi. Xom-ashyo hajmiy tezligining oshishi
natijasida katalizator bilan
muloqot davomiyligi kamayadi, oltingugurtdan
tozalash chuqurligi pasayadi, vodorod sarfi pasayadi va katalizatorni kokslanish
darajasi oshadi.
Tarkibida vodorod saqlagan gaz aylanma harakatining karraligi.
Gidrotozalash jarayoni vodorodning keragidan
ortiq miqdorida amalga
oshiriladi. Tarkibida vodorod saqlagan gaz aylanma harakatining optimal
karraligi mavjud, u quyidagini tashkil etadi: 1 m
3
suyuq xom-ashyoga 45-60 m
3
aylanma harakatdagi VSG(vodorod saqlagan gaz).
Optimal qiymatdan past
karralikda molekulyar vodorodning etarli bo‘lmagan miqdori hisobiga
oltingugurtdan tozalash darajasi pasayadi. Aylanma
harakat karraligining
optimal qiymatdan oshganida, uning katalizator bilan muloqoti davomiyligining
kamayishi hisobiga, desulfidlash darajasi pasayadi.
Aylanma harakatdagi gazning tozaligi.
Aylanma harakatdagi gazda
vodorod kontsentratsiyasining pasayganida,
vodorodning portsial bosimi
pasayadi, binobarin xom-ashyoni oltingugurtdan tozalash darajasi pasayadi va
katalizatorning kokslanish tezligi oshadi. Aylanma
harakatdagi gazda vodorod
sulfid miqdorining oshishi bilan gidrotozalash samaradorligi pasayadi.
Dostları ilə paylaş: