Nivelerlash natijalari bo’yicha profil chizish



Yüklə 343,64 Kb.
tarix16.12.2022
ölçüsü343,64 Kb.
#121185

Nivelerlash natijalari bo’yicha profil chizish
Nivelirlash- geodezik o`lchash ishlarning bir turi bo‘lib, o`lchahs natijasida yerning tabiiy ya`ni fizik yuzasida joylashgan nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi (nisbiy balandligi h) o‘lchanadi hamda bu nuqtalarning boshlang‘ich deb qabul qilingansathiy yuzadanbalandligi aniqlanadi.Nivelirlash ishlari nivelir asbobi va reyka yordamida bajariladi.
N-3 nivelirining tuzilishi:

1. Okulyar

2. Qarash trubasi 3. Vizir


4. Obyektiv 5. Kremalera
6. Yo`naltiruvshi vint 7. Dumaloq adilak
8. Elevatsion vint

9. Ko`taruvchi vint 9.1-rasm.N-3 nivelirining qismlari 10.Korpus


Nivelirlash - umumiy atama bo‘lib, nuqtalar balanligi yoki ular balandliklari farqini aniqlashni turli jarayonlarida qo‘llanadi. Nivelirlash plan, profillarni tuzish, injenerlik loyihalash va qurishida zarur ma'lumotlarni olish uchun bajariladi.
Nivelirlash natijalari: (1) avtomobil va temir yo‘llar, kanallar, suv ta'minoti tizimi va boshqa joylarni loyihalashda, joyda biron- bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topografik ma'lumotolishda;
2) - bino va inshootlar qurilish loyihalarni balandlik bo‘yicha joyga ko‘chirishda;
3) - qurilishda yer ishlari hajmini aniqlashda; 4) - hudud yer osti suvlari sathini aniqlashda;
Birinchi nuqta (A)ning absolut balandligi (HA) hamda bu nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqta (B)ning balandligi (hAB) ma`lum bo’lgach, ikkinchi nuqta (B)ning absolut balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi:
HB=HA+hAB (9.2) Ikkinchi nuqta absolut balandligining bunday hsoblab chiqarilishiga absolut balandlikni nisbiy balandlik bo’yicha aniqlash deyiladi.
Ikkinchi nuqtaning absolut balandligini asbob gorizonti yordamida ham aniqlash mumkin. Asbob gorizonti deganda, nivelir vizir o’qi yo’nalishining absolut balandligi tushuniladi. 9.3-rasmda asbob gorizonti quyidagiga teng:
Hi=HA+I (9.3) Ikkinchi (B) nuqtaning asbob gorizonti
HB=Hi-b (9.4) bo’ladi.
Misol. i=1638mm;b=0815 mm; HA=255.347 m, deylik. Shunda (B) nuqtaning (A)


nuqtaga nisbatan balandligi

hAB =1638-0815=+0823 mm nisbiy balandlik uslubida hisoblaganda
(B) nuqtaning absolut balandligi HB=255.347+0.823=256.170m;
asbob gorizonti uslubida hisoblaganda esa Hi=255.347+1.638=256.985 m, HB=256.985-0.815=256.170 m.
Ortadan nivelirlash. O’rtadan

nivelirlashda nivelirlanayotgan nuqtalarga







tik qilib reykalar, reykalar oralig’iga esa nivelir o’rnatiladi. (9.3-rasm).Nivelir ish holatiga keltiriladi, qarash trubasi dastlab ketingi (nuqtadagi) reykaga vizirlanib, reykadan (a) sanoq olinadi, so’ngra oldingi (B nuqtadagi) reykaga vizirlanib, (b)sanoq olinadi. Keyin (B) nuqtaning (A) nuqtaga nisbatan balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi:
hAB=a-b (9.5) Shunday qilib, o’rtadan nivelirlashda nisbiy balandlik ketingi reykadan
olingan sanoq bilan oldingi reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo’ladi.


Yüklə 343,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin