O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 12. SALMONELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə91/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

MAVZU 12. SALMONELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: Salmonellyozlar epidemiologiyasi, profilaktikasi
va epidemiologik nazorati bilan tanishtirish.
2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish.
Mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi.
3.Ushbu mavzuni o’tgach talaba quyidagilarni bilishi kerak:
3.1. Aholining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishida salmonellyozlarning
o’rni.
3.2. Salmonella tifimurium gospital shtammining o’ziga xos xususiyatlari va
salmonellyozlar qo’zg’atuvchilarining turlari.
3.3. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida
epidemik jarayon rivojlanishi mexanizmi va namoyon bo’lishining o’ziga xos
xususiyatlari.
3.4. Salmonellyozlarning antroponoz va zooantroponoz shaklda tarqalishi va
ularda epidemik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari.
3.5. Salmonellyozlarning yosh bolalar orasida tarqalishida epidemik
jarayonning o’ziga xos xususiyatlari.
3.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligi.
3.7. Epidemiologik nazoratni tashkil etish.
4. Talaba mashg’ulot davrida quyidagilarni o’rganishi kerak:
4.1. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida
epidemik jarayon rivojlanishini baholash, uning rivojlanish shart-sharoitlarini ocha
bilish.
4.2. Salmonellyozlarning epidemik o’choqlarida epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi.
5.1. Kirish, mashg’ulot maqsadini tuShuntirish va mavzu ma’nosini anglab
olish.
5.2. Talabalarning Shu mavzu yuzasidan bazis bilimini aniqlash.
5.3. Salmonellyozlarning epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama
qilish.
5.4.
Salmonellyozlar
tarqalishida
hayvonlarning
va
odamlarning
epidemiologik ahamiyati.
5.5. Salmonellyozlarning yuqish yo’llari va mexanizmi, oziq-ovqat va
maishiy-muloqot yuqish yo’llarini tavsifi.
5.6. Salmonellyozlar bilan kasallanishning ko’p yillik va bir yillik
dinamikasining o’ziga xos xususiyatlari, salmonellyozlar bilan kasallanishning
aholi guruhlari orasida tarqalganligi.
5.7. Salmonellyozlarda epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar.
5.8. Salmonellyozlarda epidemiologik nazoratning mazmuni.
5.9. Holatiy masalalarni yechish.
5.10. O’tkazilgan mashg’ulotning o’zlashtirilganligini tekshirish.
5.11. Keyingi mashg’ulotga vazifa berish.



130
6. Talabalarning mustaqil ishi.


6.1. Mavzu bo’yicha tavsiya qilingan adabiyotlarni o’rganish.
6.2. Axborot uchun materiallarini o’rganish.
6.3. Mavzuga tegishli masalalarni yechish.
6.4.Salmonellyozlarning epidemiologik nazorati sxemasini tuzish.
7. Tavsiya etilgan adabiyotlar:
7.1. Belyakov V.D., Yafaev R.X. Epidemiologiya M. 1989 y. 382-386 bet.
7.2. Salmonellyoz pod.red. Pokrovskogo V.I., Kilesso V.D. i dr. Toshkent
1989 y.
7.3. Salmonellyoz Usmanov M.K., Mirtazaev O.M. Toshkent 1991 y.
7.4. O.M.Mirtazaev. "Salmonellyozlar va ularning oldini olish". Toshkent
1993. Ibn Sino nashriyoti.
7.5. Ma’ruza "Salmonellyozlarning epidemiologiyasi va profilaktikasi".
7.6. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 1993y. 06.10. 491-
buyrug’i "O’zbekiston Respublikasida salmonellyoz kasalliklarini oldini olish
chora-tadbirlari haqida".
7.7. SanPiN 0005-95 "Sanitarno-protivoepidemicheskie pravila ispolzueme v
epidemiologicheskom nadzore za salmonellyozami".


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin