11
xom-ashyosining 211 ta konlari ochildi, ulardan 108 tasi - gaz va gazokondensat
konlari, 103 tasi neft'-gaz, neft-gazkondensat va neft konlari. 50% dan ortiq konlar
ishlab
chiqish bosqichida, 35% i foydalanishga tayyorlangan, qolganlarida esa
qidirish ishlari davom etmoqda.
Respublikaning uchta NQIZ - Buxoro, Farg’ona
va Oltiariq NQIZ umumiy
quvvati yiliga 11 mln. tonnani tashkil qiladi. Bu zavodlar o`rtacha 60% ga yuklangan
bo`ladi.
Farg’ona NQIZ (1959 yilda ishga tushirilgan) hozirgi kunda 60 ga yaqin
turdagi turli xil neft' mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Zavodning qayta ishlash
bo`yicha loyiha quvvati yiliga 5,5 mln. t. tashkil qiladi. Zavod O`rta Osiyoda
moylash materiallarini ishlab chiqarish bo`yicha etakchi korxonalardan biri bo`lib
hisoblanadi. Oltingugurtli birkmalarning yuqori miqdorini
saqlagan mahalliy xom-
ashyoni qayta ishlash xususiyatlarini hisobga olib, O`zbekiston "Mitsui" va "Toyo
Injiniring" yapon kompaniyalari bilan hamkorlikda zavod rekonstruktsiyasini amalga
oshirdi.
1906 yilda Oltiariqda Vannovskiy neftni haydash zavodi ishga tushirilgan
bo`lib, uning bazasida ancha vaqtdan keyin hozirgi kunda Farg’ona NQIZ bo`linmasi
bo`lgan Oltiariq NQIZ quvvatlari ko`tarildi. Bir nechta texnologik qurilmalar
qurilishi va rekonstruktsiyasidan so`ng ularning loyiha quvvati oshirildi.
Ishlab
chiqariladigan mahsulotlar: avtobenzin komponenti (nafta), erituvchilar, kerosinlar,
dizel' yoqilg’i, maishiy suyultirilgan, konsistent moylash vositasi.
Buxoro NQIZ "O`zneftmahsuloti" AJ tarkibiga kiradi. Zavod 1997 yilda
"TECHNIP" (Frantsiya) boshchiligidagi konsortsium tomonidan yaratildi. Zavod 10
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: avtomobil' benzini,
reaktiv dvigatellar uchun
yoqilg’i, suyultirilgan uglevodorod gazi, mazut, erituvchilar, aviakerosin,
texnik
oltingugurt.
Rossiyaning "LUKOYL" OAJ neft kompaniyasi va "Hyundai Engineering"
(Janubiy Koreya) boshchiligidagi pudratchilar konsorsiumi O`zbekistonda “Qandim
gazni qayta ishlash kompleksi”ni qurish va jihozlarni yetkazib berish bo`yicha
shartnomani imzolashdi. Yiliga 8,1 mlrd kub metr gaz quvvatiga ega kompleks
Buxoro viloyatida joylashgan Qandim konlar guruhidagi oltingugurt saqlagan tabiiy
12
gazni tozalangan tabiiy gaz,
barqaror gaz kondensati, shuningdek granulalangan
oltingugurt olish uchun qayta ishlash imkonini beradi. Loyihada ishlab chiqarish
xavfsizligini ta`minlash, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta`minlash
bo`yicha zaruriy yechimlar ko`zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: