Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   234
hozirgi ozbek tili

 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Hamma uchun so‘zlar orasida eng e’tiborlisibitta. Bu qaysi so‘z? 
2.Bir  so‘z  barcha  tillarga  tarjima  qilib  aytilar  edi.  1994-yildan  keyin  tarjima  qilinmay  qo‘llanadigan 
bo‘ldi. Bu qaysi so‘z? 
 
 
 
2.Sememaning  xususiyatlari.Birorta  leksemaning  sememasi  ikkinchi 
leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, bir 
xil  sememaga  ega  ikkita  leksema  yo‘q.  Bunga  ikkita  sinonim  leksemaning 
sememasini qiyoslash asosida amin bo‘lishimiz mumkin: 
Yuz  –  “inson  boshi  old  tomonining  peshonadan  iyakkacha  bo‘lgan 
qismining uslubiy betaraf ifodasi”. 
Bet  –  “inson  boshi  old  tomonining  peshonadan  iyakkacha  bo‘lgan 
qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi”. 
Кo‘rinadiki,  birinchi  sememadagi  “uslubiy  betaraf”  unsuri  ikkinchi 
sememada,  ikkinchi  sememadagi  “so‘zlashuv  uslubiga  xos”  unsuri  birinchi 
sememada yo‘q. 
Agar semema aynan bo‘lib qolsa, demak, bu ular tavsifida nuqson mavjud 
deyishga  asos  bo‘ladi.  Semema  mukammal  tavsiflanganda,  bu  tavsifdanoq 
ushbu  tilni  eng  nozik  jihatlarigacha  puxta  bilgan  kishi  so‘z  qaysi  leksema 
haqida ketayotganligini ravshan anglaydi. 
Har  qanday  butunlik  bo‘lakdan  tashkil  topganligi  kabi,  semema  ham 
o‘ziga xos tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, leksema butunlik sifatida 
nomema va sememadan tashkil topadi. 
Sememada  bir  tarkibiy  qismi  almashtirilishi  bilan  u  butunlay  boshqa 
sememaga  aylanib  ketishi  mumkin.  Masalan,  “davriy  bo‘lmagan”ma’no 
bo‘lakchasini“davriy  bo‘lgan”ma’no  bo‘lakchasiga  almashtirsak,  u  o‘z-o‘zidan 
jurnal leksemasining sememasi bo‘lib qoladi. 
Leksemaning  sememasini  aniqlashda  u  sinonimik  qatorda  tekshiriladi. 
Deylik,  yuz  leksemasi  sememasi  ochilayotganda,  ubet,  aft,  chehra,  oraz,  turq
bashara  va  hokazo  leksema  qurshovida  o‘rganiladi.  Кelmoq  leksemasi 
sememasini  bormoq,  ketmoq  va  boshqa  leksemalar  sememalarisiz  aniqlab 
bo‘lmaydi. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin