Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 71,23 Kb.
səhifə2/10
tarix01.06.2022
ölçüsü71,23 Kb.
#116510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda tarbiyachining pedagogik mahorati Mohichehra

Kurs ishining maqsadi. Tarbiyachilar, jumladan, bo’lajak tarbiyachilarni ta’lim-tarbiyaviy ishlarga ilmiy metodik va amaliy jihatdan tayyorlash.
Kurs ishining obe’kti.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilari.
Kurs ishining predmeti. Zamonaviy, ilg’or tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya sohasida erishgan umumpedagogik tajribalari - qobiliyat va mahoratlarini namoyon qilish hisoblanadi.
Kurs ishining vazifasi
-ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni
insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;
- ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni
ta’minlash;
- bo‘lajak tarbiyachilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirishda milliy urf–odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va tarbiya jarayonini kelgusida tarbiyachilardan talab qiladigan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash uchun normativ hujjatlar, o‘quv–uslubiy adabiyotlar, moddiy–texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Bu kurs ishimiz ikkita bob,to’rtta poragraf, kirish,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va 29 ta sahifadan iborat.

I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining o’rni

    1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o’rni

O’zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ishlariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli
ishlarni qila olishlariga bog'liq.
Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani - bu kelajak, istiqbol uchun
meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk
allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi. Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aqlidrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi
o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol
bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy
tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta
tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Yüklə 71,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin