Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə13/13
tarix12.03.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#114825
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
00110078-dd007417

Kimyoviy xossalari. Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:

Laboratoriyada kislotalar bilan ishlaganda qanday texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak? (14-15-slaydlar)

  1. Kislotalar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorarning kislotalar ta’sirida rang o‘zgartirishlari keltirilgan.

(Laboratoriya ishi asosida ko’rsatib boriladi) (16-17-slaydlar)

Indikator nomi

Neytral eritmadagi rangi

Kislota eritmasidagi rangi

Lakmus

Binafsha

Qizil

Metil zarg‘ aldog‘ i

Rangsiz

Qizil

Fenolftalein

To‘q sariq

Rangsiz



  1. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi): (18-slayd)

H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O;

HCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O;



  1. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi):

2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O.

  1. Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi : (19-slayd)

Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2

Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi :

Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O.

Vodorodni siqib chiqaradi

H2

Vodorodni siqib chiqara olmaydi

Li

Cs

K

Ca

Na

Mg

Al

Mn

Zn

Cr

Fe

Ni

Sn

Pb




Cu

Ag

Hg

Au

5. Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz (sharoitga qarab o‘rta yoki nordon) hosil qiladi:

A)O‘rta tuz va yangi kislota; BaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4↓ + 2HC1.

B) Nordon tuz va yangi kislota NaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑.

C)Faqat nordon tuz CaCO3 + H2CO3 = Ca(HCO3)2



6. Kislotalar qizdirilganda kislotali oksid va suvga parchalanadi:

H2SiO3→SiO2 + H2O.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 min)

Modulli usul” (Barcha o’quvchilar) (21-24-slaydlar)



Quyidagi reaksiyani davom ettiring

SO3 + H2O = ...

H2SO4 + 2NaOH = ...

H2 + Br2 = ...

CaCl2 + H2SO4 (suyul.) = ...

KCl + H2SO4 = …

H2CO3 → …

BaO + HCl = …

Mg + HCl = …



Indikator nomi

Neytral eritmadagi rangi

Kislota eritmasidagi rangi

Lakmus

Binafsha

?

Fenolftalein

Rangsiz

?

Metil zarg‘ aldog‘ i

To‘q sariq

?


Laboratoriya ishi : (O’quvchilar ishtirokida) (25-26-slaydlar)

« Kislota olish », « Kislotalarga indikatorlar ta’siri », « Neytrallanish reaksiyasi »

V. O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish ( 7 min)

- Mavzuni o’qib konspekt qilish ;

- Savol va topshiriqlarga javob yozish.

Xulosa va tavsiyalar
Xulosa qilib aytganda, ta’lim sohasida AKT’dan foydalanish dars samaradorligini oshirishni ta’minlashda ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirish; o’quvchini har tomonlama rivojlantirish; axborot jamiyati sharoitlarida maktab bitiruvchilarini hayotga tayyorlash; global axborotlashtirish jarayonlari sababli kelib chiquvchi ijtimoiy buyurtmani bajarish kabi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Kimyo darslarni o’tkazishda AKTdan to’g’ri foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:

* vaqtni tejaydi;

* materialning ko’rgazmaliligini ta’minlaydi;

* o’qitishning hissiy, estetik, ilmiy ishonchini oshiradi;

* turli analizatorlarga ta’sir qilish orqali bilimlarni o’zlashtirish jarayonini optimallashtiradi;

* ta’limni shaxsiylashtiradi;

* darsning eng muhim muammosiga e’tibor beradi;

* istalgan vaqtda tanish bo’lgan materialga yana qaytib boradi;

* o’quvchilarning o’quv materiallaridan mustaqil foydalanishga imkon beradi.

Kimyo darslarida AKTdan foydalanishda o’qituvchilar uchun quyidagi tavsiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin:

1. Didaktik materiallarni to’plash, mavzu bo’yicha axborot bankini yaratish.

2. Ta’limning yangi texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni o’zlashtirish va ulardan foydalanish.

3. AKTdan foydalangan holda o’z darslarini yaratish.

4. Professional va ijodiy tanlovlarda ishtirok etish.

5. Masofaviy ta’lim orqali o’z bilimlarini oshirib borish.

Hozirgi zamon darsi deb o’quvchilarning darsda 100 foizlik faol ishtirokini ta’minlovchi, ilg’or pevagogik texnologiyalardan foydalanilgan, texnik vosita lar bilan jihozlangan hamda yuqori samaradorlikka erishilgan darsni tushunamiz.

Hozirgi zamon o’qituvchisi esa tadbirkor tarbiyachi va pedagog, o’z fanining ustasi hamda dars berayotgan fanni, ilmiy haqiqatni yosh avlodga san’atkorona o’rgatadigan, o’z mehnati bilan jamiyatning ma’naviy talablarini bolalarga anglatadigan, o’z ustida muntazam ish olib bordigan, pedagogik texnologiyalardan xabardor shaxs bo’lishi lozim. Zamonaviy pedagodik texnologiyalarni amalda qo’llash orqali o’qituvchining haqiqiy o’qituvchilik faoliyatiga o’tishi, ya’ni u bolani o’qitishi emas,o’quvchilarning bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish bo’yicha qiyin mehnatiga rahbarlik qilish, ularga qulay, oson, maqsadga tez yetkazadigan va samarali yo’l - yo’riqlar usullarni to’g’ri tanlab ko’rsatish va amalda samarali qo’llash orqali o’z pedagogik mahoratini hamda o’quvchilarning bilimlari sifati va tarbiyalanganlik darajasini oshirib borishga erishishdan iborat.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Sh. M.Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola T Ma’naviyat nashriyoti 2017 190-198-bet

  2. Asqarov I.R., To`xtaboyev N.X., G`ofurov K.G. 7-sinf uchun darslik. Toshkent . 2013

  3. Asqarov I.R., To`xtaboyev N.X., G`ofurov K.G. 8-sinf uchun darslik. Toshkent. 2014

  4. Asqarov I.R., To`xtaboyev N.X., G`ofurov K.G. 9-sinf uchun darslik. Toshkent. 2014

Elektron ta’lim resurslari


  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi : www.edu.uz.

  2. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi : www.uzedu.uz.

  3. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi : www.eduportal.uz, www.multimedia.uz.

  4. Toshkent davlat pedagogika universiteti hxodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi : www.giu.uz

  5. http://lex.uz/docs/3893445

  6. https://ru.depositphotos.com/76351847/stock-video-electrolysis-science-animation.html

  7. http://qrcoder.ru/

  8. http://www.dslib.net/teoria-vospitania/ispolzovanie-didakticheskih-vozmozhnostej-sredstv-ikt-dlja-razvitija-vzaimodejstvija.html

  9. https://infourok.ru

Ilovalar



1-ilova. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi PF – 5538 farmoni.



2-ilova. “Elektroliz jarayoni.” animatsiyasi.

(9-sinf)




3-ilova. “Ftor, brom yod. ” mavzusiga taqdimot.

(8-sinf)




4-ilova. “Kimyoviy formula. Valentlik” mavzusida video dars. (7-sinf)



5-ilova. “Ifloslangan osh tuzini tozalash” mavzusidagi 3-amaliy mashg’ulot. (7-sinf)
















Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin