Davriy hisobga olish tizimini qo’llashda
yil davomida TMZning har
birining batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy Rеzеrvlarning haqiqiy
mavjudligi mavjud Rеzеrvlarning inventarizasiya natijalari bo’yicha
aniqlanadi. Sotilgan TMZning tannarxini inventarizasiya
yakunlanmaguncha aniqlab bo’lmaydi, chunki sotilgan TMZ tannarxini
hisoblash quyidagi formula bilan topiladi:
M
s
+M
k
=
M
t
-M
s1
=
M
r
, bunda
M
s
- hisobot davri boshiga bo’lgan TMZ qoldig’i
M
k
- kelib tushgan TMZ
M
t
- sotishga tayyor TMZ tannarxi
M
s1
- hisobot davri oxiriga bo’lgan TMZ qoldig’i
M
r
- sotilgan TMZ tannarxi
Davriy hisobga olish tizimini qo’llaganda, tovar-moddiy Rеzеrvlarning
balans schyotlaridagi qoldig’i inventarizasiya yakunlanmaguncha
boshlang’ich darajada qoladi. TMZning butun
harakati xarajatlarning
vaqtinchalik schyotlarida aks ettiriladi, masalan. materiallarning xaridi
«Tovar moddiy Rеzеrvlari»
balans schyotida emas, balki 1510-
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetida aks
ettiriladi. hisobot davrining oxirida TMZ qoldiqlarining inventarizasiyasi
natijalari bo’yicha TMZni hisobga olish balans schyotlarining debetlanishi
yoki kreditlanishi, «Tovar-moddiy Rеzеrvlar bo’yicha tuzatishlar» yoki
«Materiallarni xarid qilish bo’yicha xarajatlar»
schyotlari bilan
korrespondentlikda tuzatuvchi yozuvlar amalga oshiriladi.
Butun hisobot davri davomida sotilgan TMZning tannarxi «Tovar-
moddiy Rеzеrvlar bo’yicha tuzatishlar» schyotining qoldig’iga tuzatilgan,
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debeti bo’yicha
yig’ilib boriladi.
TMZni uzluksiz hisobga olish tizimini qo’llaganda TMZning balans
schyotlarida tovar-moddiy Rеzеrvlarning kelib tushishi va chiqib ketishi
batafsil aks ettiriladi. TMZni davriy hisobga olishda qo’llaniladigan
xarajatlarning vaqtinchalik schyotlari bu holda qo’llanilmaydi. Natijada
butun hisobot davri davomida TMZning ma’lum turlarining mavjudligi va
sotilgan Rеzеrvlarning tannarxi ma’lum bo’ladi.
Sotilgan TMZning tannarxi sotilish bo’yicha «Sotilgan
mahsulot
(tovar)ning tannarxi» schyotida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida uzluksiz va davriy tizimlarning asosiy farqi
shuki, uzluksiz hisob tizimiga muvofiq «Tovarlar» schyotida doimo yangi
xaridlar, sotuvlar va tovarlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa muomalalar aks
ettiriladi. Rеzеrvlarning davriy hisob tizimi yuritilganda ushbu schyot
93
bo’yicha ma’lumotlar hisobot davrining
oxirida mavjud tovar-moddiy
Rеzеrvlarining inventarizasiyasi o’tkazilmaguncha, boshlang’ich holida
qoladi. Natijada davriy hisob tizimi sharoitida ishlatiladigan «Tovarlarning
xaridi», «Sotib olingan tovarlarning qaytarib berilishi va narxining
pasaytirilishi», «Xaridorlardan chegirmalar» va «Tovarlarni
sotib olish
bo’yicha transport xarajatlari» kabi schyotlar Rеzеrvlarni uzluksiz hisobga
olish tizimi sharoitida ishlatilmaydi.
Ushbu farqlarni namoyon qilish uchun kanselyariya tovarlarining
ulgurji savdosi bo’yicha muomalalarni ikki xil tizimda hisobga olishni
ko’rsatamiz.
1.
Umumiy qiymati 1200000 so’m bo’lgan 100 birlik TMZ olindi, 2/10,
n/30 shartlarida, FOB-yo’nalish stansiyasi. Netto- xaridlar bo’yicha hisob
usuli qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: