O ’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə27/43
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#140194
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish

Payg‘ambarorol qo‘riqxonasi. Bu Termiz shahridan 20 km quyida joylashgan. Orolning maydoni 4000 gektar. Payg‘ambarorol qo‘riqxonasining to‘rtdan uch qismi qalin to‘qayzorlar bilan qoplangan. To‘qaylarda asosan turangi, jiyda va turli xil o‘tlar o‘sadi. Qum tepalarida esa yulg‘unlar ko‘p bo‘lib, ularning atrofini tikanli jingilzorlar o‘rab olgan. Pastroq yerlar qamishzorlar bilan qoplangan. Orolning janubiy qismida saksovul, juzg‘un, efemerlar tarqalgan.
Qorako‘l qo‘riqxonasi. Buxoro viloyatida joylashgan. qo‘riqxona xududidan amu-qorako‘l va amu-buxoro kanallari oqib o‘tadi. Kanal suvi to‘lib, atroflarda bir necha ko‘llar hosil qilgan. Bular ko‘plab baliq va qushlarning oromgohiga aylangan. Qo‘riqxonada 200 ga yaqin yuksak o‘simliklar uchraydi, shundan 30 tasi daraxt va butalardir. Kanal yoqasi va ko‘llar atrofidagi to‘qayzorlarda asosan jiyda, turangi, tol, terak, qizil jing‘il yulgunlarning bir necha turi, qamish va boshqa o‘simliklar keng tarqalgan. qumlarda asosan qora saksovul, qandimning 6 turi, singrenning 3 turi, cherkez, iloq va boshqa o‘simliklar tarqalgan.
Qizilqum qo‘riqxonasi. Bu qo‘riqxona ham buxoro viloyati hududida joylashgan. Unda o‘simlikning 150 turi o‘sadi. To‘qayzorni ko‘proq daraxt-butazorlar egallaydi. Bundan tashqari, bu yerda har xil o‘tlar, qamish, qug‘alar, ro‘vak, ajriq va boshqalar o‘sadi. Qumli joylarga qora va oq saksovul, cherkez va quyonsuyak xarakterlidir.
Bodayto‘qay qo‘riqxonasi. Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan. qo‘riqxonada o‘simlik va hayvon turlari ko‘p. Bu yerda turangi, yulg‘un va qiyoqzorlar mavjud.
Nurota qo‘riqxonasi. Nurota tog‘ tizmasi yonbag‘irlarida tashkil etilgan. nurota qo‘riqxonasining asosiy vazifasi tog‘-dasht mintaqalarini, ayniqsa, seversov qo‘yi ekologiyasini o‘rganish va muhofaza qilish.
Zarafshon qo‘riqxonasi. Bu qo‘riqxona Samarqand shaxrining zarafshon daryosi qayirida tashkil etilgan. Qo‘riqxonaning o‘simlik va hayvonot dunyosi xilma-xildir. Qayir to‘qaylarida 140 dan ortiq o‘simlik turi o‘sadi.
Qizilsuv qo‘riqxonasi. Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan. uning xududida ayiq, qoplon, tog‘ echkisi, umuman tog‘-o‘rmon mintaqasi, archazorlar va uning xayvonlari muxofaza qilinadi.
Miroki qo‘riqxonasi. Hisor tizmasi shimoliy yonbag‘rida, oqsuv daryosi irmoqlari xavzasida joylashgan. u o‘ziga xos o‘simlik va xayvonlarga juda boy bo‘lib, ularning tarqalishi balandlik mintaqalari qonuniyatiga bo‘ysinadi. Asosiy vazifasi balandlik mintaqalarining tabiiy majmualarini o‘rganish va muxofaza qilishdir.
Vardanzi qo‘riqxonasi. Qo‘riqxona qadimgi vardanzi shaxri o‘rnida tashkil etilgan. Saksovul o‘rmoni bu yer uchun xarakterli bo‘lgan qumli cho‘l tabiiy majmuasining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda bu qo‘riqxonada tarixiy yodgorliklar xam muxofaza qilinadi.
Arnasoy cho‘l-ko‘l qo‘riqxonasi. Jizzax shaxridan 60 km shimolda joylashgan arnasoy ko‘l tekislik qismida cho‘l uchun xos bo‘lgan “efemer o‘simliklar” juzg‘un o‘sadi. Asosiy vazifasi cho‘l va suniy hosil bo‘lgan akvatoriyada yashovchi va qishlovchi qushlarni, cho‘l xamda botqoqlik-qamishzor majmualarini o‘rganish va muxofaza qilishdan iborat.
Abdusamat to‘qay qo‘riqxonasi. Farg‘ona vodiysida tashkil etilgan. Bu qo‘riqxona Sirdaryo yoqasidagi to‘qay majmualarini, shuningdek, ingichka bargli jiyda, aralash tolzorlarni saqlash uchun tashkil etilgan.
Zarafshon (kitob) paleontologik-stratigrafik qo‘riqxonasi. Kitob shaxridan 52 km sharqda tashkil etilgan bo‘lib, u o‘zbekistonda yagona geologik qo‘riqxonadir. Bu qo‘riqxonada qoyali tog‘lar muxofaza qilinadi. Qo‘riqxonada marjonlar, mollyuskalar, dengiz liliyalari, qadimgi umurtqalilar-grantolitlar, kosali baliqlarning izlari topilgan. Ana shularga qarab 400-500 million yillar avval tabiat qanday bo‘lganligini bilish mumkin.
Zakazniklar tabiatni muhofaza qilish tadbirlaridan biri sifatida juda qadimdan ma’lum. Zakazniklarda tabiiy - geografik majmualar tarkibiy qismlarning ayrim bo‘laklari, ayrim hayvon yoki o‘simlik turlari muhofaza qilinadi. Unda qator tabiiy resurslardan xo‘jaliqda foydalanishga ruxsat beriladi. Zakazniklar vaqtinchalik va doimiy bo‘ladi. Vaqtinchalik zakazniklar ko‘pincha ovchilik xo‘jaliklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘paytarish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Doimiy zakazniklar o‘simliklar, hayvonlarni muhofaza qilish uchun tuziladi. O‘zbekistonda umumiy maydoni 197 ming gektardan iborat 8 ta zakaznik bo‘lib, ularda respublikamizning hayvonot va o‘simliklar dunyosi muhofaza qilinadi va tiklanadi.
To‘dako‘l cho‘l-ko‘l davlat buyurtmasi. Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Bu yerda o‘rdaklar, oqqushlar, sakokushlar, ko‘lrang g‘ozlar, quyonlar, qamish mushugi, jayronlar muxofaza qilinadi.
Ko‘xitang tog-o‘rmon davlat buyurmasi. Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan. Bunda burama shoxli echki, tog‘ ko‘yi, burgut xamda arxeologik yodogorliklar muxofaza qilinadi,
Nurumtubek tog‘-o‘rmon davlat buyurtmasi. Buning xududida yovvoyi cho‘chqa, bo‘rsik, tolay quyoni, xiva kirgovuli muxofaza qilinadi.
Oqbuloq tog‘ davlat buyurtmasi. Toshkent viloyatida tashkil etilgan. Bu yerda osiyo echkisi, oktirnoqli ayiq oqsuvsar, bo‘rsiq, bars, ilvirs, burgut va boshqalar muxofaza qilinadi.
Dengiz cho‘l-ko‘l davlat buyurtmasi. Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Bu yerda mavsumiy va qishlovchi qushlar xamda ko‘lga suv ichish uchun keladigan hayvonlar muhofaza qilinadi.
Amudaryo qayir davlat buyurtmasi. Qayirda uya quradigan va mavsumiy suv parrandalarini muxofaza qilish maqsadida Qoraqalpog‘istonda tashkil etilgan.
Shabboz to‘qay davlat buyurtmasi. Xorazm viloyatida tashkil etilgan. Bunda cho‘chqa, chiyabo‘ri, ko‘m bo‘rsigi, qamish mushugi, qum quyoni, xiva qirgovulini saqlash xamda to‘qaylarda yashaydigan xongul bugusi tiklash.
Xorazm cho‘l davlat buyurtmasi. Bu xam Xorazm voxasining chekkasidagi suv xavzalariga va qumli cho‘llarga xos xayvonlarni tiklash va muxofaza kilish maqsadida barpo qilingan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin