190
pasaytirish hisoblanadi.
Retrospektiv va operativ epidemiologik tahlil o’tkazishda
quyidagi holatlar
hisobga olinadi:
1. Kasallanish ko’tarilishi har doim 1 yoshgacha bolalar kasallanishi bilan,
ba’zi hollarda esa, ayniqsa epidemiyaning boshlanishida
shaharlardagi uyushgan
kollektivlarga kelgan yoshlar ham kasallanadi (oliy o’quv yurtlariga kelganlar va
boshqalar). Shuning uchun barcha hududlarda har yili 1 yoshgacha bolalar orasida
kasallanish o’sishining darajasi aniqlab boriladi. O’lim darajasining ko’zga
ko’rinarli tarzda o’sishi noqulay prognostik belgi hisoblanadi. Xuddi shu tarzda
(o’sishi) 15 yoshgacha va undan kattalarda aniqlanadi.
Bunda ularni shaharlarga
kelishi va uyushgan jamoalarga qo’shilishi hisobga olinadi.
2. Menigokokk infeksiyasining tarqalgan shakli bilan aholining shikastlanishi
kelgusi yilda kasallanish o’sishining noyabr-dekabr oylarida sentabr bilan
taqqoslaganda (o’sish indeksi) qisqaligi tufayli aniqlanadi.
3. Epidemik jarayonni kuzatib borish uchun aholining tanlab olingan yetarli
reprezentativ indikator guruhlarida tashuvchilikni doimiy o’rganish
maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Materialni 2 marta sentabrda va noyabr-dekabr oylarida
olinadi. Avgust va dekabr oylarida qon topshiruvchilar - donorlar zardobining
immunologik ko’rsatkichlarini doimiy kuzatib borish yaxshi natija beradi.
Antitelolar darajasining o’sishi bo’lajak epidemik
ahvolni baholashga imkon
beradi. Epidemik ahvolni baholash asosida u yoki bu epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlarni o’tkazishning kundalik va perspektiv qarorlari ishlab chiqiladi.