O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Maktabgacha ta’lim fakulteti 51118000- “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi” 3- kurs 303- guruh talabasi Ovlayeva Mohichehra Temur qizi
Mavzu: “Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda tarbiyachining pedagogik mahorati” KURS ISHI
Ilmiy rahbar: _________ D.B.Kasimova
Taqrizchi: _____________
Toshkent-2022
Mavzu: “Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda tarbiyachining pedagogik mahorati” Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………….3-4
I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining o’rni 1.1 Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o’rni………………………………….5-9
Tarbiyachi tamoyillari……………………………………………………….10-13
II BOB. Tarbiyachi mahoratining mohiyati 2.1 Tarbiyachi mahoratining pedagogik asoslari………………………………..14-20
2.2 Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni…………………………21-26
Xulosa…………………………………………………………………………..27-28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………….29
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi о‘z mas’uliyatini anglashiga, ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshishi, о‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi hamkasblarining о‘sishiga kо‘maklashishiga yordam beradi.
Tarbiyachi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs
bo‘lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak
bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi,
yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining
munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish, o‘qituvchi uchun ta’lim-tarbiya
samaradorligini ta’minlovchi zamin bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda,
uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi, o‘quvchilarga nisbatan
hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish
pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi
bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda
muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bо‘lishi, о‘zi yashab turgan о‘lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bо‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Shuningdek, tarbiyachining pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondoshuvi bolalarni har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.