Investisiyalar qilish yoki ijara maqsadida foydalanilmaydigan erlar
ushlab turilganda mulk solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar va sug’urta
to’lovlari faqatgina erni sotishga yoki ijaraga berishga tayyorlash davri
davomida kapitallashtiriladi.
Erni sotib olishda, ko’pincha uning qiymatidan tashqari to’lanadigan
qo’shimcha xarajatlar paydo bo’ladi. Bu xarajatlarni, erning qiymati kabi
«Er» schyotining debetida aks ettirish kerak bo’ladi. Bularga kuchmas
mulk bo’yicha agentlarga komission to’lovlar; advokatlarning xizmatlarini
to’lash; sotib oluvchi tomonidan to’langan soliqlar; drenaj, tozalash va
tekislash xarajatlarining qiymati kiradi.
Кapital qo’yilmalar deb sub’ekt tomonidan yangi asosiy vositalarni qurish,
sotib olish, rekonstruksiya qilish, foydalanilmayotgan asosiy vositalar
ob’ektlarining quvvatlarini kengaytirish va texnikaviy jihozlash uchun
mablag’larning sarflanishiga aytiladi.
Qurilish ishlari maxsus pudratchi tomonidan yoki kapital qurilish
bo’limi orqali xo’jalik usuli, ya’ni korxonaning o’z kuchi bilan olib
boriladi. Shuning uchun qurilish-yig’ish ishlarini amalga oshirish usuliga
qarab pudrat va xo’jalik usullariga bo’linadi.
Pudrat usulida qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi tashkilot pudratchi
deb atalib, qurilishni mablag’ bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi deb
nomlanadi.
Moliyalash (mablag’ ajratish) manbaiga qarab, kapital qo’yilmalar
sub’ektning o’z mablag’i hisobiga amalga oshirilgan kapital qo’yilmalari,
davlat subsidiyasi hisobiga, kredit va krazlar hisobiga amalga oshirilgan
kapital qo’yilmalar va boshqa kapital qo’yilmalarga bo’linadi.
Davlat subsidiyasi asosida kapital qo’yilmalarini moliyalashda shu
maqsadlar uchun ruxsat etilgan korxona va tashkilotlarning o’z
mablag’lari, byudjetdan ajratilgan mablag’lar va bank kreditlaridan
foydalanish mumkin. Limitdan ortiqcha bo’lgan kapital sarflarni shu
maqsadlarga ajratilgan moliyalash uchun markazlashtirilmagan moliyalash
manbalaridan foydalaniladi. Boshqa kapital qo’yilmalar jamoa, shirkat va
boshqa tashkilotlarning o’z mablag’lari hamda hissadorlik tartibida
olingan mablag’lar, va boshqa mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: