O ’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə9/43
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#140194
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish

Nazorat savollari
1. Rеspublikamizda yovvoyi dorivor o’simliklarga boy viloyatlarni ko’rsating.
2. O’simlik olamiga zarar еtkazmaslik uchun qanday chora tadbirlar tavsiya qilinadi?
3. Dominant va endеm o’simliklar haqida tushuncha.
4. O’simlik olamiga zarar еtkazmaslik uchun qanday chora tadbirlar tavsiya qilinadi?
Floristik izlanishlar amaliy asoslari


MAVZU: FLORISTIK IZLANISHLARNI AMALIY ASOSLARI
O'simliklar qoplamini o'rganishda va tavsiflashda ikkila muhim tushunchani, ya'ni flora va o'simliklar qoplamining farqini bilish zarur. Ma'lum mamlakat yoki hududda tarqalgan o'simlik turlarining majmuasi yoki ro'yxatiga flora deb ataladi. Masalan, Zarafshon vodiysining florasi yoki Buxoro viloyatining florasi, O'zbekiston florasi va boshqalar. Muayyan hududning florasi deganda asosan yovvoyi holda o'sadigan o'simliklar turlari tushuniladi. Bir hudud florasi boshqa hudud florasidan farq qiladi. Buning asosiy sababi orografiya, iqlim va tuproq hamda o'simlik turlarining kelib chiqishi bilan bog'liq. Yer kurrasi maydonlarida uchraydigan o'simlik turlarining soni 500 mingga yaqin. O'zbekiston o'simliklarga boy o'lka, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra unda 4500 ga yaqin yuksak o'simlik turlari o'sadi.
O'simlik qoplami deganda Yer yuzining turli hududlaridagi har xil muhitlarda o'sayotgan o'simliklar guruhi (fitotsenozi) tushuniladi. O'simlik qoplami tushunchasi keng va tor ma'nolarda bo'lishi mumkin. Masalan, keng ma'noda aytilgan archazorlardan iborat o'simliklar qoplami o'z navbatida qora archazor (J. seravschanica), o'rik archazor (J. turkestanica) va saur archazor (J. semiglobosa)lardan iborat tor (kichik) ma'nodagi guruhlarni bildiradi.
Fitotsenoz belgilari. Fitotsenozning asosiy belgilari: 1.Florasining tarkibi — shu fitotsenoz uchun xos bo'lgan turlar yig'indisi.
2.Fitotsenoz tarkibiga kiradigan turlarning uchrash darajasi mo'lligi.
3.Bir nechta turning ko'p bo'lishi, ya'ni son jihatidan boshqa turlarga nisbatan ancha ko'pligi,— ustunligi (edifikator va subedifikator turlarning mavjudligi). 4. Pog'onaliligi — o'simlik yerustki qismlarining pog'onalanishi. 5. O'simlik qoplamining to'laligi — zichligi. 6. Orografiyasi. 7. Tuprog'i. 8. O'simlik qoplami qiyofasining — manzaraning mavsumga qarab o'zgarishi (смена аспектов). 9. Biologik unumdorlik. 10. Fitotsenoz areali. 11.Hayotiyligi. 12. Fitotsenozning vaqtga qarab o'zgarishi — suksessiyasi.
Fitotsenozning floristik tarkibi. Fitotsenozning asosiy belgisi uning floristik tarkibidir. Fitotsenozlar asosan, floristik tarkibiga qarab bir-biridan ajratiladi. Shu bilan bir qatorda, (floristik tarkibi har yili ham bir xil bo'lavermaydi. U ozmi-ko'pmi o'zgarishi mumkin. Ba'zi yillarda bu o'zgarish juda sezilarli bo'lib qoladi. O'zbekiston cho'llarida, ayniqsa Ustyurt va Qizilqum cho'llarida efemerlar butunlay chiqmaydigan (o'smaydigan) yillar tez-tez uchrab turadi. Bunday holda u yerlarning floristik tarkibi 2—3 marta kamayib ketadi.
Fitotsenozning floristik tarkibi birinchi navbatda o'simlik tarqalgan joyning tuprog'iga bog'liq. Fitotsenozning tuprog'i qancha yaxshi taraqqiy etgan bo'lsa (bu o'z navbatida, ko'pincha iqlim bilan bog'liq), uning floristik tarkibi shuncha boy bo'ladi.
Fitotsenoz tarkibiga kiradigan turlarning uchrash darajasi—mo'lligi. Fitotsenozni tashkil qilgan turlar, ularning soni va uchrash darajasi shu fitotsenozdagi ekologik sharoitga, uning bir xilligi yoki turli-tumanligiga bog'liq. Fitotsenozning ma'lum bir uchastkasidagi ekologik sharoil shu yerda o'sib turgan turlarning ba'zilari uchun juda qulay bo'lsa, boshqalari uchun noqulay bo'lishi mumkin. O'z-o'zidan ma'lumki, fitotsenozdagi turlarning uchrash darajasini — mo'lligini ifodalash uchun Drude shkalasidan — uning turli variantlaridan foydalaniladi. Mo'llikni baholovchi Drude shkalasi dastlab besh ballik edi, keyin 7 ballik bo'lgan. Ballar quyidagicha belgilangan va ifodalangan:
Socialis-soc — shox-shabbasi bilan bir-biriga tegib turadi.
Copiosae cop3 — bir turga kiradigan o'simlik juda ko'p.
Copiosae cop2 — ko'p.
Copiosae cop1 — deyarli ko'p.
Sparsae sp — uchrash darajasi o'rtacha.
Solitariae sol — juda kam uchraydi.
Unicum un — uchastkada bitta o'simlik uchraydi.
Keyinchalik har bir ball uchun belgi emas, sanalar: 5-4-3-2-1 ishlatiladigan bo'ldi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston botaniklari turlar
mo'lligini belgilash uchun 7 yoki 10 ballik shkaladan foydalanishadi. Bu shkala quyidagicha ifodalanadi:
10 — shox-shabbasi bilan bir-biriga tegib turadi.
9 — juda ko'p uchraydi.
8 — ko'p uchraydi.
7 — deyarlik ko'p uchraydi.
6 — uchrash darajasi o'rtacha.
5 — deyarli kam uchraydi.
4 — kam uchraydi.
3 — juda kam uchraydi.
2 — ahyon-ahyonda uchraydigan tur.
1 — tavsiflanayotgan uchaslkada 1 yoki 2 uchraydigan tur.
Fitolsenozdagi turlarning uchrash darajasini bunday ko'z bilan aniqlashda ancha subyektivlik bor. Bundan tashqari, modomiki gap tur qalinligining har xilliligi ustida borar ekan, ko'p yoki kam degan tushunchalar aniq ma'lumotlar bermaydi. Shuning uchun ham L.G.Ramenskiy fitotsenoz yoki uning bir qismida o'sib turgan o'simliklarning umumiy zichligi (qalinligi) va undagi ayrim turlarning rolini aniqlash uchun obyektiv metod taklif qilgan. Bu metodda asosiy o'lchov o'simliklar yoki alohida tur bilan qoplanib turgan yer foizi, ya'ni proyeksiya qoplami hisoblanadi.
Proyeksiya qoplami deb o'simliklar qoplamining yoki alohida bir turning o'zi o'sib turgan yuzani (tuproq yuzasini) bekitish, qoplash darajasiga aytiladi. Bunda o'simlik qoplami ayrim tur tomonidan, shu o'simlik qoplamini tur o'sib turgan tuproq yuzasining necha foiz qoplaganligi (yopilganligi) hisobga olinadi. L.G.Ramenskiy fitolsenozdagi o'simliklarning umumiy proyeksiya qoplami va undagi ayrim proyeksiya qoplamining foizini bir foizning o'ndan birigina aniqligida hisoblashni tavsiya elgan.
Edifikatorlar, soedifikatorlar va subedifikatorlar. Edifikatorlarning lug'aviy ma'nosi tashkil qiluvchidir. Edifikatorlar fitotsenoz asosini tashkil qiluvchi o'simliklardir (turlardir), bular yashash jarayonida fitolsenozdagi boshqa o'simliklarning yashashi uchun sharoit tug'dirib beradi. Edifikatorlar fitolsenozdagi sharoitni va nihoyat butunlay fitosenozni o'zgartirib yuboradigan o'simliklar hisoblanadi. Demak, edifikatorlar fitosenozdagi eng asosiy va eng ko'p uchraydigan o'simliklardir.
Fitosenozda, odatda qandaydir bitta tur boshqa turlarga nisbatan juda ko'p o'sadi, ya'ni edifikator bo'ladi. Fitotsenozda edifikatordan keyingi o'rinda turuvchi asosiy o'simliklar soedifikatorlar deyiladi.
Fitosenozni tashkil qilishda sezilarli rol o'ynaydigan, lekin edifikatorlarga nisbatan son jihatidan kamroq uchraydigan turlarga (bular ham ko'p emas) subedifikatorlar deyiladi.
Geobotanikaga oid adabiyotlarda fitotsenozning asosiy turlari uchun yana boshqa bir termin — dominant termini ham qo'llaniladi. Dominantning lug'aviy ma'nosi ustunlik qilish demakdir.
Fitotsenozning pog'onaliligi. Fitosenozni tashkil qiluvchi turlar turli balandlikda o'sadi. O’zbekiston to'qaylaridagi turang'ilzorlarda turang'ilning siyrak tuplari orasida yulg'un, uning ostida esa yantoq yoki tuyatovon o'sadi. Tuproqning usti bo'lsa sho'ra, ajriq bilan qoplangan bo'ladi. Bunday fitosenoz to'rt pog'onalik fitotsenoz deyiladi. Bunda I - pog'onani — Turang'il, 2 - pog'onani — Yulg'un, 3- pog'onani — yirik o'tlar (yantoq, tuyatovon va hokazo), 4-pog'onani mayda o'tlar tashkil qiladi. Archazorlar besh pog'onalik fitosenozni tashkil etadi. Bunda 1 - pog'onani — archa, 2 - pog'onani — olcha, 3 - pog'onani — zirk, 4 -pog'onani — shashirga o'xshash yirik va 5 - pog'onani rang yoki qoraboshga o'xshash mayda o'tlar tashkil qiladi. Har xil o'tli adirlarda fitosenoz asosan uch pog'onadan iborat. Bunda 1-pog'onani gulxayri va sariq andiz, 2 - pog'onani bug'doyiq va 3 - pog'onani qo'ng'irbosh tashkil eladi.
Yuqorida aytib o'tilganlarning barchasi fitosenozning yer ustidagi pog'onalariga taalluqli. Fitosenozlarning pog'onalik tuzilishi, shu fitosenozlarni tashkil qilgan o'simliklarning yorug'likka nisbatan turlicha munosabatda bo'lishiga bog'liqdir. O'z-o'zidan ma'lumki, pastki pog'onalarni tashkil qiluvchi o'simliklar soyaga chidamli turlardan yoki yuqori pog'onadagi o'simliklar barg yozib pastki qismini soya qilguncha o'z hayotiy siklini tamomlovchi turlardan iborat bo'ladi.
Fitosenozning yerustkipog'onalaridan tashqari ycrostkipog'onalari ham mavjud. Odatda, o'simlikning ycrustki qismi qancha kuchli taraqqiy clgan bo'lsa, ya'ni u qancha baland bo'lsa, yerostki qismi ham shuncha kuchli taraqqiy etib, chuqurlashgan bo'ladi. Shunga ko'ra, har xil turlarning ildiz sistemasi turlicha chuqurlikda joylashadi. Bu hoi o'simliklarning tuproq unumdorligini, tuproqdagi har xil oziqa moddalarni, namlikni to'laroq o'zlashtirishga imkon beradi,
O'simliklardan xoli bo'lgan bo'sh maydonlarni birinchi bo'lib egallayotgan o'simliklar ekologik jihatdan turli-tuman bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday uchastkalarda tabiiy tanlash birinchi yildayoq o'z ta'sirini ko'rsata boshlaydi. Natijada oradan ozmi-ko'pmi vaqt o'tishi bilan fitosenoz tashkil topadi.
Fitotsenozda o'simlikning zichiigi. O'rmonlarni yoki daraxtzorlarni tekshirishda va tavsiflashda zichlik termini qo'llaniladi. Bu termin orqali o'rmondagi daraxtlar shox-shabbasining zichlik darajasi foiz bilan, ko'pincha esa birlik bo'laklari bilan belgilanadi. Masalan, o'rmondagi daraxtlar zichligi 0,5 ga teng deyilsa, shu o'rmondagi daraxt shox-shabbalarining tekislikdagi proyeksiyasi tuproq yuzasining 50 foizini qoplaydi.
Sibirdagi eng qalin o'rmonlarning zichligi 1,0 yoki 100 foizga to'g'ri keladi. O'rta Osiyo sharoitida, quyi tog' uchun xarakterli kserofil archazorlarning zichligi 0,3-0,4; yuqori tog' uchun xos mezofit archazorlarniki esa 0,8-0,9 ga tengdir.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin