olinadi. Rеzеrv kapitalining tuzatilishi va to’ldirilishi
aktivlarni qayta
baholash natijasida hosil bo’lsa 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha
tuzatishlar» schyotining krediti bo’yicha aktivlarning qiymatini qayta
baholash natijasida o’sgan summasiga tegishli aktivlarni hisobga oluvchi
schyotlar korrespondensiyalanadi.
Agar qayta baholash natijasida aktivlarning qiymati pasaysa, unda
xozircha pasaygan qiymatning o’rni o’sha aktivning avvalgi o’sgan
qiymati hisobiga tuldiriladi, ushbu muomala 8510-«Aktivlarni qayta
baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining debetida aks ettiriladi.
Arzonlashtirilgan summa, shu aktivning avvalgi qayta baholashdagi
qiymati o’sishining oshirilgani xarajat sifatida tan olinadi va
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettiriladi.
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti
bo’yicha qoldiq balansning «
Rеzеrv kapitali» moddasida aks ettiriladi.
Ushbu schyotning debeti bo’yicha yozuvlar
quyidagi hollarda yuz
berishi mumkin:
-8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida
hisobga olingan, qayta baholash natijasida aniqlangan mulkning pasaygan
qiymatining summasiga mablag’lar kamaytirilganda, pasaygan qiymati
aniqlangan mulklarni hisobga
oluvchi schyotlar bilan
korrespondensiyalanadi.
- 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida
hisobga olingan, qayta baholash natijasida aniqlangan investisiyaning
pasaygan qiymatining summasiga mablag’lar kamaytirilganda, pasaygan
qiymati aniqlangan investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan
korrespondensiyalanadi.
-Sub’ektni tugatish natijasida ta’sischilarning
orasida summalar
taqsimlanganda 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari
bo’yicha qarzlar» schyoti bilan korrespondensiyalanadi va xokazo.
8520-«Rеzеrv kapitali» schyoti amaldagi O’zbekiston Respublikasi
Qonunlarida ko’zda tutilgan tartibga asosan tashkil qilingan aksiyadorlar
jamiyati, qo’shma korxonalar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
va ta’sis xujjatlariga muvofiq bundan tashqari aksiyadorlar jamiyatining
mulkini ko’paytiradigan boshqa tushumlar hisobiga mavjud bo’lgan va
harakatdagi Rеzеrv kapitali to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish
uchun mo’ljallangan.
Rеzеrv kapitalining mablag’lari qandaydir oddiy bo’lmagan
muomalalardan kutilayotgan sarf-xarajatlarni,
qarzlarni va boshqa
maqsadlar uchun qilingan sarflarning hisobdan chiqarilish va qaytarilish
369
ehtimoli bo’lmagan boshqa maqsadlardan kelgan umumiy balans
zararlarini qoplash Rеzеrvlarini yaratish uchun foydalanilishi mumkin.
Rеzеrv kapitalining shakllanishi 8520-«Rеzеrv kapitali» schyotining
krediti bo’yicha aks ettirilib, 8710-«Hisobot yilining taqsimlanmagan
foydasi» schyoti bilan korrespondensiyalanadi.
Rеzеrv kapitali mablag’larining foydalanilishi 8520-«
Rеzеrv
kapitali» schyotining debeti bo’yicha
hisobga olinib, bu mablag’larni
iste’mol qiluvchilarning (foydalanuvchilar) schyotlari bilan
korrespondensiyalanadi. Masalan, 6610-«To’lanadigan dividendlar»
schyoti bilan, qatnashuvchilarga dividend yo’nalishida to’lanadiga
summaga, hisobot yili foydasi bo’lmaganda yoki bu maqsadlar uchun
foyda summasining etarli bo’lmaganida.
8530-«Tekinga olingan mulk» schyotlari tekinga olingan mulkni
hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Tekinga olingan mulklar 8530-«Tekinga olingan mulk» schyotining
krediti bo’yicha uzoq muddatli moddiy
va nomoddiy aktivlar va
materiallarning hisobi schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda aks
ettiriladi. Tekinga olingan mulklarning qiymati daromad (foyda)ga
qo’shilib soliq to’lashga tortiladi.
8500-
Rеzеrv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi.
8510-«Aktivlarning bahosini muqobillashtirish», 8520-«Rеzеrv
kapitali (fond) » va 8530-«Tekinga olingan mulk» schyotlari.
Dostları ilə paylaş: