DELTA ning qadamini 0,5 deb olish tavsiya qilinadi. Keyingi har bir qadamda EHM mana shu qadamni o‘zgartish asosida hisoblash davom etadi. f) BoshlangMch vektomi kiriting; Bu yerda X ^ , X n,...,Xh - boshlangMch vektorlar, ya’ni qiymatlar kiritila di. Bular aniqlikka, chegaraga va boshqa shartlarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. g) Optimallashning tipini tanlang: maksimum yoki minimum. Yuqoridagilar kiritilgandan so‘ng «Berilganlarni kiriting» tugmachasi bosiladi, natija olingandan so‘ng kompyuter optimallash jarayoni tugaganli- gi haqida xabar beradi. Dastur Delrhi 4 programmalashtirish tilida tuzilgan boMib, har tomon- lama mukammal ishlangan. Dasturdan barcha xohlovchilar, qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. POISK dasturidan olingan natijalarni quyidagi ko‘rinishda printerdan jadval sifatida chiqaziladi. Jadvallardagi ustunlar quyidagi tartibda tuzilgan: 1. Tartib raqami. 2. Maksad funksiyasining optimal miqdori. 3. Chegaralar sistemasining berilishi. 4. Yechimlar: X* miqdori. 5. BoshlangMch X lar. 6. Foydali qadamlar soni. 7. Foydasiz qadamlar soni. 8. Optimallash foizi. 14.8. K onstruksiyalam i hisoblashda ishonchlilik (надежность) nazariyasi Hozirgi zamon taraqqiyotida texnika murakkablashib borayotgani sari unga qo‘yiladigan talablar ham oshib bormoqda. Shunday talablardan biri - bu konstruksiyaning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligidan tashqari uning ishonchliligini ta’minlashdir. Shunga e’tibor berish kerakki, konstruksiya ning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligi masalaning deterministik mo deliga mansubdir. Bu konstruksiyaga ta’sir qilayotgan tashqi muhit va uning oMchami, tavsiflari o‘zgarmas miqdorlardir, degan so‘z.