Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni



Yüklə 71,23 Kb.
səhifə8/10
tarix01.06.2022
ölçüsü71,23 Kb.
#116510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda tarbiyachining pedagogik mahorati Mohichehra

2.2 Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga etkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rnini izohlab, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etadi: “Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong
darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’-
lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy
maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”.
Yoshlarni
o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi o‘rni beqiyosdir.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli,
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan tarbiyachi-o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga etkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq.
Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi
tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’-lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning
dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni
bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib
o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan.
Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda
tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta, buning
obyektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tarbiyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda
keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va
tasodifiy hodisalarga boy.

Yüklə 71,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin