92
qizamiq, sil va h.k.
Bu kasalliklarda infeksiya manbai va yuqish mexanizmiga qaratilgan chora-
tadbirlarning yetarlicha samara bermasliginiig asosiy sabablari - ushbu
kasalliklarning klinik va epidemiologik xususiyatlari bilan bog’liq, ya’ni kasallikka
umumiy moyillik, o’ta faol va oson amalga
oshuvchi yuqish mexanizmi,
kasallikning engil, yashirin kechishi, ularni o’z vaqtida va butunlay aniqlashning
qiyinligidadir. Shuning uchun ham bunday kasalliklarni kamaytirish va oldini
olishda emlash katta ahamiyatga ega va u asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Emlash ishlari yo’lga qo’yilgunga qadar yer kurrasining barcha joylarida
qizamik, difteriya, tepki, ko’k yo’tal kabi kasalliklar
bolalar orasida juda keng
tarqalgan bo’lib, o’lim hollari ko’pligining asosiy sabablaridan biri bo’lib
kelishgan. Bu kasalliklarga qarshi emlash o’tkazilishi natijasida kasallanish
holatlari keskin kamaydi. Masalan, Rossiyada Paster nomli epidemiologiya va
mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutida ishlab chiqarilgan qizamiqqa qarshi tirik
vaksina keng ko’lamda epidemiologik sinovdan o’tkazilganda kasallanish o’n
martaga kamaygan va emlashdan keyingi immunitet uzoq vaqt (5 yildan kam
emas) davom etishi aniqlangan. 1969 yildan boshlab bolalarni rejali ravishda
qizamiqqa qarshi emlash keng yo’lga qo’yilgan. Buning natijasida
mamlakatimizda qizamiq bilan og’rish keskin kamaydi. Difteriya, ko’kyo’tal,
qoqshol va poliomielit kasalliklariga qarshi profilaktik
emlash natijasida hozirgi
vaqtda mamlakatimizda difteriya kasalligi yakkam-dukkam holda asosan
emlanmagan yoki noto’g’ri emlanganlar orasida uchrab turibdi; ko’kyo’tal bilan
og’rish sezilarli darajada kamaydi; qoqshol bilan og’rish keskin kamaydi.
Poliomielit batamom tugatildi.
Immun zardoblar bilan passiv emlash yordamida ko’pgina yuqumli
kasalliklarning oldini olish yoki davolash mumkin.
Bunday zardoblar yordamida
yuqumli kasal bemorlari bilan muloqotda bo’lgan kishilarni emlash kasallik
tarqalishining oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: