Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Kerosinni dimerkaptanlashda kaustik sodaning kontsentratsiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Kerosinni dimerkaptanlashda kaustik sodaning kontsentratsiyasi 
Qurilmada toza kaustik soda 30 hajmiy foizni tashkil etadi. Bu kaustik 
soda texnologik suv bilan 6,6% li hajmiy foizgacha aralashtiriladi va 6,6% li 
nisbatni tutib turish uchun toza kaustik soda doimiy ravishda nasoslar yordamida 
etkazilib turiladi. Kaustik sodaning nisbatan yuqori miqdori tozalashni 
tezlashtiradi, ammo shu bilan bir vaqtda turg`un emulsiyalarning hosil 
bo‘lishiga zamin yaratadi. Hosil bo‘layotgan natriy naftenati neytrallash 
hovuziga yuboriladi. 
Aylanma harakatdagi kaustik sodada katalizatorning 
kontsentratsiyasi. 
Dimerkaptanlash jarayonida oksidlanish reaktsiyalarini tezlashtirish uchun 
aylanma harakatdagi kaustika oqimida faol katalizator eritmasining miqdori
200 ppm darajada ushlab turiladi. Faol katalizatorning taxminan 0,16 kg/0,68 
litr har 24 soatda 4-aralashtirgich orqali qo‘shib turilishi kerak. Odatda kaustik 
soda eritmasi 1-yig`gichning quyi qismidan 1-kontaktorning yuqori qismiga 
aylanma harakatlanadi, bu erda u tarkibida havo bo‘lgan kerosin bilan 
aralashadi. 
Bosim va haroratning ta’siri 
Kerosindan naften kislotalarni chiqarib olishda bosimning ahamiyati 
kamroq, shunga qaramasdan merkaptanlarning oksidlanishi kerosinda havoning 
erishini faollashtirish uchun etarli bosimni talab etiladi. Kontaktorlardagi 
bosimlarning farqi uglevodorodlarning sarfiga va kaustik retsirkulyatsiyasining 
tezligiga bog`liq. Bu erda ikkala kontaktorlardagi bosimlarning farqi 0,7 bardan 
kam bo‘lishi kerak. Yuqori haroratlarda kaustik soda va kerosin orasida 
emultsion qatlamning hosil bo‘lishi kuchayadi. To‘xtash paytida bu tizimdagi 
harorat, kaustik sodada qattiq jismlarning hosil bo‘lishini oldini olish uchun 30 
0
C dan pastga tushmasligi kerak. 


83 
 
7.
2
-r
as
m

Ke
ros
inni
mer
ka
p
tanla
rda

toza
la
sh 
jar
ayoni.
1

ter
mok
ontakto
r; 
2

suvli
yuvis

ji
h
oz
i;
3,
4

ads
or
be
rlar

5

fit
r; 
6

ha
vo 
ar
alas
hti
rgic
h; 
7,
9,
10,
11

na
sos
lar

8
-f
il
tr

12

ar
alas
hti
rgich.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin