3
1.
Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar.
4
2.
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining o‘xshash
hamda farqli
jihatlari
7
3.
Bitiruv malakaviy ishining taxminiy tuzilishi va bo‘limlarning
mazmuni.
7
4.
Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.
8
5.
Bitiruv malakaviy ishini baholash mezonlari
13
6.
«Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» kafedrasining «Ona tili
o‘qitish metodikasi», «Matematika o‘qitish metodikasi»
fanlaridan bitiruv malakaviy ishlari mavzulari banki
15
7.
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasining boshlang‘ich
ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi bo‘yicha
bitiruv malakaviy ishlar banki
34
8.
Bitiruv malakaviy ishini yozish
uchun foydalaniladigan
adabiyotlar ro‘yxati
47
1. Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar
4
Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari kafedra tomonidan belgilanadi.
Talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash imkoniyati 3-kursda beriladi.
Bunda talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni bitiruv malakaviy ishi mavzusi
sifatida olishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishini
tayyorlash jarayonida
talabaga ilmiy rahbar va maslahatchilar tayinlanadi.
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida
alohida soatlar, ya’ni vaqt ajratilishi lozim. Bitiruv malakaviy ishini
tayyorlashda talabalarga quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) bir kurs doirasida referat, kurs ishi va bitiruv
malakaviy ishlarining
ketma-ketligi;
b) bir-biriga yaqin fanlar: pedagogika, psixologiya,
xususiy fanlar
metodikasi kabi fanlardan talabalar tomonidan bajarilgan kurs ishlari va turli
vazifalarni muvofiqlashtirish;
v) pedagogik amaliyotning barcha ko‘rinishlaridan foydalanish va b. q.
Talabaning bitiruv malakaviy ishi ustidagi izlanishlari nazariyani
chuqurroq o‘rganish, ilgari olingan bilimlarni
sistemalashtirish va ularni
amaliyotda samarali qo‘llash, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish, eruditsiyaning o‘sishi uchun xizmat qiladi.
Odatda bitiruv malakaviy ishining mavzusi talabaga uning so‘nggi
pedagogik amaliyotga ketishidan avval beriladi va tasdiqlanadi. Shu paytning
o‘zida unga bitiruv malakaviy ishiga oid bo‘lgan,
ilmiy rahbar tomonidan
tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar beriladi. Bunda
ishni yakunlash muddatlari ham ko‘rsatiladi. Topshiriqda talabaning ismi,
familiyasi, otasining ismi, o‘qiyotgan fakulteti va mavzusi yoziladi. Agar
bitiruv malakaviy ishi kurs ishining davomi bo‘lsa, nimalar qilingani, dastlabki
ma’lumotlar qanday ekanini ko‘rsatish lozim.
Tasdiqlayman
Fakultet dekani ........... ............
..................... ........... 2015- yil
..................................................................
fakulteti
............................................................. ta’lim yo‘nalishi
............................. guruhi talabasi ..............................................
.................. tomonidan bajariladigan
BITIRUV MALAKAVIY ISH BO‘YICHA TOPSHIRIQ
Dostları ilə paylaş: