3. “Kuchli davlatdan-kuchli - fuqorolik jamiyati” sari ilgarilashda milliy birlikni ta’minlashda partiyalar faoliyati.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, ittifoqdan mustaqil bo‘lgan, davlat tuzilmalarini shakllanishi, sobiq kommunistik partiyaning butunlay tugatilishi natijasida fuqorolik jamiyati institutlari shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. YUrtimizda xalq manfaatlari va siyosiy irodasini erkin bildirish, erkin ifoda etishi uchun huquqiy asoslar, hamda erkin siyosiy muxit yaratilishi bilan uzviy tarzda siyosiy partiyalar ham tuzila boshlandi.
Sobiq ittifoqdan mutaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik shakllanishi uchun albatta, biroz vaqt talab etilar, chunki sovet davlati qonunchiligi barcha jabxalarda birpartiyaviy tizimini mustaxkamlab, huquqiy mexanizmlani yaratib qo‘ygandi. Barcha millatlar uchun “huquqiy himoyachi” bo‘lgan Sovet Sotsiolistik Respublikalar Ittifoqi Konstitutsiyaning 6-moddasida bu norma quyudagicha ifodalangan edi: “Sovet jamiyatining raxbar va etakchi kuchi sovet jamiyati siyosiy sistemasining, barcha davlat va jamiyat tashkilotlarining o‘zagi Sovet Itifoqi Kommunistik partiyasidir. KPSS xalq uchun yashaydi va xalqqa hizmat qiladi.”1
Mamlakatda Sovet jamiyatining “raxbar va etakchi kuchi” sanalgan ana shu partiyaning faoliyati barcha ittifoqdosh mamlakatlariga demakratik va chinakam xalq manfaatlarini ifodalochi partiyalar tuzilmasligining bosh sababchisi xisoblangan.
Mustaqilligimizdan so‘ng demakratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi uchun huquqiy asoslar aniq belgilana boshladi. 1991 yil noyabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunda saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi va partiyalarga bu saylovlarda nomzod ko‘rsatish xuquqiy jixatdan mustaxkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimini huquqiy jixatdan ta’minlab berishi natijasida yangi siyosiy partiyalar yuzaga kela boshladi. To‘g‘ri Respublimizda sobiq Ittifoq parchalanishi arafasida ittifoqdosh Respublikalar qatori turli siyosiy guruxlar va xarakatlar yuzaga kela boshladi. Lekin ularda aniq bir maqsad va dasturlarning mavjud bo‘lmaganligi ularning keyingi faoliyatini butunlay boshqa taraflarga og‘ib ketishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, 1989 yilda tuzilgan Birlik harakati o‘sha vaqtdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, turli miting va namoyishlar orqali o‘zini “xalqparvar ” qilib ko‘rsatishi hamda shu asosda soxta obro‘ ortirishga xarakat qilardi. Bu o‘rinda birlikchilar xarakatini taxlil etgan siyosatshunos olim M.Qirg‘izboev fikrlarini keltirish lozim: “ular o‘tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga kirishgan xukumat va mahalliy organlarga yordam berish o‘rniga, aksincha ular tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlarni payqamaslikka, xattoki eng xalqchil va ijobiy islohotlarni xam tanqid qilishga intilar edi. SHuning uchun ham harakat xalq ichida o‘z ildiziga ega bo‘lmadi.”1
Birlik xarakati bo‘linib ketgach, 1990 yil aprel oyida Erk partiyasi tuzildi va o‘z dasturi, nizomini qabul qildi. Ushbu tashkilot Birlik xarakatiga qaraganda tashkilish jixatdan biroz mukammalroq bo‘lsada, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari balandparvozligi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi uchun amalda uni amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Erk partiyasi o‘zining to‘rt yillik faoliyati davomida turli siyosiy o‘yinlarga o‘ralashib, tor manfaatlar girdobiga tushib qoldi.
Ma’lumki O‘zbekiston siyosiy tizimida mustaqillikka qadar amalda bo‘lgan birpartiyaviylik tizimdan voz kechilib. haqiqiy demakratiyaning zaruriy va qonuniy belgisi bo‘lgan tub ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik – siyosiy plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, erkinligi yo‘li tanlandi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining tanlanishi quyudagilar bilan izohlash mumkin:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida “O‘zbekiston Respublikasilda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivjlanadi” mazmunidagi qoida mustaxkamlangan va uning mazmuni ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosib;
ikkinchidan, salmoqli aholi soniga ega bo‘lgan bu davlatda fikrlar, qarashlar ham xilma—xil bo‘lishi tabiiydir. SHuning uchun ham jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruxlarning manfaatini ifodalovchi hamda uni davlat boshqaruvida amalga oshishida zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi;
uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar va tabaqalarning keng ishtirikini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asolangan saylov davlat xokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demakratik ko‘rinishi xisoblanadi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish saylovchilar tanlovi uchun bir necha nomzodlar kurashishini taqozo etadi. Saylovchilar, ya’ni xalqqa ushbu nomzodlaprning tanlab olishning real huquqi beriladi.1
Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya O‘zbekiston Xalq Demakratik Partiyasiga 1992 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan ta’sis majlisida asos solinib, chinakam partiyalarga xos bo‘lgan dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya o‘z nizomida o‘zini parlament partiyasi ekanligini ta’kidlab, partiya o‘zining siyosiy yo‘lini davlat xokimiyati vakillik idoralari va o‘zini – o‘zi boshqarish organlariga saylab qo‘yiladigan a’zolari orqali o‘tkaziladi.2
Mazkur partiya tashkil etilgandan hozirgi davrga qadar uch marataba prezident saylovi va to‘rt marta parlament saylovlarida ishtirok etib, o‘z saylovchilari ishonchini qozongan, holda parlamentda o‘z fraksiyasini tuzishga erishdi. Ikki palatali parlament shakllangandan so‘ng 2004 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda 28 nafar, 2009 saylov yakunlari bo‘yicha 32 nafar deputatlik o‘rinlarini egallashi uning mavqeini mustaxkamlanayotganidan dalolatdir.
Partiya o‘zining asosiy ijtimoiy tayanchi ishchilar, qishloq mexnatkashlari, muxandis, texnik va ijodiy xodimlar, o‘qituvchi va shifokorlar, xizmatchi va o‘quvchi, yoshlar pensionerlar manfaatlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda huquqiy demakratik davlat, insoparvar, adolatli jamiyat qurigshning izchil tarafdori sifatida xarakat qiladi.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratik partiyasidir. Bu partiya 1995 yil 18 fevralda ta’sis qurultoyida partiya dasturi va Ustavi qabul qilindi. O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratimk partiyasi mamlakatimiz tarixidagi ilk sotsial partiya xisoblanib, uning asosiy maqsad va vazifalari quyudagilardan iborat:
-kuchli ijtimpoiy davlat barpo etish,
-adolatli fuqorolik jamiyatini yaratish,
-ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir etish,
-jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarini mustaxkamlash.
O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratik partiyasi tayanadigan asosiy ijtimoiy qatlam bu- mamlakatdagi yirik va o‘rta sanoat korxonalari, qayta ishlash va to‘qimachilik korxonalarida faoliyat yuritayotgan ishchi xamda xizmatchilar. SHu bilan birga Adolat SDP elektorati safida ilmiy faoliyat bilan shug‘illanuvchilar, innavatsion texnologiyasi soxasidagi mutaxasislar, davlat va sud-huquqi soxasi xodimlari bor.1
Respublikamiz siyosiy hayotida o‘ziga xos o‘rinni egallaydigan partiyalardan biri bu O‘zbekiston Milliy Tiklaniy Demakratik partiyasidir. Ushbu partiyaga 1995 asos solindib, millat birdamligini ta’minlash va huquqiy davlat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ushbu partiyaga baho berib, quyudagi fikrlarni bildiradilar: “Bu partiya mening nazarimda boshqalardan farqli o‘laroq, xalqimizda milliylikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish tuyg‘ulari to‘g‘risidagi ko‘proq qayg‘urishi tabiydir.Biz kimmiz? Kimning avlodlarimiz? Millatimiz nima hisobidan ulug‘ bo‘lgan, dunyoga tanilgan? Bugun dunyoga chiqishning qanday imkoniyatlari bor? Kelajagi buyuk davlat qurishni niyat qilgan ekanmiz buning uchun qanday hayotiy asoslar mavjud? degan savolga javob topish Milliy Tiklanish partiyasining asosiy faoliyatiga aylanishi kerak”1
Milliy Tiklanish DP tashkil etilgandan beri faoliyatiga nazar tashlasak, 2004 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda 11 nafar, 2009 yilgi saylovlarda 31 nafar nomzodlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangani partiya faoliyatida sezilarli darajada o‘sish sodir bo‘lganini ko‘rsatadi. 2008 yil 20 iyulda Milliy Tiklanish DP va Fidokorlar MDP bilan birlashuv quriltoyi bo‘lib o‘tdi va ikki partiyaning birlashgani to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. YAngilangan Milliy Tiklanish partiya sining dasturida bu ikki siyosiy kuchning birlashishi sababi sifatida quyudagi ikki omil ko‘rsatiladi:
- partiyaning nomlarida va ularning Ustav va dasturiy xujjatlarida mazmunida o‘z ifodasini topgan ikkala partiyalarning maqsad va vazifalari faoliyati yaqinligi:
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasida va davlat xokimiyatining navbatdagi saylovga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va yangilangan partiya imkoniyatlarini samarali amalga oshirish xamdao‘z eloktaratining hayrihohligiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar sifatida namoyon etish maqsadidao‘z siyosiy kuchlaari partiyalarning kadrlar resurslarini va ijtimoiy qatlamini birlashtirish zarurati.2
Partiyaning asosiy maqsadi sifatida millat yakdilliigini ta’minlash va huquqiy davlat barpo etishni ko‘rsatadi va O‘zbekiston Respublikasi fuqorolarida milliy o‘zlikni anglashini o‘stirishga va milliy g‘urur, Vatanga sadoqat muxabbat tuyg‘ularini shakllantirishga intiladilar. SHu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida o‘z elektorati sifatida ijodkor intelgensiya, xalq ta’limi soxasi xodimlari, xarbiy xizmatchilar, huquqni muxofaza etish xodimlari, vatanparvar mulkdorlar kichik va o‘rta biznes vakillarini ko‘rsatadi.
Respublikamiz siyosiy hayotidagi eng yosh siyosiy partiya Tadbirkorlar va Ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demakratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003 yil 15 noyabrda tashkil topdi. O‘zLiDeP umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami kichik va o‘rta biznes vakillari tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, jamoat tashkiloti vakillari va tadbirkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirish evaziga xalq faravonligiga erishishga xarakat qilayotgan ijodkorlar va olimlarning manfaatlarini ifodalash maqsadida yuzaga keldi.1
Bugungi kunda 150 mingdan ziyod a’zoni o‘zida mujassam etgan partiya 2005 yilgi parlament saylovida 41 nafar va 2009 yil saylovda 53 nafar deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lib, parlamentda nisbiy ko‘pchilik bo‘lishga erishdi va partiya a’zolari soni jixatidan XDP dan keyingi ikkinchi siyosiy partiyaga aylandi.
O‘zbekistonda mavjud siyosiy partiyalar vujudga kelishi va rivojlanishini tahlil etadigan bo‘lsak, ularni turli natijalarga erishganini ko‘ramiz. O‘zbekiston XDP tashkil topganidan beri to xozirga qadar barcha saylovlarda o‘z Ustav va Nizomlarida belgilangan vazifalarini amalga oshirayotganini, Adolat va Milliy Tiklanish partiyalari rivojlanish va siyosiy xayotdagi faoliyatini baxolash ko‘rsatgichlari bir biriga yaqin bo‘lib, oxirgi parlament saylovlarida ular deyarli bir xil natijaga erishdi.
Shu o‘rinda, mamlakatimiz siyosiy partiyalari ilgari surilayotgan asosiy goyalar o‘rtasida farklar yukligini aytish mumkin. Partiyalar dasturlarida ko‘prok umumiy ustivor ahamiyatga ega masalalar ko‘rsatilganligi, balandparvozlik yuqoriligi yakkol sezilib turadi. Siyosiy partiyalar dasturlarida anik yakkol faktlar ko‘rinmaydi, balki bir kolipga tushirilganday tasavvur xosil buladi.
Siyosiy partiyalar rivojlaninish tarixidan ma’lumki har bir tashkil etilgan siyosiy partiya o‘zi suyanadigan va qo‘llab quvvatlaydigan elektorati (lot.elektor - caylovchi; elektorate – saylovchilar kontingenti, saylov korpusi2) mavjud bo‘ladi. Partiya ana shu toifa va guruxlar manfaati uchun davlat xokimiyatida faoliyat olib boradi. Elektorat siyosiy partiyalar hayotida juda muxim o‘rin egallab, partiyalar elektoratining kimligi va miqdori partiyaning davlat hayotidagi ta’sini belgilab beradi. Mamlakatimiz siyosiy partiyalarining elektoratini taxlil etib ko‘rsak ular o‘rtasida aniq faktlarni bilish mushkil va tushinmovchiliklar mavjud. Oxirgi parlament saylovlarida siyosiy partiyalar savlovoldi platformalarida o‘z dasturi va elektorati masalasiga oydinlik kiritishga harakat qilishsada ular baribir umimiy harakter kasb etmoqda. Ayniqsa bu O‘zbekiston XDP va Adolat SDP dasturlarining bir biriga yaqinligida ko‘zga tashlanadi va ular faoliyat yo‘nalishlariniyanada aniqroq qilib olmasalar kelajakda ularni birlashib ketishi mumkinligi to‘g‘risidagi farazlarga ham olib kelishi mumkin.
Bu masalada oxirgi yillardagi Evropa siyosiy partiyalari munosabatiga nazar tashlasak, dastur va nizomlarida ko‘rsatishgan o‘z elektorati doirasidan kengroq qatlamlarni qamrab olishga olishga xarakat qilmoqdalar.CHunki saylov jarayonida ma’lum bir guruh manfaatini ifoda etish ular uchun kamlik qilmoqda.Lekin mamlakatimiz siyosiy partiyalari ma’lum bir qatlam manfaatlarini davlat darajasiga ko‘tarish orqali davlat manfaatini ifodalashga harakat qilmoqdalar. Bunday qarashlar O‘zLiDep dasturlarida mavjud. Partiya tadbirkorlik va kichik biznes vakillariga imtiyozlar berish, shu orqali ish o‘rinlarini yaratish, soliq tushumlarini ko‘paytirishni va iqtisodiy hayotni barqarorlashtirishni maqsad qilib qo‘yganlar.
Respublikamizning mustaqilligidan bugungi kunga qadar takomillashib kelayotgan ko‘ppartiyaviylik tizimimizda siyosiy partiyalar shakllanib ulgirdimi yoki shakllanish bosqichidami degan o‘rinli savol tug‘iladi.Ushbu masala yuzasidan siyosatshunos olim M.Qirg‘izboev: “siyosiy partiyalar o‘z shakllanish davrining nixoyasiga etkazish bosqichiga o‘tdi”1 deb xisoblasa, SH.Mamadaliev “O‘zbekistonning siyosiy partiyalari shakllanish bosqidagi partiyalar”2 deb ta’kidlaydi.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir isloxotlar natijasida ularning jamiyatdagi ishtiroki yildan-yilga faolashib bormoqda. Siyosiy partiyalar demakratik ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida ularga doir qonunchilik asoslari yanada rivojlantirilmoqda. 2006 yil noyabr oyida Prezidentimiz tomonidan Qonunchilik tashabbusi huquqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kirigtgan va 2008 yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni ana shu maqsadni ro‘yobga chiqarishda katta qadam bo‘ldi. Ushbu qonun sakkiz moddadan iborat bo‘lib, ular Respublika Konstitutsiya tegishli tuzatishlar ( 89 modda, 93 moddaning 15-bandi va 102-moddaning 2-qismi) va amaldagi qonun xujjatlariga va qo‘shimchalar kiritishga asos bo‘ladi. Ushbu qonunning maqsadi qonunning 1-modddasida bayon etilib, davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernitsatsmya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish xisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz siyosiy tizimi uchuutsn yangi bo‘lgan, siyosiy maslaxatlashuv institutini kiritdi. Konstitutsiyaviy qonunning 4 va 6 moddalarida bunday maslaxatlashuvlar to‘g‘risida qoidalar qiritilgan bo‘lib, bu qonunchiligimmiz uchun yangilik xisoblanadi. Milliy Qonunchiligimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak ayni qonstitutsiyaviy qonunda belgilangan siyosiy maslaxatlashuvni Qonunchilikgimizning bir normasidan boshqa holatda uchratmaymiz. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bob 95 moddasida quyudagicha ifodalangan: “Qonunchilik palatasi va Senati tarkibida ularning normal faoliyatiga taxdid soluvchi xal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi va Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis normal faoliyatiga taxdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi bilan bamaslaxat qabul qabul qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlis Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.”1
Parlamentni Prezident Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslaxat tarqatib yuborish uchun etarli huquqiy asolar bor. CHunki, parlamentni tarqatib yuborish uchun asos bo‘ladigan konkret vaziyatlar belgilab qo‘yilgan ko‘plab Evropa Konstitutsiyalaridan farqli ravishda, bizning Konstitutsiyada parlamentni tarqatib yuborish imkoniyati quyudagi vaziyatlar ko‘rsatib beradi:
Birinchidan, Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga taxtid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda;
Ikkichidan, ular bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilganda;
Uchinchidan, Qonunchilik palatasi va Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning normal faoliyatiga taxdid soluvchi xal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda;
To‘rtinchidan, tarqatib yuborish uchun Konstitutsiyaviy sudning roziligi bo‘lganda.2
Yuqorida biz maslaxatlashuv institutning Prezident va Konstitutsiyaviy sud o‘rtasida sodir bo‘lganini ko‘rib o‘tdik. Bu holatda maslahatlashuv ma’lum tor doirada, amaliyotimizda deyarli uchramaydigan faqat bir masaladaligi qbilan ajralib tursa, Konstitutsiyaviy qonundagi maslahatlashuv jarayoni esa haqiqatdan ham Respublika prezidentining davlat xokimiyati organlarining kelishilgan holda xamkorligini ta’minlash to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qoitdani nechog‘lik taminlashini ko‘rsatab beradi. Qonunning 4 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlis palatalari mansabdor shaxslari saylangan va organlari shakllanganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining xar biri hamda O‘zbekiston Ekologik harakatidan bilan saylangan deputatlar bilan maslaxatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taqdim etadi ”1 deb qo‘rsatilgan.Agarda ovoz berish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa O‘zbekiston Respublikasining prezidenti ushbu masala yuzasidan Qonunchilik palatasisida siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatidan bilan saylangan deputatlar bilan qo‘shimcha maslaxatlashuv o‘tkazganidan so‘ng yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senati Bosh vazir nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi. Qonundagi belgilangan ushbu qoidalar O‘zbekiston siyosiy tizimida Prezidentlik institutining eng muhim masalalarda davlvt xokimiyati vakillik organlari bilan chambarchas bog‘liqligini qo‘rsatsa, ikkinchi tarafdan siyosiy partiyalarning fraksiyalari davlat raxbariga hukumatni shakllantinishda ro‘lini ko‘rsatadi. Konstitutsiyaviy qonunning yana boshqa bir oltinchi moddasida Viloyat va Toshkent shaxar xokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi belgilangan bo‘lib, Viloyat va Toshkent shaxar xokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruxlarining xar biri bilan maslaxatlashuvlar o‘tkazgandan so‘ng xalk deputatlari Viloyat va Toshkent shaxar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Ushbu masalaning oldingi qonunchilikdagi ko‘rinishida, Prezident viloyat va Toshkent shaxar xokimini tayinlab keyinchalik ushbu masalani xalq deputatlari kengashlariga kiritar edi. Konstitutsiyaviy konunda bunday normaning mavjud bo‘lishi partiyalarning maxalliy kengashlardagi partiya guruxlarini axamiyatini oshirib, faoliyatini yanada erkinroq olib borishga sharoit yaratadi. Taqqoslash uchun misol keltiradigan bo‘lsak, mamlakatimizning 18 yillik taraqqiyot yo‘lida viloyat xokimlarining to‘liq besh yillikdagi barqaror faoliyat olib borgani kam uchraydi. Mamlakatimizning turli viloyatlarida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlarining navbatdan tashkari yig‘ilishlarida Prezitentimizning qatnashishi va viloyat xokimlarining olib borgan faoliyatlaridan ko‘plab nuqson va xatolari tufayli lavozimidan ozod etilganligiga guvox bo‘lganmiz.
Bu o‘rinda aytish lozimki, Kengashlardagi xar bir deputat partiyalarning joylardagi vakillaridir. Ular o‘zi saylangan xududlardagi o‘ziga xos shart sharoit va mavjud vaziyat bilan tanishdirlar. Deputatlarning o‘z xududlariga xos muommolarni hal qilishda to‘g‘ri yo‘llarni ko‘rsatadigan muxim shaxs xisoblanib, bu o‘rinda prezidentning ular bilan maslaxatlashuvi to‘g‘ri qaror qabul qilinishi uchun eng maqbul yo‘llardan biridir. Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi natijasida bir vaqtning o‘zida markazdagi qonun chiqaruvchi organ deputatlari bilan, joylarda esa tegishli xalq deputatlari Kengashi partiya guruxlari maslaxatlashuv jarayoni yuz beradi. Mamlakatimizda oxirgi yillarda qabul qilinayotgan, xalqaro andozalarga javob beradigan bunday qonunlar siyosiy partiyalarning keng ko‘lamdagi faoliyati uchun xizmat qilish barobarida, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshishiga hizmat qilishi shubhasizdir. Respublikamiz siyosiy partiyalarinin bugungi kundagi faoliyatini atroflicha taxlil etgan holda bir qator muloxazalarni bildirish mumkin.
Birinchidan, siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvining barcha soxalaridagi ishtiroki doiralarini yanada kengayishi ularning siyosiy elitani shakllantirishdagi roli bilan ham bog‘liqdir. Bu borada ularda aniq yo‘naltirilgan tizimli bir dasturlar yo‘qligi bois, partiyalarda chinakam etakchilar, partiyaning g‘oyaviy yo‘lboshchilari ko‘zga tashlanmayapti.
Ikinchidan, siyosiy partiyalarning yoshlar bilan ishlash mexanizmlarini qaytadan ko‘rib chiqish lozim. Ta’kidlash lozimki oxirgi yillarda siyosiy partiyalarning yoshlar bilan ishlashdagi faolligi sezilarli darajada kuchaydi. Barcha siyosiy partiyalarda o‘z yoshlar qanotining shakllanganligi ana shundan dalolat bermoqda.1 Ular partiya mafkurasini yoshlar orasida targ‘ib qiladilar, ularning muommolari bilan qiziqadilar. Lekin ushbu partiya tashkilotlarining ko‘pincha tadbirbozlikka zo‘r berayotgani, rasmiyatchilikning yuqori ruhdaligi va raqamlar ketidan quvishi yoshlarning partiyaviy faoliyatidan butunlay sovishiga olib kelmoqda. Partiya yangi a’zo bo‘lgan yoshlar (ayniqsa talaba yoshlar) bir-ikki marta partiyaviy tadbirlarda qatnashganidan so‘ng, ularning bunday tadbirlarga kelishi keskin kamayib ketmoqda. CHunki yoshlarning aksariyat partiyaviy majlislarida ko‘tarilgan muommolar faqat majlislarning o‘zida qolib ketmoqda. Bundan tashqari bugungi yoshlarning dolzarb muommolari partiyalar nazaridan biroz chetda qolmoqda. Partiyalarning yoshlarga oid siyosatini xorijiy mamlakatlar siyosiy partiyalari, jumladan, Rossiyaning “Edinaya Rossiya” partiyasi faoliyatlaridan ayrim qirralarini olish lozim. Ushbu partiya mamlakat miqyosidagi oliy uquv yurtlarini tamomlagan va ish muommosiga yo‘liqqan yoshlarning umumiy ro‘yxatini tuzib chiqib, ularning tegishli tartibda turli tashkilotlarga joylashtirishga harakat qilmoqda.2
Uchinchidan, partiyalar o‘z Ustavlarida belgilangan partiyaga a’zolik masalalariga jiddiyroq e’tibor bergan holda, songa emas sifatga urg‘u berishlari lozim. Respublikamizdagi mavjud siyosiy partiyalar bugungi kunda o‘z a’zolari soni jixatidan qonunchiliq talab etadigan darajadan ancha yuqori. SHuni inobatga olgan xolda partiya a’zoligini sharafli ekanligini xisobga olib, partiya a’zolarini doimiy ravishda partiya organlari bilan bog‘liqligiga erishish lozim. Buning uchun partiya Ustavlariga partiya a’zosi bir yil davomida partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarining biror bir partiyaviy tadbirlarida qatnashmasligi uning partiyadan o‘chirilishiga olib keluvchi qoidalarni kiritish lozim deb xisoblayman.
To‘rtinchidan, partilarning domiy faoliyatini ko‘rsatib beruvchi OAV tizimini ham rivojlantirish lozim. Respublikamizning barcha partiyalarini davriy nashrlari borligi ijobiy xol xisoblanadi. Lekin ularga bo‘lgan talab, ulardagi axborotlar va dolzarb mavzular talab darajasida emas. Partiyalarning gazetalari adadi nari borsa 6-7 ming atrofidagi ekanligi, ularda nashr etilayotgan maqolalarning ko‘pchiligida jonlilik etishmasligi achinarli xoldir. Partiyalarning global tarmoq internetdagi saytlarini ham siyosiy partiyalarning maqomiga nisbatan tenglashtirib bo‘lmaydi. Saytdagi deyarli barcha ma’lumotlar partiya gazetalari ma’teriallari bilan bir xil bo‘lib, bu saytlar xuddi ma’lumotlar omboriga o‘xshash tasavvur paydo bo‘ladi. Ularning dizaynni juda sodda bo‘lib, mamlakat siyosiy hayotida muxim o‘rin egallovchi partiyalarning tutgan o‘rniga umuman mos emas. Partiyalar saytlarida turli partiyaviy va siyosiy loyixalar ishlab chiqilishi, yangi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va raqamlarning doimiy qiritilib turilishi zarurdir. Bundan tashqari partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun aloxida saylovlardagi partiyaning g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi saylovoldi saytlar yaratilsa maqsadga muvofiqdir. CHunki, televideniya va radio, nashrlardagi partiyaviy dasturlar ma’lum muddatli bo‘lsa, internetda bu ma’lumotlar uzoq muddatli va davomiy saqlanadi.
Beshinchidan, siyosiy partiyalar faoliyatini jamoatchiliq orasida qanday qarshi olinayotganini va partiyalarning o‘z tarafdorlarini muommolarini dimiy ravishda o‘rganish uchun partiyalarning har birini qoshida sotsiologig tadqiqod markazlarini ochish lozim. Buning uchun partiyalarda yildan yilga moliyaviy asoslar shakllanib bormoqda. Sotsiologig tadqiqod borasida Respublikamizdagi Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazini mavjudligidan qat’iy nazar bu partiyalarning rivoji uchun juda muxim ahamiyatga ega. CHunki, ushbu markaz barcha soxalarda sotsiologik tadqiqodlar olib borgani bois uning imqoniyatlari chegaralanib qolgan.
Sotsiologig tadqiqodlar bugungi kunda fuqorolik jamiyati qurilishi va ko‘ppartiyaviylik tizimiga to‘siq bo‘layotgan muommolarni taxlil etishda eng samarali uslublardan xisoblanadi. Misol tariqasida Islom huquqi kafedrasi bilan hamkorlikda universitetimizning 70 ga yaqin talabalari ishtirok etgan “Fuqorolik jamiyatida siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusidagi sotsiologik tadqiqod natijalariga murojaat qilsak (uning to‘liq matni ilovada ko‘rsatilgan). So‘rovnomada qatnashgan respondentlarning 60% O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarga ega emas. Respondentlarning 72% O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning dasturiy maksadlari vazifalarida sezilarli farkni ko‘rmasligini bildirganlar. Siyosiy patiyalarning qay biriga xayrixoxlik masalasidagi savolga ularning 40% O‘zLiDeP, 25% XDP ni ko‘rsatib, qolgan ishtirokchilar siyosiy partiyalarga hali ham rasmiyatchilik sifatida qarashini ko‘rsatib o‘tdi. Ushbu kichik so‘rovnomadan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz siyosiy partiyalari oldida xali hal etilmagan ko‘plab muommmolar turganini anglagan holda, siyosiy partiyalar o‘z imkoniyatlari doirasida tizimli ravishda bunday so‘rovlarni uyushtirib turishi, zarur bo‘lsa o‘z sotsiologik tadqiqod markazini ochishi lozim.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalarning mavjud bo‘lishi va real munosabatlarni aks ettirgan holda faoliyat ko‘rsatishi – demakratik huquqiy davlat va kuchli fuqorolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovi bo‘lib qiladi. Siyosiy partiyalar fuqorolik jamiyati bilan huquqiy davlatni o‘zoro mustaxkam bog‘lovchi. Bugungi kunda respublikamizda davlat boshqaruvida ushbu demakratik institutning ahamiyati oshib bormoqda. Bu tabiiy va tadrijiy jarayon xisoblanadi.
III-BOB: SHAXS MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI MAVZUSINI AKADEMIK LITSEY VA KASB HUNAR KOLLEJLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH YUZASIDAN TAJRIBA SINOV MATERIALLARI.
1. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning roli
Bugungi kunda mustaqillik va qadriyatlar tizimi masalasi ijtimoiy hayotimizning dolzarb masalalaridan biriga aylanib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning har bir nutq va ma’ruzalari, maqola va chiqishlarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Bu borada yurtimizda ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ma’naviy muammolarning muayyan qirralarini o‘rganish, tadqiq va tahlil etishga bag‘ishlab, bir qancha ilmiy, ommabop kitob va risolalar, maqolalar yozildi va yaratilmoqda. Inson hayotida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, ma’naviy ehtiyojlarga talab undan ham kuchliroqdir. Milliy ma’naviyatni tiklash va yuksaltirishda uning ijtimoiy taraqqiyot muayyan davriga xos muammolarini tadqiq etish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy jarayonlar taraqqiyoti jarayonida milliy ma’naviyat yuksala bordi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy hodisalar bilan ma’naviyat chambarchas bog‘liqdir.
O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi nazariy fikrlari ilmiy qiziqish uyg‘otadi: «Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lida muvaffaqiyatni olg‘a siljishida hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir1.
Xalqimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi ma’naviy-ruhiy jonlanish, mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirishga yoppasiga ongli ravishda safarbar bo‘lgani milliy ma’naviyatning yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Aql-idrokli, fahm-farosatli har bir odam insoniyat, tabiat, hayvonot, qushlar olamidan, xullas, barcha narsadan o‘ziga tegishli saboq oladi. O‘zbeklar tarixdan dono, zukko, ma’naviy jihatdan yuksak xalqdir. Binobarin, xalqimiz bosib o‘tilgan islohotlar jarayonida iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, bozor iqtisodiyoti va boshqa sohalar bo‘yicha tegishli ma’naviy saboqlar olganligi aniq va ravshan haqiqatdir. Darhaqiqat, faqat ma’naviy erkin ozod xalq teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Islohotlar jarayonida erishilgan muayyan muvaffaqiyatlar ma’naviyat ozodligi va erkinligining tantanasi tufaylidir.
SHuning uchun o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatini yuksaltirish masalasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masala qilib qo‘yildi. SHu savollarga aniq javob topish va bu sohadagi masalalarni tadbiq etish islohotlar jarayonida muhim va dolzarb muammodir. O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan «ma’naviyat» so‘zi bilan aloqadorlikda bo‘lgan «ma’naviy taraqqiyot», «ma’naviy borliq», «ma’naviyatsizlik», «ma’naviy uyg‘onish», «ma’naviy poklanish», «mustaqillikning ma’naviy asoslari» kabi so‘z va so‘z birikmalari tez-tez ishlatila boshladi. Garchi «ma’naviyat» atamasi rasmiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar, matbuotda ko‘proq ishlatilayotgan bo‘lsada, ilmiy tushuncha sifatida etarli darajada tadqiq qilinmagan va ochib berilmagan. YAqin o‘tmishda turli xil falsafiy lug‘atlarda bu so‘zga hatto joy ham topilmagan. Moskvada 1983 yil nashr qilingan «Falsafiy ensiklopediya slovari»da ham bu haqda so‘z yuritilmagan. Ayni paytda ma’naviyat va undan kelib chiqqan birikmalardan foydalanish doirasining kengayishi uning lug‘aviy va atama sifatida mazmunining tez boyib borishiga imkon yaratdi. Bu ma’naviyatni mustaqil ilmiy tushuncha sifatida va uning «ma’naviyat», «ong», «tafakkur», «dunyoqarash» kabi tushunchalar bilan o‘zaro aloqasi shuningdek, badiiy, siyosiy, ahloqiy qadriyatlar tizimidagi o‘rnini o‘rganish va ular o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishni taqozo qiladi. Ma’lumki, ma’naviyat so‘zi rus tiliga «duxovnost» deb tarjima qilinadi. Lekin ma’naviyat rus tilidagi «duxovnost»ga nisbatan kengroq, ko‘p qirrali mazmunga ega. Uning tushuncha sifatida qator tarixiy davrlar mobaynida shakllanishiga islom falsafasi, kalom ilmi, so‘ngroq tasavvuf o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Sovet davrida «ma’naviyat» - «duxovnost» so‘zlari moddiy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ahloqiy, diniy normalar, e’tiqod, qarashlar va amaliyotni, inson va jamiyatning aqliy faoliyati natijalarini ifodalash uchun ishlatilgan.
-
MA’RUZA
Ma’ruzali dars o‘tishda o‘qituvchi ko‘p narsaga e’tibor berishi lozim. Hozirgi davrda texnik vositalari rivojlanganligini, kompyuterlar ishlab turishini hisobga olgan holda, dars boshlashdan bir ikki kun oldin ma’ruza matnini tinglovchilarga tarqatib, dars o‘tish kunida tinglovchilar qisman tanishib chiqqan mavzu bayon etiladi. Bu usul o‘quvchilarga ma’ruzani tinglab o‘tirishga, qo‘lidagi ma’ruza matni bilan ishlashga undaydi.
Ma’ruza o‘tishning ikkinchi usuli o‘qituvchi o‘z mavzusi bo‘yicha ma’ruzani bayon etadi va ayrim joylarni bir necha marotaba takrorlaydi. Tinglovchilar ma’ruzachining bayonini kuzatib turib kerakli ma’lumotlarni yozib oladi (ma’ruzachi bir necha takrorlagan satrlarni, so‘zlarni yozib olish kerakligini ma’ruza boshlanishidan oldin tinglovchilarga aytib o‘tish lozim).
Har bir usul ma’ruza o‘tuvchi darsni 5 – 10 daqiqa oldin tugatib savol javobga, ma’ruza muhokamasiga vaqt qoldiradi.
-
FILM
Rahbar o‘z darsini boshlashdan oldin ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi. Bular fili, pano, slayd, tablitsa, rasmlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Film o‘tilgan yoki o‘tiladigan mavzuga taalluqli bo‘lishi lozim.
-
MUNOZARA
O‘qituvchilar va talabalar orasida umumiy munozara o‘tkazish vaqtida ochiq va teng fikrlar almashtirilishiga erishish uchun bir necha oddiy qoidalar bor. Ushbu qoidalar buyruq maqsadida emas, balki sizlarga aloqa qilish usullarini o‘rgatish va ilmiy tekshirish uchun yordam beradi. Munozara qatnashchilarning faollik darajasiga va ularning izohlarga ijodiy baho berish sifatiga ko‘ra munozaraning yaxshi o‘tishini bilib olishi kifoyatdir. Demak, zavq olishingiz mumkin.
Ba’zi vaqtda munozara uchun «bazis qoidalari»ning tuzishi foydadan holi emas. Quyidagi mumkin bo‘lgan qoidalarga bir necha misollar:
-
har bittasi boshqalarni diqqat bilan tinglashi kerak (fikrlari mos kelmagan taqdirda ham);
-
gapirayotganning gapini bo‘lmaslik;
-
bir vaqtda bir kishidan ortiq gapirmaslik;
-
bironta ham fikr masqara bo‘lmaslik;
-
agar ustoz kimdandir norozi bo‘lsa, noroziligini o‘z fikri bilan bildirib, lekin uni tahlikaga solmaslik;
-
boshqalar sizni qanday tushunishlarini umid qilsangiz, siz ham ularni shunchalik tushunishga harakat qiling.
Munozara uchun aniq bir mavzu tanlanadi.
-
KICHIK GURUHLARDA ISHLASH.
Kichik guruhlarda ishlash uchun guruhning hajmiga qarab (24 – 30 talaba, tinglovchi) 4 – 7 odamdan bir guruhga ajratilai. Har bir guruh berilgan vazifani bajaradi va guruh rahbari xulosa qilib beradi. Bu usul hamma tinglovchilarni faolligini oshiradi, qiziqtiradi.
-
ANIQ BIR VAZIYATNI MUHOKAMA QILISH.
Eng avvalo mavzu tanlanadi. Guruh bir necha guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh shu mavzuga o‘zining aniq munosabatini bildiradi. Mavzu misollar tariqasida, ko‘rilgan teatr sahnasi, yo‘ldagi bo‘lgan to‘qnashuv, ishxonadagi kelishmovchiliklarini hal qilish va boshqa vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
-
O‘YIN DARSI.
O‘yin darsini boshlashdan bir necha kun oldin rahbar o‘tiladigan vaziyat bo‘yicha rolni qatnashuvchilarga ajratadi va dars boshlangan kungacha o‘zi tanlagan roli bo‘yicha shaxslarning tavsifnomasi bilan tanishishni, uning holatiga kirishga harakat qilishni topshiradi. Tinglovchilar o‘z ixtiyori, xohishi bilan rol tanlashlari lozim. CHunki ayrim salbiy rolni o‘ynashida «Men shunday insonmanmi?», «Menga nega bunday rol berasiz?» degan noroziliklar bo‘lmasligi lozim. Rolga hozirlik ko‘rganlar, o‘z aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatib, vaqtincha o‘ynayotgan insonning qiyofasiga kirishga, u shaxsday bo‘lishga harakat qilsa, kuzatuvchilarda kuchli taassurot qoladi.
-
AMALIYOT.
Amaliyot mashg‘ulotini bir necha xilga bo‘lish mumkin. O‘qituvchilar uchun dars o‘tish amaliyoti o‘tkaziladi. Unda aniq bir mavzu bo‘yicha rejasi asosida dars o‘tiladi. Kuzatuvchi dars o‘tish metodini, amaliyot o‘qituvchining tinglovchilar bilan bog‘lanishini, nutqini, sinfda o‘zini tutushni nazorat qiladi. Dars tugashidan 5 daqiqa oldin rahbar tinglovchilar bilan o‘tilgan dars metodini muhokama qilib yakun yasaydi.
-
YOZMA BAHSLAR.
O‘quvchilarga sinfdoshlari, kursdoshlari bilan birgalikda shu onda jamoatchilik fikrini to‘lqinlantirayotgan mavzularda dialoglar rejalashtirish imkonini berish kerak. YOzma bahslar metodikasi yozma shakldagi bunday dialoglarni sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazish imkonini beradi.
-
SHPARGALKALI NAZOART ISHI.
O‘quvchilarning axborotni mustaqil izlash va uning asosida referatlar yozishiga jalb qilinishlari ehtiyoji sezilmoqda. YOzma ishlarni berishning an’anaviy usullaridan so‘ng ko‘pgina muammolar, masalan, o‘rtoqlaridan ko‘chirib olish, darslikdan butun abzatslarni ko‘chirish, nihoyat hamma erdagi o‘quvchilar keng tarqalgan fikr, eng yaxshi ish, eng uzun yozilgan ishdir kabilar paydo bo‘ladi. Ko‘pgina o‘qituvchilar ishlarning yomon shaklidan, shuningdek, yozma ishlarni tekshirish ko‘p vaqtni olishidan shikoyat qiladilar.
-
INTERAKTIV METODLAR MAQSADI.
Tinglovchi individual va kollektiv holda quyidagilarni amalga oshira olishi lozim:
Ma’lumotni qabul qilish va baholash;
Ma’lumotni muhokama qilishda ishtirok etishi;
Muammoni hal etishda ishtirok eti shva qaror qabul qilish;
O‘z fikr, g‘oyalarini o‘z guruhiga etkazib bera olish.
Interaktiv metodlarni namoyish qilish bo‘yicha tavsiyalar:
-
Tayyorlov ishi.
-
Mutaxassislarni jalb etish.
-
Rollarni taqsimlash.
-
Mashg‘ulot ishtirokchilarini tayyorlash.
-
Xona, joyni tayyorlash, hozirlash.
-
Mashg‘ulotni o‘tkazish.
-
Mashg‘ulot o‘tkazish bo‘yicha xulosalar qilish.
-
DEBAT – bu interaktiv metodlarni biri bo‘lib, fikrlar, dalillarning to‘qnashuvidir.
Debatlarning xususiyatlari:
-
Adolatlilik (debat ishtirokchilarini pozitsiyasini mustahkamlovchi dalillarni izlashda adolatli bo‘lish lozim).
-
Hurmat. Dalillar faqat g‘oyalarga tegishli bo‘lib, debat ishtirokchisining shaxsiyatiga tegmasligi lozim.
-
Debatlashib o‘rganamiz.
Qarama qarshi fikr mulohazalarni himoyalash odamni ikki yuzlamachi qilmaydi, shunaqa ham mavjud. «Agar haqligini bilsang nima qilasan tortishib».
YAxshi dalil. Fikr mulohazalarni tan olish;
Raqib ishtirokchining barcha dalil, fikr, g‘oyalarini oxirigacha tinglab so‘ng fikr bildirish odatini rivojlantiradi.
Debatning elementlari:
-
Mavzu
-
Tasdiqlovchi taraf
-
Inkor etuvchi taraf
-
Dalillar
-
Dalil va asos
-
Isbot
-
Sudyalar qarori
Dalillarni tuzish sxemasi:
Argument ------ Isbot ------ Muhofaza
Dalil ------ Mulohaza ------ Xulosa
-
O‘YIN DARSLARINI QO‘LLASH.
Nima sababdan o‘yin darslaridan foydalanamiz?
-
diagnostika uchun
-
o‘zlashtirilgan bilimni namoyish etish
-
xatolarni namoyon bo‘lishi
-
maxsus bilimlarni singdirish
-
kompleks bilimlarni singdirish
-
kuzatuv va sharhlarni o‘rgatish
-
ta’lim samaradorligini baholash
O‘yin darslarga tayyorgarlik:
-
kutilayotgan natijalarni aniqlash
-
ssenariy ishlab chiqish
-
o‘yin darsini planlashtirish
-
studentlarga tarqatma materiallarni hozirlash
-
auditoriya moslama va boshqa resurslarni hozirlash
Mashg‘ulotni tahliliy plani:
-
mashg‘ulot mavzusini tanlash
-
kutilayotgan natijalarni aniqlash
-
terminlar haqida kelishib olish
-
o‘yin planini tasvirlash
-
o‘yin darslarini qoidalari haqida tanishtirish
-
namoyish etish qoidalari
-
rollarni taqsimlash
-
o‘yin darslariga tayyorgarlik
-
rollarni ijro etish
-
o‘qituvchining sharhi
-
o‘zga darslar bilan aloqa o‘rnatish
O‘qituvchi o‘yin darsini o‘tkazishda nimalarga intiladi:
-
Hato kamchilik, noaniqliklarni namoyishda aniqlash va ularni to‘g‘irlash
-
O‘z shaxsiy obraz orqali xulq atvor modelini namoyish etish
-
Talaba xulq atvorida obraz shakllantirishga ko‘maklashish
Talabaning o‘qituvchi sharhlariga bo‘lgan munosabati:
-
Xatoni tan olish, yoki aksi tan olmaslik
-
O‘z o‘zini oqlash «men to‘g‘ri qildim, men umuman boshqa narsani nazarda tutdim»
-
Tushunishni «men xato qilganimni tushundim»
-
Xatoni to‘g‘irlashga bo‘lgan intilish «endi men bunday xato tuzatib boshqacha yo‘l tutaman».
-
FIKRLAR HUJUMI. Bevosita jamoa bo‘lib «Fikrlar hujumi» («Mozgovaya ataka») olib borish. Bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni engishdir. Bu metod A.F.osborn tomonidan tavsiya etilgan. Bu metodning asosiy tamoyili va qovdasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g‘oyalar tanqidini mutlaq ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil mutoibani rag‘batlantirishdir. Bu metoddan foydalanishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi – mashg‘ulot rahbariga bog‘liq. «Fikrlar hujumi» ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak. Mashg‘ulotning davomiyligi bir soatgacha.
Yalpi «Fikrlar hujumi». Bu metod J.Donald Filils tomonidan ishlab chiqilgan. U katta guruhlarda (20 dan 20 tagacha bo‘lgan) yangi g‘oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik kichik 5 – 6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muaamo bo‘yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o‘zaro «Fikrlar hujumi» o‘tkazadi. SHundan so‘ng har bir kichik guruh vakili o‘z guruhlarida ishlab chiqilgan g‘oya haqida axborot beradilar va o‘qituvchi rahbarligida jamoa bo‘lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.
«Fikrlarning shiddatli hujumi» - destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu metod E.A.Aleksandrov tomonidan taklif qilingan. G.YA.Bush tomonidan o‘zgartirilib yo‘lga qo‘yilgan dialogning mohiyati shundaki, kollektiv bo‘lib g‘oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g‘oyalar qo‘yiladi.
Mashg‘ulot bosqichma bosqich quyidagi tarzda o‘tkaziladi:
1 – bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik guruhlarni shakllantirish;
2 – bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalash;
3 – bosqich. To‘g‘ridan – to‘g‘ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan har bir guruhda g‘oyalar ishlab chiqish;
4 – bosqich. G‘oyalarni tartibga solish vatasniflash;
5 – bosqich. G‘oyalarni destruktivlash, ya’ni amalga oshishi imkoniyatiga qarab baholash;
6 – bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqdiy mulohazalarga baho berish.
Akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida ko‘pincha boshqarma vakillari, rahbar xodimlari, metodistlar, o‘qituvchilarning darslariga kirish, darsni tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ko‘pincha bosh qotirishadi. SHu sababdan biz bu to‘plamga shu masala yuzasidan ba’zi bir tavsiyalarni kiritdik. Aslida, o‘qituvchining darsiga kirish va uni tahlil qilish, birinchi navbatda, darsga kirayotgan shaxsning qo‘ygan maqsadiga bog‘liq.
«Tarmoqlar» - Klaster usuli. Bu texnologiya uslub jihatdan aqliy hujum texnologiyasiga yaqin bo‘lib, asosan o‘quvchilarning o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha mavjud bilim va ko‘nikmalarini tekshirishda ishlatiladi. U faqat g‘oyalar orasidagi bog‘lanishlarini fikrlashni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. Bu usul o‘quvchini mavzu yuzasidan mavjud bilimlarini tizimlashtirish va uni tasavvur qilishga yordam beradigan strategiya hisoblanadi. Bu texnologiyadan yakka holda yoki jamoada ham foydalanish mumkin.
Jamoada klaster usulidan foydalanish. O‘quvchi tomonidan doska markaziga mavzuning asosiy termini yoziladi. Masalan: Zardo‘shtiylik. O‘quvchilardan mana shu termin bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlarini aytishlarini so‘raladi hamda doskaga o‘quvchilar fikrlari tahlilsiz yozilib strelka yordamida asosiy termin bilan bog‘lanadi. Fikrlarga texnologiya so‘ngida o‘qituvchi tomonidan xulosa yasaladi. Usulning o‘ziga xosligi shundaki, bunda o‘quvchilar boshqa tengdoshlari fikrlari bilan ham tanisha oladilar.
«Tushunchalar tahlili» texnologiyasi. Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularni talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan yodga olish, biron – bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi, tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichia barcha talaba (yoki o‘quvchi)larni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Uslubning maqsadi. Talaba (yoki o‘quvchi)larni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga keltira olishga o‘rgatish.
Uslubning qo‘llanishi: o‘quv mashhulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o‘quvchi)larning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismia yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yhati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bu guruh o‘quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyolanadi).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
-
talaba (yoki o‘quvchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratadi;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab qoidalar bilan tanishtiriladi;
-
tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
-
o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali tanishtiriladi.
«3 x 4» TEXNOLOGIYASI. Texnologiyaning xarakteristikasi. Ushbu mashg‘ulot talaba (yoki o‘quvchi)larni aniq bir muammoni (yoki biror mavzuni) yakka holda (yoki kichik jamoa bo‘lib) fikrlab hal etishda, echimini topish, ko‘p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo‘yilgan muammo (yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek o‘z fikrlarini maqullay olishga o‘rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)lar bilan avval yakka holda, so‘ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi.
Texnologiyaning maqsadi: talaba (yoki o‘quvchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o‘z fikrini o‘tkazishga, uni ma’qullashga; qo‘yilgan muammoni echishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o‘tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanilishi: seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o‘tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini o‘zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.
Mashg‘ulotda foydalanadigan vositalar: A – 3, A – 4 formatdagi qog‘oz varaqlari (guruh soniga qarab), flomaster (yoki rangli qalam).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
-
o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larning umumiy soniga qarab 3 – 5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (kichik guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani maqsadga muvofiq);
-
o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larga mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog‘ozning yuqori qismida yozuvi bo‘lgan varaqlarni tarqatadi;
-
o‘qituvchi kichik guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrni faqat uchta fikr, ya’ni uchta so‘z, yoki so‘zlar birikmasi, yoki uchta gap bilan davom ettirishlari mumkinligini uqtirai va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt belgilaydi;
-
guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan fikrni yozib davom ettiradilar;
-
vazifa bajarilgach, guruh a’zolari o‘rinlaridan turib soat mili yo‘nalishi bo‘yicha joylarini o‘zgartiradilar, ya’ni 1 – guruh 2 – guruhning 2 – guruh 3 – guruhning, 3 – guruh 4 – gurhning (boshqa kichik guruhlar bo‘lsa, shu tariqa) o‘rniga o‘tadilar;
-
yangi joyga kelgan guruh a’zolari shu erda qoldirilgan tarqatma materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana yangi uchtadan o‘z fikrlarini yozib qo‘yadilar;
-
guruh a’zolari yana yuqoridagi kabi joylarini o‘zgartiradilar, shu tariqa kichik guruhlar o‘z joylariga qaytib kelgunlariga qadar joylarini almashtirib, tarqatma materiallariga o‘z fikrlarini qo‘shib boradilar;
-
o‘z joylariga qaytib kelgan kichik guruhlar tarqatma materialda to‘plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o‘qib, ularni umumlashtirgan holda bitta yaxlit ta’rif yoki qoida holatiga keltiradilar;
-
har bir kichik guruh o‘zlarining mualliflik ta’riflari yoki qoidalarini guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi;
-
o‘qituvchi kichik guruhlar tomonidan berilgan ta’riflar yoki qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi, so‘ngra mashg‘ulotni yakunlaydi.
Kichik guruhlar soni 4 ta bo‘lgani maqsadga muvofiq. Bunday holda kichik guruhlar o‘z joylarini faqat 3 marta almashtiradilar va bu bilan o‘quv jarayonini zerikarli o‘tishining oldi olinadi. Agar kichik guruhlar soni 4 tadan ko‘p bo‘lsa, u holda ularni ikki potokka bo‘lib, kichik guruh a’zolarining almashinuvini har bir potok o‘rtasida alohia, taqdimotni esa birgalikda o‘tkazish mumkin.
Agar auditoriya kichik guruhlarning joylarini almashtirishga moslanmagan bo‘lsa, u holda talaba (yoki o‘quvchi)larni joylarini almashtirish o‘rniga guruhlarga tarqatilgan materiallarni almashtirish orqali, ular dastlabki olingan guruhlarga qaytib kelgunga qadar almashtirilib, talaba (yoki o‘quvchi) fikrlari to‘planadi, ulardan umumiy ta’rif (yoki qoida) keltirib chiqarilai va taqdimot qilish ham mumkin.
«Tushunchalar tahlili» texnologiyasi.
Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini talaba (yoki o‘quvchi)lar tomonidan yodga olish, biron – bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishdao‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida talaba (yoki o‘quvchi)larni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Uslubning maqsadi. Talaba (yoki o‘quvchi)larni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga keltira olishga o‘rgatish.
Uslubning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlaria (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o‘quvchi)larning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida, yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yhati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
-
talaba (yoki o‘qivchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratadi;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab qoidalar bilan tanishtiriladi;
-
tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
-
talaba (yoki o‘quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
-
o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiriladi;
-
har bir talaba (yoki o‘quvchi) to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlayilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z – o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha talaba (yoki o‘quvchi)larninsh dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
MAVZU
|
SHAXS MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI
|
-
Ta’lim berish texnologiyasining modeli
Talabalar soni: 25 – 30 gacha
|
Vaqti: 80 daqiqa
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Informatsion bahs munozarali dars
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda partiyalarning ahamiyati va tutgan o‘rni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida siyosiy partiyalar ma’naviy-ma’rifiy faoliyatining aks etishi.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish, bu jarayonda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etish, ular oldidagi turgan vazifalarni aniqlab berishdan iborat.
|
Pedagogik vazifa:
|
O‘quv faoliyatining natijasi:
| -
Siyosiy partiyalar tushunchasi yoritib beriladi.
|
O‘quvchilar siyosiy partiyalar tushunchasi bilan tanishadilar.
| -
Siyosiy partiyalarning yoshlar ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati.
|
O‘quvchilarga siyosiy partiyalar yoshlao ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati haqida yoritiladi.
|
O‘qitish usullari va texnika
|
Ma’ruza, «Nimada?» texnologiyasi, BLUM taksofoniyasi, «FSMU» uslubi, Insert
|
O‘qitish vositalari
|
Kompyuter texnologiyasi, slaydlar
|
O‘qitish shakli
|
Jamoa bo‘lib ishlash
|
O‘qitish shartsharoitlari
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o‘qitish usullarini qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘quv xona
|
Monitoring va baholash
|
Kuzatish, og‘zaki nazorat, savol javobli so‘rov, o‘quv topshiriq
|
SHAXS MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
| -
Mavzuga kirishi (15 daqiqa)
| -
O‘quv kursini nomini aytadi. Ekranga yangi mavzuning rejasi yoziladi. (1-ilova).
-
Kursning kirish qismi tushuntirib beriladi. Diniy bilimlar tushunchasi yoritiladi.
-
Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.
|
Tinglaydilar, yozadilar.
Tinglaydilar.
Tinglaydilar
|
2-bosqich Asosiy bosqich (55 daqiqa)
| -
Power Point dasturi yordamida slaydlarni namoyish qilish va izohlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib beradi.
-
Siyosiy partiyalar haqida ma’lumot beradi (2-ilova).
-
Siyosiy partiyalarning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri haqida ma’lumotlarni beradi (3-ilova).
-
“Klaster” metodi asosida o‘quv materiali mustahkamlanadi (4 - ilova).
|
YOzadilar.
YOzadilar.
Tinglaydilar.
Tahlil qiladilar.
|
3-bosqich. Yakuniy bosqich (10 daqiqa)
|
3.1.Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi. YAkunlovchi xulosa qiladi.
3.2. Talabalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollarni beradi. BLUM taksofoniyasi metodidan foydalaniladi (6-ilova). FSMU (7-ilova), Insert (8-lova)dan foydalanib mavzu mustahkamlanadi.
|
Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
1-ilova.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish, bu jarayonda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etish, ular oldidagi turgan vazifalarni aniqlab berishdan iborat.
O‘quv faoliyatining natijasi: Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillarini tahlil etish, bu jarayonda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etish, ular oldidagi turgan vazifalarni aniqlab olishadi.
2-ilova
Guruhlar
|
Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball
|
Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball
|
Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball
|
Jami ball
|
10-05
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
10-01
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
15-13 ball – «a’lo», 12-10 ball – «yaxshi», 9-6 ball – «qoniqarli»
3-ilova.
Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda partiyalarning ahamiyati va tutgan o‘rni.
4 -ilova
K L A S T E R
Klaster metodi
BLUM TAKSONOMIYASI TOIFALARI
№
|
Toifa (darajalar)
|
Talaba faoliyati
|
1
|
BILISH
|
Dalillarni bili shva ularni tanlash texnologiyasini bilish, rivojlanish qonuniyatlarini bilish, baholash mezonlarini bilish, umumiy tushuncha, qonun – qoialarni bilish.
|
2
|
TUSHUNISH
|
Anglash, o‘z so‘zi bilan ifodalash, bir til (tizim)dan boshqasiga (masalan, matematik tildan og‘zakiga yoki aksincha) aylantiradi, formula, sxema va diagrammalarni talqin qila oladi.
|
3
|
QO‘LLASH
|
Bilimlarni amaliyotda qo‘llash (masala yoki misol echish, mehnat o’eratsiyalarini bajarish, vaziyatlarni hal qilish, qonun – qoidalardan foydalanish).
|
4
|
TAHLIL
|
Bir butun tushuncha, qonun – qoidalarni qismlarga ajratish, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni va munosabatlarni o‘rnatish, yaxlitlikni tashkil etuvchi tamoyillarni aniqlash.
|
5
|
SINTEZ
|
YAngi tarkib hosil qilish maqsadida berilgan qismlarni umumlashtirish, insho rejasini tuzish, berilganlarga asoslanib yaxlit qiyofani yaratish. Berilgan mehnat o’eratsiyalariga asoslanib yaxlit texnologik jarayonni loyihalash.
|
6
|
BAHOLASH
|
Munosabat bildirish, xulosa yasash; muayyan mezonlarga asosan e yoki bu faoliyat qonun – qoida, tushunchalarning ahamiyatini baholash.
|
Dostları ilə paylaş: |