EAX, EVX, ESX va
EDX lar - 8, 16 va 32-razryadli registrlar sifatida ham ishlatilishi mumkin [2].
ESI, EDI, EBP va
ESP lar –
barchasi 32-razryadli ko‘rsatgich registrlari to‘plamidir.
CS, SS, DS, ES, FS va
GS lar – barchasi 16-
razryadli segment registrlari to‘plami.
EIP – 32-razryadli buyruqlar ko‘rsatgichi registri.
EFLAGS - 32-
razryadli bayroqlar registridir.
Pentium 4 protsessori mikroarxitektura sathida, undan oldin ishlab chiqarilgan protsessorlardan
anchagina farq qiladi. Pentium II, Pentium Pro va Pentium III protsessorlari
P6 mikroarxitekturasi asosida
qurilgan bo‘lib ular bir-biridan asosan unumdorligi va qator ikkinchi darajali ko‘rsatgichlari bilan
farqlanganlar. Pentium 4 protsessori
NetBurst deb atalgan va
P6 mikroarxitekturasidan keskin farq
qiladigan mikroarxitekturaga ega
NetBurst mikroarxitekturasi ko‘proq bosqichli konveyerga va ikkita arifmetik-mantiqiy qurilmaga ega
bo‘lib,
giperoqimli texnologiyani amalga oshira oladi. Giperoqimli texnologiya deganda - ikkita registrlar
to‘plamiga va qator boshqa resurslar to‘plamiga ega bo‘lgan qurilma tushuniladi. Bu texnologiya
Pentium 4 protsessorida, ikkita dastur orasida biridan boshqasiga o‘tishni juda yuqori tezlikda ta’minlab
beradi, ya’ni bunda bitta emas balki bir vaqtda ikkita protsessor ishlayotgandek bo‘lib tuyuladi. Pentium
4 protsessori bitta sikl davomida bir nechta buyruqlarni bajarish imkoniyatiga ega, shuning uchun u
superskalyar protsessor deb ataladi.