Obidova shahloxon shuhratjon qizi



Yüklə 484 Kb.
səhifə10/20
tarix28.04.2023
ölçüsü484 Kb.
#126049
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
ilmiy ishim oxirgisi doc

Grafematik farqlanish til juftliklari alifbo tizimidagi harflarning nooʻxshashligi, ayrim harflarning mavjud boʻlmasligida kuzatiladi. Masalan, ingliz tili alifbosidagi c, w harflari oʻzbek tili alifbosida mavjud emas. C harfi faqat ch harf birikmasini shakllantirishda xizmat qiladi. Shu bois ingliz tilidagi computer, Covid, corps, windows (operatsion tizim nomi) soʻzlari oʻzbek tilida kompyuter, kovid, korpus, vindovs tarzida yozuviga ega boʻlgan.
Morfonologik farqlanishda ingliz tilidan kirib kelgan yangi soʻzlarning (neologizm) oʻzbek tilidagi ma’nosi saqlanadi, ammo talaffuzda va yozuvda farqlanadi. Misol: image, [ˈɪmɪdʒ] – imej, management – menejment, type – tip, text – tekst kabi.
Leksik nomutanosiblik, ya’ni qoʻshma soʻzlar qismi tarjima qilinganda tushuncha mohiyatining yoʻqolishi yoxud ekvivalent soʻzning oʻzbek tilida mavjud boʻlmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan: online education – onlayn ta’lim, viral infection – virusli infeksiya, liberal democrat – liberal demokrat.
Tilshunoslar ko’pincha neologizmni tilda qo’llanish darajasiga ko’ra tasniflashadi. Yangi tug'ilgan so’z dastlab beqaror bo’lib, u ko’pchilik biladigan va ishlatadigan so’z bo’lib qoladimi yoki yo’qligini taxmin qilish qiyin. Tarqalgan neologizm bu so’zdan ko’p odamlar foydalanishini anglatadi, lekin u hali so’z sifatida rasmiy tan olinmagan va oxir-oqibat, agar so’z mashhur bo’lib qolsa, u barqaror maqomga ega bo’lishi mumkin. U tilning bir qismiga aylandi va lug'atlarda aniqlanishi mumkin. Shu sabab neologizmlarning turli tasniflari mavjud. Ularning biri to’g’ri, ikkinchisi noto’gri deb aytish joiz emas. Bunday holatda barchasi bizning idrokimizga bog’liq.
1.3 Neologizmlar tarjimasining xususiyatlari va muammolari
Bizga ma’lumki, turli tillarda so`zlashuvchi xalqlar vakillari bir birlari bilan munosabatda bo`lganlarida azaldan tarjimon yordamiga ehtiyoj sezganlar. Savdo sotiq ishlari, diplomatik munosabatlar va madaniy ma’rifiy aloqalar paytida hamma vaqt tarjimaga zarurat tug`ilgan. Mamlakatlar o`rtasida o`rnatila boshlagan aloqa munosabatlar turli tuman xujjatlarning o`zga xalqlar tillariga tarjima qilishni taqozo etgan. Tarjima qardosh xalqlar tillari hamda xorijiy tillarni o`rganishning muhim shartlaridan biri sifatida o`quv jarayoning barcha bosqichlari bilan chambarchas bo`g`liq bo`lib, u o`quvchi va talabalarning o`rganilayotgan tillarni emas, ona tili hodisalarni ham ongli ravishda o`zlashtirishlariga ko`maklashadi.
Butun hayot jabhalarini qamrab olgan taraqqiyot va ilmiy-texnik revolutsiya va u bilan bog`liq bo`lgan xalqaro hamkorlik va kutilayotgan demografik portlash va boshqa mavjud bo`lgan muhim sivilizatsiyalar davlatlararo aloqani va xar xil tilda gaplashuvchi elat va millatlar jamiyatning rivojlanishiga olib keladi. Texnika taraqqiyoti rivojlanishi bilan bir tilda paydo boʻlgan yangi tushunchalarni anglatuvchi neologizmlar boshqa bir tilda muqobil variantga ega emasligi ham mumkin, ammo neologizmlarni tarjima qilib boʻlmasada tilimizga quyidagi usullar orqali moslashtiruvchi tarjimalarni qilishimiz mumkin:
1.Transkripsiya
2.Transliteratsiya
3. Kalkalash

Yüklə 484 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin