Oilaning jamiyatda tutgan o'rni va vazifalari



Yüklə 201 Kb.
səhifə2/3
tarix15.12.2023
ölçüsü201 Kb.
#140953
1   2   3
OILANING JAMIYATDA TUTGAN O\'RNI VA VAZIFALARI

Nikoh tuzish

  • Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.
  • O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi
  • Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shuningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar-17 yoshdan, yigitlar-18 yoshdan).
  • Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish masalasi hal etilayotganda uchinchi shaxslarning tayziqi bo‘masligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar, shu jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazolanadigan harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-urug‘lar maslahatlar berishlari, nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.
  • 1-Topshiriq: Sizningcha, nikoh tuzish yoshi nega qizlar uchun 17 yoshdan, yigitlar uchun esa 18 yoshdan belgilangan? O‘z javobingizni asoslab bering.
  • Muqaddam qayd etilgan va bekor qilinmagan nikoh, nikoh tuzish taqiqlanishi shartlaridan biri hisoblanadi.
  • Qonunga muvofiq sog‘lom va ruhiy kasal yoki aqlan zaif kishi o‘rtasidagi hamda qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
  • Er-xotinlar o‘zlarining, shuningdek, voyaga yetmagan bolalari tarbiyasi uchun, ularning ishlari va qilmishlari uchun javobgar bo‘ladilar.
  • O‘z navbatida farzandlar ham o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishlari, ularga yordam berishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Balog‘at yoshiga qadar bu majburiyat ma’naviy tavsifda bo‘lib, ular 18 yoshga to‘ganlaridan keyin esa yuridik kuch kasb etadi.
  • Farzandlarning huquqlari
  • Farzandlarning huquqlari “Bola huquqlari to‘g‘risida” gi Konvensiya (1989 yil) kabi nufuzli xalqaro hujjatda mustahkamlab qo‘yilgan. Unga muvofiq inson tug‘ilganidan to 18 yoshga qadar bola hisoblanadi va quyidagilarga haqlidir:
  • Yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga;
  • Ismi va fuqaroligi bo‘lishiga;
  • Oilada tarbiyalanishga;
  • Fikr, vijdonan va diniy e’tiqod erkinligiga;
  • Ta’lim olishga;
  • Zo‘ravonliksiz hayotga;
  • Shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishiga va boshqalar.
  • Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasi
  • Agar ota-onalar farzandlari tarbiyasi borasidagi majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlasalar, ularga shafqatsiz muomala qilsalar, surunkali ichuvchi yoki giyohvand bo‘salar, ular ota-onalik huqularidan mahrum etilishi mumkin. Er-xotindan har ikkalasi ham ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan taqdirda voyaga yetmagan farzand mehribonlik uyiga parvarishlash va tarbiyalashga topshiriladi.
  • Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasi
  • 2-Topshiriq:
  • 1.Sizningcha, davlat oilaviy munosabatlarni tartibga solib turishi kerakmi? Balki, bu narsa har kimning shaxsiy ishidir?
  • 2.Ota-onalar ajrashayotganida, sizning nazaringizda, voyaga yetmagan farzand kim bilan: onasi yoki otasi bilan qolishi kerak?
  • 3.Oilada ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda qanday tipik muammolar vujudga keladi? Nega bu ro‘y beradi?
  • Faqat to‘laqonli oila bag‘rida va uning madadi bilan inson ijtimoiy munosabatlarning murakkab olamiga kirib borishi, har tomonlama kamol topgan va balog‘at yoshidagi hayotga shay turgan shaxsga aylanishi mumkin.

Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin