O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə141/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

MAVZU 
19. 
MENINGOKOKKLI 
INFEKSIYALARNING 
EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI 
VA 
EPIDEMIOLOGIK 
NAZORATI 

1. Mashg’ulotning maqsadi: Meningokokkli infeksiyalarda epidemik jarayon


rivojlanish mexanizmini va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik
nazoratni tashkil etish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 6 soat, mustaqil ish
- 2 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati va aholining kasallanish
darajasi;
3.2. odamlarning kasallikka va bakteriya tashuvchilikka moyilligi;
3.3. meningokokkli infeksiyalar epidemiologiyasiga taalluqli savollarni
muhokama qilish;
3.4. infeksiya tarqalishida surunkali tashuvchilarning roli;
3.5. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish.
4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
4.1. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi;
4.2. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi;
4.3. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlari;
4.4. epidemiologik nazoratni tashkil etish.
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
5.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilishi;
5.2. epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini tahlil qilishi;
5.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni
ocha bilishi.
6. Talabalarning mustaqil ishi.
6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish;
6.2. meningokokkli infeksiyalar profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan
tanishish;
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish;
6.4. masalalarni yechish.

Axborot uchun ma’lumot 

Meningokokkli yoki epidemik serebrospinal meningit havo-tomchi yo’li bilan


yuqib, miya yumshoq qavatlarining yiringli yallig’lanishi bilan kechadigan o’tkir
yuqumli kasallikdir.
Epidemik serebrospinal meningitning qo’zg’atuvchisi bo’lib meningokokk
(Neisseria meningitidis), ya’ni gramm manfiy diplokokk hisoblanadi.
Meningokokk tashqi muhitga chidamlidir. U bemor ajratmalari bilan ifloslangan
buyumlarda bir necha soat ichida, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida esa bir
necha daqiqada nobud bo’ladi. 56°S haroratda 5-10 daqiqada halok bo’ladi.



186
Meningokokkning A, V, S va D serologik turlari farqlanadi. Bizda asosan A va V


tipi ko’proq uchraydi.
Meningokokklar odam organizmiga yuqori nafas yo’llari orqali tushadi va
burun-halqum shilliq qavatining yuza qatlamlarida rivojlanadi. Bu esa burun-
halqumning kataral yallig’lanishi bilan kechadi (nazofaringit). U yerda
meningokokklar qonga o’tib, natijada meningokokksemiya yuzaga keladi. Qon
orqali ular miyaning yumshoq qavatlariga cho’kib, u yerda o’tkir yiringli
leptomeningit chaqiradi. Ko’proq artritlar, endokarditlar va ko’p sonli serroz
qavatlarning shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin.
Meningokokk infeksiyaning quyidagi klinik ko’rinishlari mavjud:
- o’tkir yiringli (ba’zan serozli) serebrospinal leptomeningit;
- meningokokkli sepsis;
- kataral nazofaringit;
- belgisiz infeksiya.
Belgisiz infeksiya va payqalmas shaklli turlari ko’proq (nazofaringit)
uchraydi. Inkubatsion davri o’rtacha 2-3 kunga teng, ayrim hollarda esa bir necha
soatdan 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallikdan keyin bir umrga immunitet
paydo bo’ladi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin