O ’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


MAVZU:“QIZIL KITOB”NING O’SIMLIK VA HAYVONOT OLAMINING MUHOFAZASIDAGI O’RNI



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə25/43
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#140194
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish

MAVZU:“QIZIL KITOB”NING O’SIMLIK VA HAYVONOT OLAMINING MUHOFAZASIDAGI O’RNI
Yer sharidagi o‘simlik va hayvonot olamidan qator o‘simlik turlarini yo‘qolib ketish xavfi 1948 yilda xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotini (msop) (mejdunarodnыy soyuz oxranы prirodы) doimiy komissiyasini tuzilishiga olib keldi. Ular o‘simlik va hayvon turlarini yo‘qolish sabablarini o‘rganadilar va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar. Shu vaqtdan boshlab butun dunyoda yo‘qolayotgan o‘simlik va hayvon turlari ro‘yxatini tuzish boshlangan. angliyalik zoolog Piter Skot taklifiga ko‘ra xalqaro qizil kitob tashkil qilindi - unga noyob (redkie), yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simliklar bo‘yicha qisqa ma’lumotlarni chop etish 1966 yildan boshlangan. 1979 yili shu xalqaro qizil kitobga 321 ta dengiz maxluqlari (melkopitayuщix), 485 tur qush, 141 tur sudralib yuruvchilar va 41 tur erda va suvda yashaydiganlar va 194 tur baliq kirtilgan. 99 o‘simlik turlari (sosudistыe rasteniya) bu kitobda 250 turni tashkil qilgan. Shu bilan birga komissiya 1600 yildan boshlab yer yuzidan yo‘qolib ketgan hayvonot va o‘simlik turlari ro‘yxatini ham tuzgan.
Mustaqil hamdo‘stliklar davlatlarida (mdh) qo‘riqlanishga muhtoj bo‘lgan o‘simliklar ro‘yxati kiritilgan “qizil kitob yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning muhofazaga muhtojlari” 1975 yilda butunittifoq botaniklar jamiyati tomonidan tayyorlangan. Ushbu kitobni 2 chi nashri 1981 yili “mdx (sssr)dagi muhofazaga muhtoj yo‘qolayotgan flora turlari” (“redkie i ischezayushie vidы florы sssr, nujdayuщiesya v oxrane”) chop etilgan. Bu ishlarda ilmiy jamoatchilikni takliflari keltirilgan bo‘lib, qayerda va qanday o‘simliklarni muhofaza qilish, qo‘riqlash ko‘rsatilgan bo‘lib ular sssr qishloq xo‘jaligi minstrligining, 1978 y. chop etilgan qizil kitobini (krasnaya kniga sssr) asosini tashkil qilgan. Ushbu kitobni ikkinchi nashri sssr minstrlar soveti qarori asosida 1984 yilda chop etilgan. SSSR qizil kitobiga 681 tur o‘simliklar kiritilgan bo‘lib, ular to‘g‘risida qisqacha xarakteristika (tavsifi), biologik o‘ziga xosligi va ularni himoya qilishni choralari keltirilgan.
1978 y. 27 sentyabrda O‘zbekiston hukumatining №564 raqamli qarori,
O’ZRFA prezidiumining 1978 y, 24 noyabrdagi №135 raqamli qarori hamda, O’ZRFA ilmiy kengashining biosfera muammosi bo‘yicha 1979 y. 6 iyuldagi №2 byurosida “O‘zbekiston qizil kitobi” ta’sis etilgan. “Qizil kitob”ga u yoki bu ob’ektni kiritilishiga asos, shu ob’ektni bundan buyon hayoti xavf ostidaligi hisoblangan. “qizil kitob”ning ahamiyati faqat yo‘qolayotgan hayvonot yoki o‘simliklar ro‘yxatini tuzish bilan cheklanmaydi. Unda ro‘yxatda keltirilganlar to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar ham keltirilgan. “qizil kitob”ning vazifasi yo‘qolayotgani hayvonot va o‘simliklarni ehtiyot qilish va saqlashga jamoatchilikni va hukumat idoralarini e’tiborini jalb qilish.
O‘zbekiston florasining 400 dan ortiq muhofazaga muhtoj bo‘lgan o‘simlik turlaridan 163 tasi “qizil kitob”ni 1chi nashriga kiritildi, chunki ular eng ko‘p yo‘qolish xavfi ostida edilar. Kam uchraydigan va yo‘qolayotgan turlarni aniqlash davom etmoqda.
O‘zbekiston respublikasi hududida hozir 4500 ga yaqin yovvoyi o‘simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.
Respublika qo‘rikxonalarida muhofaza qilinayotgan floralarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib ketmokda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-etmak, dorivor o‘simlik - bozulbang, oziq-ovqat o‘simligi - anzur piyozi kabilar keyingi yillarda butunlay kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.
Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofidagi qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan. Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimiz. O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgach, atrof muhitni, xayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda "tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida", 1993 yil 7 mayda "alohida muhofaza qilinadigan hududlar to‘g‘risida" va nihoyat, 1997 yil 26 dekabrda "o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar barcha o‘simliklar turlarini saqlab qolish, uni asrab-avaylash va muhofaza qilishda muhim xujjatlar bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi qizil kitobning 1984 yilgi nashrida kiritilgan va ushbu turlarning taqdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmokdalar. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatdi. Masalan, anzur va suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsada, ma’lum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan minkvitsteziumi nomli o‘simlik turining soni 7 tadan 17 tagacha yetdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan korovin shirachining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketgan. Omonqora o‘simligi, piskom piyozi, margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni qo‘riqlash tizimini tashkil qilish
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mintaqada, qolaversa yer yuzida ekologik muvozanatni boshqarib turadi, chunki busiz tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, har qanday xo‘jalik faoliyat oqibatini oldindan ko‘raolmaslik, tabiiy muhitni saqlashni ham iloji bo‘lmay qoladi.
Nazorat savollari

  1. Qizil kitobda kiritilgan o’simliklar.

  2. Qizil kitobda kiritilgan hayvonlar.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin