134
dorixonalar ishlarini doimo nazorat qilishi kerak.
3. Kemiruvchilarni yo’qotish salmonellezlarga qarshi kurashda eng muhim
chora-tadbirlardan hisoblanadi, chunki kalamush va sichqonlar hayvonlar
so’yiladigan joylarni, turli oziq-ovqat ob’ektlarini salmonellalar bilan zararlantirib,
chorvachilik va parrandachilik fermalarida infeksiyani tez-tez tarqatib turadi.
4. Quyidagi profilaktika choralari o’tkazilishi zarur: qishloq xo’jalik
hayvonlari orasida salmonellyoz bakteriya tashuvchiligini
aniqlash va ular bilan
kurashish, hayvonlarni hovlida so’yishni tartibga solish, hayvonlarni so’yishdan
oldin veterinariya ko’rigidan o’tkazish, so’yilgandan keyin ular go’shtini qayta
ishlaydigan joylarda veterinariya-sanitariya rejimini normallashtirish,
oziq-ovqat
mahsulotlarini doimo veterinariya-sanitariya ko’rigidan o’tkazish lozim.
4.1. Hozirgi vaqtda har xil em-xashak orqali yuqtirishning oldini olish
hayvonlar orasida salmonellyozlarga qarshi kurashish bo’yicha muhim
masalalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: