0rografiya. Har bir tik mintaqaning faqat o'ziga xos ekologik omillari bo'lganidek, faqat o'zi uchun xos fitotsenozlari ham bo'ladi. Ma'lum bir mintaqa ichida fitotsenozlarning taqsimlanishi esa hammadan oldin yonbag'irning Quyoshga nisbatan joylashishiga, qolaversa, yonbag'irlarning tik va qiyaligiga bog'liq. Buni G'arbiy Tiyonshanning Toshkent shahri yaqinidagi tarmoqlaridan biri Qorjontog' tizmasi misolida ko'rish mumkin. Uncha tik bo'lmagan suv ajratgichning janub tomonida har xil o'tlardan tashkil topgan quruq adirlarni ko'rish mumkin. Yonbag'irlarning qiyalik darajasi shu yonbag'irlardagi o'simliklarning umumiy proyeksiyasi qoplamida o'z ifodasini topadi. Odatda, yonbag'irning qiyalik darajasi qancha katta bo'lsa, o'simlik qoplami shuncha siyrak bo'ladi. Nazorat savollari O’simliklar qoplamini qaysi olim zonalarga bo’lgan.
O’simliklar qoplamining zonalari qaysilar.
Zonalarning bir biridan farqi (o’simlik qoplami bo’yicha).
MAVZU:GEOBOTANIK IZLANISHLAR AMALIY ASOSLARI Geobotanika fani o'simliklar geografiyasi tarkibida yuzaga kelgan. Uning shakllanishi geografiya va tuproqshunoslik kabi fanlar sohasida to'plangan materiallari bilan uzviy bog'Iangan. Maxsus geobotanik metodlar bilan tekshirishlar o'tkazish XIX asrning birinchi yarmida boshlangan. 1835- yilda O. Xeer tomonidan dastlabki geobotanik tasvirlashlar o'tkazilgan va turli o'simliklar guruhlari tavsiflangan (Shveysariya). Shu taxlitdagi tekshirishlar 1837- yillarda Askaniya- Novaning boshqaruvchisi tomonidan, 1860- yillarda esa F.I.Ruprext va 1. G. Borshovlar rahbarligida olib borilgan izlanishlar Rossiyada geobotanikaning shakllanishiga olib kelgan.
I. G. Borshov 1857-1858- yillarda Orol-Kaspiy o'lkasining o'simliklar qoplamini o'rgangan. U Orolbo'yi va Sirdaryo havzasining o'simliklarini batafsil o'rganib, 1865- yilda „МатериалыдляботаническойгеографииАрало-Каспийскогокрая" nomli asarini nashr etdi. 1866- yilda F. I. Ruprexlning „Геоботаничсскиe исслсдонанияочерноземе" nomli kitobi e'lon etildi. Bu asarida u birinchi bo'lib geobotanika terminini fanga kiritdi va uning predmeti o'simliklar guruhining atrof-muhit bilan aloqasini o'rganishdir deb tushuntirildi. O'simliklar qoplamining tarkibiga oid dastlabki ma'lumotlarni avstriyalik olim Kerncr o'zining „ЖизиьрастенийДунайскихстран" nomli asarida kellirgan, o'simliklar qoplamini formalsiyalarga ajratishni tavsiya etgan. XX asr boshlarida Rossiyada geobotanika sohasida mashhur rus olimlaridan S. 1. Korjinskiy, I. K. Pachoskiy, P. N. Krilov, A. N. Krasnov, D.I.Litvinov, G. F. Morozov tekshirishlari e'lon qilindi. A. Y. Gordyagin,
V. N. Sukachcv, B. A. Kellerlarning geobotanika sohasidagi dastlabki asarlari nashr etildi. Bu olimlarning asarlarida o'simliklar guruhlari (fitotsenozlar) oddiy to'plamlar emas, balki murakkab o'zaro bog'liq guruhlar ekanligi ko'rsatildi. Daniyalik olim G. Gams (1918) birinchi bo'lib fitotsenologiya terminini taklif etdi va u hozir geobotanikaning sinonimi tarzida ishlatiladi. Fitotsenologiyaning alohida fan bo'lib shakllanishida mashhur rus olimi
V. N. Sukachevning asarlari, ayniqsa, „Растительныесообщества" kitobi (1913) alohida rol o'ynaydi. Geobotanika sohasidagi dastlabki o'quv qo'llanmani A. Flerov va
B.A. Fedchenkolar (1902) yaratishdi. Bu kilob uzoq yillar davomida geobotaniklar tayyorlashda asosiy darslik bo'lib xizmat qildi. O'zbekistonda va O'rta Osiyoning unga yondosh hududlarida dastlabki botanik-geografik va geobotanik tekshirishlar XIX asrda boshlangan. 1841- yilda Aleksandr Leman Buxoro va Samarqand atroflarida, Zarafshonning yuqori oqimida botanik ma'lumotlar to'pladi va ular asosida I. G. Borshov (1865) Zarafshon vodiysini alohida botanik- geograllk hududga ajratdi. O'rta Osiyo cho'llari shimoliy hududlarining o'simliklar formatsiyalarini chuqur o'rganish natijasida o'simliklar qoplami mustaqil, avtoxton yo'l bilan paydo bo'lib rivojlanganligini isbotladi. 1868-1871- yillarda Zarafshon vodiysida O. A. Fedchenko botanik tekshirishlar olib bordi, bir yarim mingdan ko'proq o'simlik turlarini aniqladi, bir qator yangi tur va turkumlarni kashf etdi. 1881- yilda O'zbekistonda fransiyalik botaniklar Kapyu va Bonvalo ish olib borishdi, ularning ilmiy asarlarida O'zbekiston hududini tabiiy-tarixiy va ekologo-geografik hududlarga bo'lishga harakat qilindi. O'zbekiston o'simliklar qoplamini o'rganishda S. I. Korjinskiyning izlanishlari ancha salmoqli bo'ldi. Uning „ОчеркрастительностиТуркестана" (1898) asari O'zbekiston hududiga bag'ishlangan dastlabki yirik geobotanik asar edi. O'zbekiston va O'rta Osiyo hududida 1920- yillardan so'ng ilmiy geobotanik va botanik izlanishlar N. A. Dimo rahbarlik qilgan Tuproqshunoslik va geobotanika instilutida olib borildi. To'plangan ma'lumotlar O'rta Osiyo davlat univcrsiteti va Botanika instituti qoshida gerbariylami tashkil etish uchun asos bo'ldi. 1930-1960- yillar davomida O'zbekistonda geobotanikaga oid ilmiy ishlar akademik У. P. Korovin boshchiligida olib borildi. Ulardan
I. I. Granitov, M. M. Arifxonova, M. M. Nabiyev, A. U. Usmonov,
R. S. Vernik, N. I. Akjigitova, P. Q. Zokirov va boshqalar O'zbekiston hududini geobotanik jihatdan o'rganishga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shdilar. Mashhur olimlardan akademik Q. Z. Zokirov va uning shogirdlari bu sohada samarali izlanishlar olib borishdi. Y. P. Korovin boshchiligida O'rta Osiyo o'simliklar qoplamini o'rganish bo'yicha olib borilgan ilmiy tekshirishlar natijasida dastlab bir jildlik (1934), keyinchalik kengaytirilgan va to’ldirilgan ikki jildlik (1961, 1962). „Растительность Средней Азии и Южного Казахстана" nomli monografiyasi e'lon qilindi. Bu asarda mintaqaning o'simliklar qoplami batafsil o'rganilib, uning geologik tarixi juda chuqur tahlil qilindi 1931- yillardan boshlab I. I. Granitov boshchiligida O'zbekiston o'tloqzorlari (yaylovlari) geobotanik jihatdan o'rganila boshlandi. Natijada har bir viloyatning va O'zbekistonning o'simliklar qoplami xaritasi tuzildi. 1936- yillardan keyin O'zbekislonning yirik mintaqalarida yaylovlarni (o'tloqlar geobotanik jihatdan o'rganish avj oldi. Shu yillarda Q. Z. Zokirov Qashqadaryo, I.I.Granitov va boshqalar Surxondaryo, Qashqadaryo vaSangzor daryolarining havzalarida; Janubiy Qizilqum va Ustyurtda,
Y. P. Korovin boshliq I.I. Granitov, M. M. Arifxonova, L. D. Pyatayevalar ishtirokida ekspeditsiyalar tashkil ctildi. 1950- yillardan so'ng o'zbekistonlik geobotaniklarning asosiy faoliyali o'lloqzorlarni tiklashga qaratildi. Bu ishlarni amalga oshirishda
V. A. Burigin, Q. Z. Zokirov, L Y. Pauzner va N. S. Zaprometovalarning xizmatlari katta bo'ldi. 1957- yilda Bo'stonliqda tog'-geobotanik statsionari (A. Y. Butkov), 1959- yilda Qizilqum chol tajriba stansiyasi (I. F. Momotov), 1968- yilda esa Chonoqda yana bir yangi statsionar tashkil etilib, О. H. Xasanov,
R. S. Vernik tabiiy o'lloqzorlar muammolari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. O'zbekistonda geobotanik izlanishlarni olib borishda akad.
Q. Z. Zokirovning Zarafshon vodiysida olib borgan ishlari benihoya samarali bo'ldi. 1955- yilda u o'simliklar qoplamining tik mintaqalar bo'ylab tarqalishiga oid yangi sxema ishlab chiqdi va e'lon qildi. Shu yili „ФлораирастительностьбассейнарекиЗeравшан" asarining 1 jildi chop etildi va unda cho'l, adir, tog', yaylovdan iborat terminlar asoslab berildi. Uyushtirilgan ekspeditsiyalar, bajarilgan ilmiy ishlarning yakunlari sifatida o'zbekistonlik olimlarning bir qator monografiyalari chop etildi.
V. P. Drobovning „ФлораУзбекистана" (1950), „РастительностьнесчапныхпустыньУзбекистана" (1952); I. I. Granitovning 1964— 1967- yillarda chop etilgan „РастительныйпокровЮго-ЗападныхКизилкумов", R. S. Vernik, Z. Д. Maylun va I. F. Momotovlarning 1964- yilda chiqarilgan „Растительностьнизовьевипутиеёрациональногоиспользовании" kabi asarlari shular jumlasidandir. Farg'ona vodiysining o'simliklar qoplamini M. M. Arifxanova (1967). Nurota tog'lari va Qizilquntdagi qoldiq tog'laming o'simliklar qoplamini
P. Q. Zokirov batafsil o'rgandilar. O'zbekiston gcobotaniklari ishlarining yakunlari sifatida 1971-1984- yillarda akad. Q. Z. Zokirov tahriri ostida 4 jildlik „РастительныйпокровУзбекистана" nomli yirik asar nashr etildi. Hozirgi vaqtdamamlakatimizda geobotanikaga oid ilmiy-tekshirish ishlari asosan O'zR FA „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazida va bir qator oliy o'quv yurtlarining botanika kafedralarida olib borilmoqda. Dorivor o’simlik zaxirasini aniqlash usullari (hisoblash maydonchalari usullari) Zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan deyarli barcha o‘simliklar xalq tabobatida keng qo‘llanilgan. Xalq tabobatiga kerakli e’tibor qaratish dolzarb dorivor o‘simliklarni topishda juda qo‘l keladi. Bundan avvallari to‘plagan ma’lumotlardan zamonaviy tabobat uchun kerak bo‘lganlarini tanlab olish ularni ilmiy izlanishlarga tadbiq eta bilishimiz lozim. Bu ishlarni resursshunoslar bajaradi.
Resursshunos ish boshlashidan oldin katta tayyorgarlik ko‘radi. O‘rganiladigan yer xaqida to‘la ma’lumotlarni yig‘ib xulosa qiladi. Birinchidan adabiyotlarni ko‘rib o‘rganiladigan rayon yoki viloyat haqida, ob havosi to‘g‘rirog‘i, kun va tun harorati, suv bilan ta’minlanishini o‘rganib chiqadi. O‘simliklarni o‘sadigan joyga qarab resursshunoslar o‘sha yerni florasini chuqurroq adabiyotlar orqali (o‘simliklar kartasiga murojat qilib) va agar mavjud bo‘lsa ilgari olib borilgan resursshunoslik ishlarini hisobotlari bilan tanishib chiqadi.
Adabiyot yoki hisobotlar asosida izlanish olib boriladigan mintaqa florasi yani o‘sha yerni qoplaydigan formatsiyalar- o‘simliklar jamoasi, assosiatsiyalar – o‘simliklar qavmi, dominatlar –ustun turar (g‘olib turlar); uchraydigan populyasiyalar-o‘simliklar to‘dasi; endemik o‘simliklar –ma’lum xududdagi turlar va x.k.
O‘simliklarni o‘sadigan joylarni aniqlashda yoki ma’lum xududdagi turlarni aniqlashda O‘zbekiston o‘simliklarini gerbariylari bilan tanishishdir. Odatda gerbariy saqlash xonalarini xodimlari gerbariy bilan tanishtirish haqida zarur foydali ma’lumotlar berishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha ishlar ekspeditsiya boshlanishidan oldin bajarilishi kerak. Olib borilgan ishlar natijasida o‘simliklarga boy xududlar (tog‘, tog‘oldi, dasht) aniqlanadi. Shunday yo‘l tutilsa o‘simliklar tarqalgan yerlardagi asosiy populyasiyalar aniqlanib resursshunoslik ishlar to‘g‘ri olib borilayapti deb hisoblanadi.
Bu izlanishlardan so‘ng geobotanik ma’lumotlariga suyangan xolda, umuman uchraydigan o‘simliklar bilan tanishib chiqadi. O‘rganilayotgan yerdagi o‘simliklar fitotsinozi assosatsiyalar va formatsiyalar bilan tanishadi. Flora bilan tanishgandan so‘ng dorivor o‘simliklarga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zbekistonda ancha endemik o‘simliklar uchrab turadi, ularga ham alohida e’tibor beriladi. Ferula turlari, qora qovuq- ungerniya va boshqalar. Ekspeditsiyaga tayyorgarlik qilinadi. Taxlil qilinadigan joyga borgandan so‘ng, o‘simliklar xaqidagi ma’lumot yerlik, qishloq xo‘jalik yoki bor bo‘lsa o‘simliklar kartasi bilan tanishiladi. Ma’lum darajada yerlik axoli yordamidan foydalaniladi. Ular yordamida o‘simlik bor yerlarni va ularga yetib borish masalalari xal qilinadi. Ko‘p xollarda o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, xossalarini yanada chuqurroq o‘rganish natijasida uning tibbiyotning boshqa soxasi qo‘llanish xollari uchrab turadi. Bundan izlanuvchilar asosan bir paytlar tabobatda qo‘llanilgan biroq xozirda unitilayotgan o‘simliklarni o‘rganish orqali ularni yana amaliyotga joriy qilishlari mumkin. Bunday o‘simliklarga resursshunoslar alohida e’tibor qilib, ularni chuqurroq o‘rganadilar. O‘sayotgan yeri hosil qilgan populyasiyasi va zahirasiga qarab tavsiyalar qilinadi.
Azaldan ma’lumki botanik jixatdan qarindosh bo‘lgan o‘simliklar kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin bo‘lishi mumkin. Buning natijasida farmakologik ta’siri ham yaqin bo‘ladi. Bu biologik qonuniyatni bilgan holda izlanish olib borish ancha maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha bizning olimlarimiz o‘simliklarni sistematik o‘rnini uning kimyoviy tarkibi orasidagi bog‘liqliklarni o‘rganadilar. Bunda u muammoni o‘rganish doirasida aniq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Qonuniyatdagi cheklanish xolatlarida o‘simliklarning fiologenetik, bioximik ko‘rsatgichlari o‘rtasida hech qanday paralellik mavjud bo‘lmasligi mumkin. Ko‘pchilik xollarda o‘simliklarga bo‘lgan talab bir paytlar maxsus belgilangan bir o‘simlik xom ashyosini yig‘ish orqali qondiriladi. Bu dorivor o‘simliklarni o‘rganishni rivojlanishiga to‘siqlik qiladi. Filogenetik usullardan foydalangan holda qarindoshligi yaqin bo‘lgan o‘simliklarni aniqlash va xom ashyo sifatida tavsiya qilinadi.