Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə4/20
tarix05.02.2023
ölçüsü204,5 Kb.
#123028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Hamid Olimjon adabiyotshunoslikdagi tanqidi

Oyoqlar ostida yastanar soylar,
Qoshlar charx urib aylanar oylar,
Qullarga amr etib, qamchi o‘ynatib,
Ekinni bilmagan yilqini boylar.


"Ot chopsa gumbirlar tog’ning darasi,
Urushda bilinar mardning sarasi",
Oltoychilik yo’lda solgan jur elning,
Ko’rinarmi yulduzining karrasi,
("Kuychining xayoli”) 19-bet.


Ushbu satrlar xalq dostonlariga hamohangday jaranglaydi. Bevosita dostonlarda ko‘p qo‘llaniladigan "Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi, Urushda bilinar mardning sarasi" degan an’anaviy ibora esa she’rning xalqchilligini ta’minlashga, uning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. She’rda "so‘zsiz hikoyalar, eng buyuk sirlar"ni "daryodan toshib" so‘zlash iste’dodiga ega bo‘lgan kuychining obrazi mehr bilan chizilgan. Kuychining o‘y – xayolini band etgan turli vaziyatlar atroflicha tasvirlangan. Dostonchi kuylagan mavzular qayd etib o‘tiladi. Shoir ularni ta’riflashda "Yig‘lasam holimga yig’lar bir kecha...", "G‘am bilan sarg‘aydi guldayin diydor" kabi dostonlardan olingan quyma satrlardan foydalanadi. "Alpomish" dostonining qahramoni nomini keltiradi:
Qirg‘oqlarga urar daryo o‘zini,
Osmon qurshamishdir tuproq, yuzini..
Bahoriy dashtlarga, gul vodiylarga,
Oybarchin tikmishdir qora ko‘zini...
Bundan ko‘rinib turibdiki, shoir "Oybarchin" o‘rniga "Adolat", "Yoqutxon", "Chamanoy", "Xolida" yoki biror boshqa qizlar ismini keltirishi ham mumkin edi, lekin shoir aynan Oybarchin ismiga murojaat qilgan. Chunki bu ism hamma uchun tanish va qadrdon. Oybarchinni hamma taniydi. Bundan tashqari, shoir she’rda bu ismni keltirish bilan birga "baxoriy dashtlar va gul vodiylar" Oybarchin tug‘ilib o‘sgan ertakchilar va dostonchilar yurti ekanligini ham ta’kidlamoqchi bo‘lgan. Shoirning "Har yurakning bir bahori bor" she’rida ham xalk dostonlaridagi Layli va Shirin timsollari tilga olinadi:
Lekin Layli boshiga kelgan,
Qora kunlar bizga yot butun;
Bizga yotdir Shirin baxtini
Poymal etgan u qop – qora tun.


Hamid Olimjon she’rlarida roviydan foydalanadi. Masalan,
shoirning "Ofeliyaning o‘limi" she’rida voqealar roviy tilidan hikoya qilinadi:
Hamlet sevar edi, uning qalbini,
Go’yoki ikki cho‘g‘, ikkita otash.
Bo‘lib yondirardi ko‘zing tun-kuni,
U ham qilmas edi bu otashga g‘ash.
Hamlet yuragiga berardi bardi hayot,
Sening u otashin, gulbarg lablaring,
Jasur xayoliga bog‘lardi qanot,
Sening u otashin bog‘idan bir kezib o‘tganing sening.


Shu tariqa shoir voqealarni roviy tilidan bayon etgan holda, buyuk Shekspirning shoh asari bo‘lgan "Hamlet"dagi sevgi fojeasini mahorat bilan ko‘rsatib bera oldi.
Odatda xalqimizning udumlariga ko‘ra, yigit bilan qiz sevishganda yigit qizga qasamyod qilib va’da beradi. Uni ardoqlashiga, chin qalbdan sevishiga ishontiradi. Hamid Olimjon xalqimizning shu udumidan foydalanib, o‘zining "Xayoling-la o‘tadi tunlar" she’rida ajoyib manzara yaratadi.
Lirik qahramon an’anaviy tushga ishonib, sevgiga shubha bilan qaragan maxbubasiga muhabbati chinligi haqida qasamyod qiladi. Shoirning ertak va dostonlardagi tush motividan foydalanishi ham diqqatga sazovordir. Shoir yigit tilidan quyidagi kabi qasamyod so‘zlarini bitadi:
Shu rost esa o‘tga tushsin jon,
Yomg‘irdayin boshga tushsin g‘am.
Yashaganim - dunyoda yolg‘on,
Qasam ichdim: emasman odam.
Nomard ketay, yurakda tug‘yon
Shu to‘lqindan zarra kam esa,

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin