Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə71/224
tarix10.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126670
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224
ona tili zor maruzalar kerak ishlatiwga kurs oʻtishga

10-MA’RUZA
LEKSIKOLOGIYA. O`ZBEK TILI LUG`AT TARKIBINING MA’NO JIHATIDAN TAVSIFI
REJA:
1. Leksikologiya, uning obyekti, vazifalari.
2. So`z va leksema munosabati.
3. Leksemaning ifoda va mazmun tomoni.
4. Lug`aviy ma’no va uning tarkibiy qismlari.
5. Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik.
6. Lug`aviy ma’noning turlari.
7. Lug`aviy ma’no taraqqiyoti yo`llari.

Oldingi bo`limlarda ta’kidlanganidek, tilda mavjud bo`lgan so`zlar yig`indisi lug`at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug`at tarkibni o`rganadigan bo`lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug`atga oid, logos – ta’limot) deb ataladi.


Lug`at tarkibiga mansub bo`lmish birlik so`z tilshunoslik fanining asosiy birligi bo`lib, u tilning boshqa bo`limlarida, jumladan, morfologiya, so`z yasalish va uslubiyat bo`limlarida ham o`rganiladi.
Morfologiyada so`zning qaysi leksik-grammatik guruhga mansubligi o`rganilsa, so`z yasalishi bo`limida u yasalgan yoki yasalmagan birlik sifatida tekshiriladi. Uslubiyat bo`limida esa so`z qo`llanish ma’qulligi yoki ma’qul emasligi jihatidan tekshiriladi.
Leksikologiya bo`limida so`zning ifodalagan ma’nosi, lug`at tizimida tutgan o`rni, kelib chiqishi, qo`llanish darajasi o`rganiladi. Bu bo`limda so`z lug`aviy birlik sifatida o`rganiladi. So`z muayyan tilning lug`at tarkibiga mansub bo`lganligi uchun leksikologiya mazkur tilning lug`at tarkibini tizim sifatida tekshiradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni inson so`zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:
Morfologik nuqtai nazardan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga tegishli; 2) turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.
So`z yasalish nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so`z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo`la oladi: insoniy, insonparvar;
Uslubiyat nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy uslubda qo`llanadi; 2) hissiy-ta’siriy bo`yoqqa ega.
Leksikologiya nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) lug`aviy manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so`z odam, kishi, bashar so`zlariga ma’nodosh hisoblanadi; 3) o`zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol so`z hisoblanadi;
Demak, tilnshunosliking har bir bo`limida so`zning turli qirralari tadqiq qilinar ekan.
Ilmiy adabiyotlarda leksikologiya bir qancha turlarga bo`linadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin