123
qoladilar (20% va undan yuqori).
Surunkali tashuvchilar - 3 oydan ortiq bakteriya ajratadilar, ba’zan umrbod
ajratadilar. Ularning ulushi og’rib o’tganlarning 3-5%ga to’g’ri keladi. Paratif V da
qorin tifiga qaraganda kamroq bakteriya tashuvchilik yuzaga keladi.
Tranzitor tashuvchilar - tashuvchilikning bu xili
qorin tifi yoki paratif
bakteriyalarining infeksiyaga moyil bo’lmagan kishilar ichagiga har qanday
tushishlari oqibatida yoki kam miqdorda tushganda vujudga keladi. Bunda
mikroblar qonga yoki ichki organlarga o’ta olmaydi
va bir necha kungacha
ichakdan tashqariga chiqarilib turishi mumkin. Odatda tranzitor tashuvchilikda
qo’zg’atuvchi bir marta najasda aniqlanadi. Bakteriyalarning siydik yoki o’t
suyuqligida mavjudligi tranzitor tashuvchilikni bekor qiladi. Surunkali tashuvchi
yoki tranzitor tashuvchilikni faqat shifoxona sharoitidagina aniqlash mumkin.
Oziq-ovqat korxonalarida ishlovchilar orasida bakteriya
tashuvchilar aniqlansa,
bunday shaxslar ishga qo’yilmaydilar va tashuvchilik turini aniqlash uchun
bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bakteriya tashuvchilarda 5 marta najas va
siydik bakteriologik tekshiriladi, bir marta safro va bir marta qon zardobi sisteinda
barqaror antitelolarni aniqlash uchun RPGA qo’yiladi.
Bakteriologik tekshiruv natijalari manfiy, biroq, serologik tekshiruv natijalari
musbat chiqqan hollarda najas, siydik va safroni yana qaytadan tekshiriladi.
Agarda shifoxona sharoitida oziq-ovqat korxonasi ishchilarida tranzitor
tashuvchilik aniqlansa, bunday shaxslar ishga qo’yilmadi, keyinchalik 2 yil
davomida bunday shaxslarning har chorakda (xuddi o’tkir tashuvchilik aniqlangan
hollardek) siydik va najaslari tekshirilib turiladi. Ich terlama va paratif kasalliklari
bakteriyalari yana bir marta bo’lsa
ham safrodan, siydikdan ajratib olingan shaxslar
surunkali tashuvchi deb hisoblanadi.
Surunkali tashuvchilik aniqlanganda, Shuningdek oziq-ovqat korxonasi
xodimlari shifoxonada
tekshirishdan bosh tortsalar, ular ishga qo’yilmaydi,
surunkali tashuvchilar kasblarini o’zgartirishlari lozim.
Maktab, maktab-internat o’qituvchilari orasida ich terlama va paratif
qo’zg’atuvchilarini tashuvchilik aniqlansa, ular o’qishga qo’yiladi,
lekin oziq-
ovqat mahsulotlarini tayyorlash, transportirovka qilish va tarqatishga doir ishlarga
jalb qilinmaydilar.
Yasli va bog’chaga boradigan bolalar orasida tashuvchilik aniqlansa, ular
bog’cha va yasliga qo’yilmaydi va shifoxonaga tekshirishga yuboriladilar, chunki
ularda tashuvchilik qisqa muddatli bo’ladi, agar tashuvchilik davom etaversa,
ularni bog’cha yoki yasliga qo’yishni aniq vaziyatni
hisobga olgan holda hal
qilinadi.
Agar oziq-ovqat korxonasi xodimi yoki unga tenglashtirilgan kasb egalari oila
a’zolaridan birida surunkali tashuvchilik aniqlansa, ular ishdan chetlashtirilmaydi
va mahsus tekshiruvdan o’tmaydi. Tashuvchi yashash joyini o’zgartirsa, u haqidagi
ma’lumotlar yangi yashash joyi bo’yicha DSENMga yuboriladi.
Har bir surunkali tashuvchida qo’zg’atuvchining fagotipi aniqlanib, 364-
shakldagi ro’yxatga yozib qo’yiladi. Bemor va bakteriya tashuvchilar shifoxonadan
klinik tuzalgandan so’ng va 3 marta siydik va najasni tekshirilganda manfiy natija
124
bersa, shifoxonadan chiqarilib yuboriladi. Birinchi tekshirish isitma tushgandan
keyin 5 kun o’tgach o’tkaziladi, keyinchalik esa 5 kunlik tanaffus bilan o’tkaziladi.
Antibiotik olgan rekonvalessentlar normal haroratning 21 kunidan, olmaganlar esa
14-kunidan keyin shifoxonadan chiqariladilar. Shifoxonadan oldingi (chiqarishdan
oldingi) tekshirishda bemorda qorin tifi yoki paratif qo’zg’atuvchilarining
aniqlanishi, shifoxonadan chiqarishga to’sqinlik qila olmaydi.
Dostları ilə paylaş: