Ma’ruza matnlari.
8
Gulnoraning yig‘isi.
Bunda fahmiy (empirik) yondashuv qaratqich kelishigining “qarashlilik”,
“mansublik”, “egalik”, “bajaruvchi” kabi ma’nolarini farqlashni taqozo qiladi
(qatorni yana davom ettirish va ma’nolar sonini ko‘paytirish mumkin). Bular –
zohiriy ma’nolar, nutqiy hodisalar. Empirizmda mohiyatga tomon bundan
chuqurroq borish talab qilinmaydi. Nazariy o‘rganishda kelishikning har bir
qo‘llanishidagi farqlardan “ko‘z yumilib”, ular zamiridagi umumiy jihat
qidiriladi. Keltirilgan kelishikli birikmalardagi farqlarning (
kitob), (
opa), (
uy),
(
yig‘i) va boshqa so‘zlar ta’sirida ekanligini nazariy yo‘l bilan aniqlaydi hamda
shu asosda qaratqich kelishigining mohiyatini ochadi.
Nazariy o‘rganish jarayonida til hodisalarida zohiriy (nutqiy) va botiniy
(lisoniy) jihat izchil farqlanadi. Har bir birlik yondoshlari bilan o‘zaro
munosabatda o‘rganiladi, ular bir sistema sifatida qaraladi. Masalan,
yuqoridagi misollarning birinchisida (
Gulnoraning kitobi) qaratqich
kelishigining “qarashlilik”, ikkinchisida (
Gulnoraning opasi) “mansublik”
nutqiy (xususiy) ma’nolari voqelangan. Biroq qaratqich kelishigi shaklining
barcha qo‘llanishi uchun umumiy jihat – “oldingi so‘zni keyingi so‘zga
tobelash” ma’nosi bevosita sezgi a’zolari yordamida anglashilmaydi, balki ong
bilan idrok etiladi, shuning uchun u lisoniy ahamiyatga ega. Bu umumiylik
yuqoridagi misollarda “
Gulnora so‘zining
opa so‘ziga qaratuvchilik
munosabatini ifodalashi”, “
Gulnora so‘zining
kitob so‘ziga qaratuvchilik
munosabatini ifodalashi” tarzida bevosita kuzatishga chiqqan, sezgi a’zosi
bilan his qilinadigan qiymat kasb etib, xususiylashgan.
Empirik yondashuvda har bir birlik alohida-alohida tekshiriladi. Masalan,
a unlisini boshqa unlisiz, biror zamon yoki kelishik shakli esa boshqasidan
ajratib, uzib o‘rganiladi. Nazariy o‘rganish bosqichida esa ular o‘z
sistemadoshi (o‘zi bilan bir sistemaga kiruvchi) bilan yaxlitlikda tahlil etiladi.
Har bir birlik, deylik, biror unlining, boshqa sistemadoshi, ya’ni boshqa unli
bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan belgisi nazariyotchi tishunos
uchun belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bitta unlini ajratib olib o‘rganish
empirik o‘rganish deyiladi. Бир unlini boshqa unlilar qurshovida o‘rganish
nazariy o‘rganish,
sistem yondashuv deb ataladi. Nazariy tilshunoslik har
qanday birlikning mohiyati uning boshqa sistemadoshlariga munosabatini
chuqur tahlil qilish bilan ochiladi, degan metodologiyaga tayanadi. Masalan,
o
unlisining mohiyati uning boshqa unlilar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini
aniqlash asosida ochiladi. Biror til birligining boshqa til birligiga o‘xshash va
farqli jihatlari bo‘ladi. Bu munosabat deyiladi. Masalan, bir unlining boshqa
unlilarga o‘xshashi va ulardan farqlanishi
munosabat termini bilan
baholanadi. Yoki bosh kelishik shaklining boshqa kelishiklarga o‘xshashligi va
farqlanishi “bosh kelishikning boshqa kelishiklarga munosabati” deb
tushuntiriladi. Munosabatlardan uzib baholangan narsa haqidagi bilimlar
mavhum ва ziddiyatli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: